So’nggi yangiliklar

20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 2:2  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  350 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3

Coca Cola Superliga. O'rtamiyonalar o'rtasidagi o'yinda "Navbahor" "Mashal"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. O'rtamiyonalar o'rtasidagi o'yinda "Navbahor" "Mashal"ga mag'lub bo'ldi

Coca Cola Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 11-tur
NAVBAHOR – MASH'AL 0:1

Gol: SHukurillaev 29.

22 avgust 2020 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Vadim Agishev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Zohid Akramov

"Navbahor": ‌23.Dilshod Hamroev, 7.Azimjon Ahmedov, 8. Javlon Ibrohimov (72. Pavel Golishev 46), 10. Azizbek Turg'unboev, ‌19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban, ‌27. Islom Rashidxonov ( ‌25. SHohruh Mahmudhojiev 61), ‌28. Xurshidbek Muxtorov, 33. Tohirjon SHamsiddinov, ‌70. Abbosjon G'ulomov (5. G'iyosjon Komilov 80), 95.Zabihillo O'rinboev (88. Ruslan Bolov 46).
‌Zaxira:  13.Islomjon Abdullaxonov, 17.Abdulhay Ismoilov, 18.Sardor Telyakov, 38.Dostonbek Abdulhaev, 50.SHerzod G'ulomjonov,


"Mashal": 35.Rahimjon Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 7.Ifeani Ifeani, 9.Nikita Pavlenko (77.Ibrohim No'monov 75), 10.SHerzod Temirov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos SHodmonov (15.Muhammadali Aliqulov 83), 19.Sardor Abduraimov (14. Ella Ken Armand 75), 22.Sirojiddin Qo'ziev, 23.Samandar SHukurillaev, 29.Humoyun Murtozaev (33.Denis Vasilev 83).
Zaxira:  1.Botir Nosirov, 6. Sirojiddin Rahmatullaev, 66.Zafarbek Akramov, 67.Zoyirjon Tursunov, 99.Jahongir Abdusalomov.

Ogohlantirishlar: Ifeani 48, Ahmedov 52.


Navbahor

Superliga. 11-tur

22/08/2020, 18:30

1
:
0
Tugadi

Mash’al

Samandar Shukurullayev - 29'

45'
90'
46'  Javlon Ibrohimov (Pavel Golishev)
46'  Zabihillo O’rinboyev (Ruslan Bolov)
52'  Azim Ahmedov
61'  Islom Rashidxonov (SHohrux Mahmudhozhiev)
80'  Abbos G'ulomov (G'iyos Komilov)
29'  Samandar Shukurullayev
48'  Ifeanyi Ifeanyi
75'  Nikita Pavlenko (Ibrohim No'monov)
75'  Sardor Abduraimov (Ella Ken Arman)
83'  Abbos Shodmonov (Muhammadali Aliqulov)
83'  Humoyun Murtozaev (Denis Vasilev)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Kanchelskis va "Navbahor" "Mashal"ga uch ochko sovg'a qilmoqda.

95. "Mashal" futbolchilari vaqtni cho'zishmoqda. 

94. Asablar tarang. Maydonda futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. 

92. Muxtorovning bergan zarbasi "Mashal" darvozasi yonginasidan o'tib ketdi. Noaniq!

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 5 daqiqa qo'shib berdi. 

90. Xavfli vaziyayattttt!!! Sal qolishiga sal qoldi! "Navbahor" futbolchilari hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo Golbanga aniqlik etishmadi. 

89. Golban raqib jarima maydoni ichida raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

83. "Mashal" safida SHodmonov o'rniga Aliqulov, Murtazoev o'rniga Vasilev o'yinni davom ettiradi.

80. "Navbahor" tarkibida G'ulomov o'rniga Komilov o'yinni davom ettiradi.

75. “Mashal” tarkibida ikkita o'zgarish: Nikita Pavlenko o'rniga Ibrohim Numanov, Sardor Abduraimov o'rniga Ella Ken Armand maydonga tushdi.

73. "Navbahor" oldinga o'tmoqda. 

68. Abbos G'ulomovdan zarba! Ammo raqib posboni o'z o'rnida.

64. "Mashal" futbolchilari raqib darvozasi tomon intilishmoqda. 

61. "Navbahor"da yana o'zgarish. Islom Rashidxonov o'rniga SHohruh Mahmudxojiev maydonga tushdi. 

60. Sardor Abduraimovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

57. "Mashal" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 

56. O'yin tempi normal darajada. Ammo jamoalar ketma-ket xatolarga yo'l qo'yishayotgani sabab hujumlar oxirigacha etmay qolyapti. Jismoniy tayyorgarlik va texnika borasida hali ish olib borish lozimligi ko'rinib turibdi. 

52. Azim Ahmedov o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. 

48. Ifeaniga sariq kartochka ko'rsatildi. 

47. Ifeani va Ahmedov o'rtasida to'qnashuv. Azim maydonda cho'zilib yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.  

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

"Navbahor" tarkibida ikkita o'zgarish. Ibrohimov o'rniga Golishev, O'rinboev o'rniga Bolov maydonga tushdi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 1 daqiqa qo'shib berdi. 

43. Birinchi bo'limda muborakliklar ustun. Namanganlik muxlislar "lochinlar"dan bunday o'yin kutishmagandi.

42. "Navbahor" futbolchilari navbatdagi imkoniyatdan foydalana olishmadi. Jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan jarima zarbasi samarasiz ketdi. 

39. Turg'unboev zarba berdi. Qanday zarba deysizmi? Hojiboy Tojiboevning latifasida aytilgan zarbadan)

36. Humoyun Murtazoevdan ajoyib zarba. Ammo biroz noaniq. 

34. Nikita Pavlenkoning bergan zarbasi juda-juda noaniq yakunlandi. 

29. GOOOOL! "Mashal" futbolchisi Samandar SHukurillaev boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi! Hisob ochildi! 0:1!

24. Humoyun Murtazoev raqib himoyachisidan qochib ketgandek ko'ringandi. Ammo yakunda "Navbahor" himoyachisi Murtazoevga halal berib qoldi. Golli vaziyat edi! Hisob ochilmay qoldi!

19. Hujum navbati "Mashal"da. Bu safar Abduraimovga aniqlik etishmadi. Raqib posboni o'z o'rnida. 

14. Zabihillo O'rinboevdan zarbaaaa.... Biroz noaniq!

11. Turg'unboevning zarbasini Rahimjon Davronov bartaraf etdi.

9. Goool! Faqat ushbu vaziyatda "Mashal" futbolchisi SHerzod Temirov o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. 

4. Ketidan esa "Navbahor" tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tdi. Turg'unboevning ajoyib zarbasi birooozzzz noaniq! Ajoyib start!

4. Dastlabki havfli hujum muborakliklar tomonidan uyushtirildi. 

3. Maydonda dastlabki daqiqalardanoq keskin kurash.

1.UCHRASHUV BOSHLANDI! O'yinni "Mashal" futbolchilari boshlab berishdi. 

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Bugun Superliganing 11-turi doirasida "Navbahor" hamda "Mashal" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni birgalikda kuzatamiz.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari!

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика