Coca-Cola Superliga. “Nasaf” – “Mashal” uchrashuvi keyinroq muddatga qoldirildi
03 may 2021 15:18
Yangiliklar


Coca-Cola Superliga. “Nasaf” – “Mashal” uchrashuvi keyinroq muddatga qoldirildi
Unda mamlakatimiz vice-chempioni Qarshining “Nasaf” klubi ishtirok etadi.
Dushanbedagi uchrashuvlar suniy qoplamali maydonda o'tkazilishi, shu boisdan jamoaning bunday maydonda oz muddat bo'lsa-da mashg'ulotlar olib borish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun “Nasaf” klubi Coca-Cola Superliga 8-turidan o'rin olgan “Mashal” bilan o'yinni keyinroq muddatga qo'ldirishni so'rab O'zPFLga murojaat qildi. Aslida taqvimga ko'ra, “Nasaf” – “Mashal” uchrashuvi 10 may kuni bo'lib o'tishi lozim edi. Lekin “Nasaf” klubi aynan 10 may sanasida Tojikistonga yo'l olishni, 7 maydan esa Toshkentda “CHig'atoy” bazasining suniy qoplamali maydonida mashg'ulotlar olib borishni rejalashtirmoqda.
O'z navbatida “Mashal” futbol klubi vaziyatni anglab, “Nasaf”ning so'roviga rozilik bildirgani sabab mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv keyinroq muddatga qoldirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar