So’nggi yangiliklar

01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  77 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Coca Cola Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi

Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.



QIZILQUM – SO'G'DIYONA 1:1
19 mart 2021 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:30
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Sardor Ismatullaev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: Iskandar SHaykulov 53, - 0:1 (Jamshid Boltaboev). Salim Mustafoev 71, - 1:1 (Islom To'xtaxo'jaev).

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev, 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze, 17.Salim Mustafoev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Muhsinjon Ubaydullaev (19.Jamshid Hasanov, 65), 23.SHerali Jo'raev, 30.Elguja Grigalashvili, 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Behruz Sadilloev, 14.Fayzullo Qambarov, 18.Jasur Azimov, 62.Jahongir Ergashev.

"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar SHaykulov, 8.Jamshid Boltaboev, 10.SHohruz Norxonov (77.Sahob Rashidov, 77), 17.SHahboz Jo'rabekov, 19.Javohir Qahramonov (7.Arslanmirat Amanov, 61), 28.Ergash Ismoilov, 31.Luka CHermel (4.Elyor Orifov, 21), 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 9.Oybek Nurmatov, 20.Bahodir Nasimov, 63.Asiljon Begimqulov.  

Ogohlantirishlar: Islom To'xtaxo'jaev 64, 81. Giorgi Kuxianidze 81, SHahboz Jo'rabekov 88.


YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi - 1:1

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shildi

89. Burchakdan uzatilgan to'pni Vatsadze darvozaga yo'llashga urindi. Noaniq.

88. Ogohlantirish. "So'g'diyona". SHahboz Jo'rabekov

86. Jizzaxliklarning xavfli hujumi. CHap qanotdan jarima maydonchaga uzatilgan to'pni Qulmatov darvozaga aniq yo'lladi. Nesterov jamoani muqarrar goldan saqlab qoldi.

84. Mate Vatsadze yana raqib darvozasiga aniq zarba yo'llashning uddasidan chiqdi. Biroq SHirinboy Abdullaev yana bu to'pga ega chiqdi.

81. Ogohlantirish. "Qizilqum". Giorgi Kuxianidze

79. "Qizilqum"ning ajoyib hujumi. Grigalashvili chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni havolatib sherigiga uzatdi. Vatsadzening boshi bilan yo'llagan aniq zarbasini SHirinboy Abdullaev egallab oldi.

77. O'zgarish. "So'g'diyona". Norxonov o'rniga Rashidov 

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1. SALIM MUSTAFOEV! chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va pastki yaqin burchakka aniq zarba berishga erishdi - 1:1.




65. O'zgarish. "Qizilqum". Ubaydullaev o'rniga Hasanov tushdi

64. Ogohlantirish. "Qizilqum". Islom To'xtaxo'jaev

61. O'zgarish. "So'g'diyona". Javohir Qahramonov o'rniga Arslanmirat Amanov

57. Elguja Grigalashvili o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni ajoyib tarzda to'xtatib oldi va erlatib zarba berdi. Darvozabon osonlik bilan to'pni egallab oldi.

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. ISKANDAR SHAYKULOV! Islom To'xtaxo'jaevning xatosidan keyin Jamshid Boltaboev o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatdi, Norxonov o'tkazib yuborgan to'pni SHaykulov darvozaga yo'lladi! 




46. Ikkinchi taym boshlandi



45+3. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi...

45. Navoiyda yomg'ir aralash kuchli shamol turdi...

39. Jamshid Boltaboevning 16 metrlar chamasi uzoqlikdan bergan zarbasini Nesterov egallab oldi.

34. Mezbonlarning davomli hujumi Salim Mustafoevning uzoq masofadan erlatib darvozaga yo'llagan zarbasi bilan yakun topdi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

31. UXXXX! "Qizilqum" o'yindagi eng xavfli hujumlaridan birini tashkil etdi. SHerali Jo'raev o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni Vatsadzega uzatdi. Raqib himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi!

25. Oybek Qilichevning kutilmaganda yo'llagan kuchli zarbasini SHirinboy Abdulllaev ikkinchi urinishda egallab oldi...

21. O'zgarish. "So'g'diyona". CHermel o'rniga Orifov tushdi

19. Yana "Qizilqum"dan yaxshi hujum. Bu gal Vacadzening o'tkir burchak ostida yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib, maydondan chiqib ketdi..

17. Elguja Grigalashvili chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va uzoq burchakka erlatib kuchli zarba berdi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi...

15. Jizzaxliklarning tezkor ujumi. SHoxruz Norxonovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Nesterov maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi...

10. Jizzaxliklarning hujumi. SHahboz Jo'rabekovning erlatib bergan zarbasi Nesterovga qiyinchlik tug'dirmadi.

2. "So'g'diyona"ning ilk hujumi. Javohir Qahramonovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Nesterov bartaraf etdi...

1. "Qizilqum"ning ilk hujumi chap qanotdan tashkil etildi. Grigalashvilining raqib jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pini Abdullaev egallab oldi...

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика