So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Coca Cola Superliga. "Lokomotiv" nihoyat yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Lokomotiv" nihoyat yirik g'alabaga erishdi

Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 7-tur
1 iyul, chorshanba
19:00 - LOKOMOTIV – QIZILQUM 3:0

Gollar: O'lmasaliev 69, Pogrebnyak 87 (J.Alijonov), Turopov 89 (J.Alijonov).

Hakamlar
: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Komiljon Rasulov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Zoxirjon Akramxonov

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 4.SHahzod SHaymanov, 6.Davron Umirov (70.Oybek Qilichev), 7.Kaxi Maxaradze, 9.Kirill Pogrebnyak, 19.Avazbek O'lmasaliev, 24.Davron Hoshimov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 37.SHerzod Fayziev 25.Javohir Alijonov 79), 77.Diyorjon Turopov, 80.Farruxjon Ibrohimov (22.Kamron Saidazimov 86).
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 8.Vadim Afonin, 10.Marat Bikmaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 18.Ibrohim G'anixonov, , , 26.Dilshod Komilov.

"Qizilqum": 22.Artyom Makosin, 8.Ruslan Margiev, 10.Alisher Sanoev, 11.Qadamboy Nurmetov, 14.Fayzullo Qambarov (94.Doniyor Usmonov 88), 17.Salim Mustafoev, 23.SHerali Jo'raev, 25.Aziz Usmonov, (21.Muhsin Ubaydullaev 34.), 29.Makkartni Naveseb, 75.Oleg Tolmasov, 77.Sunnatilla Abdullajonov (99.Doston Ibragimov 66).
Zaxira: 1.Ruslan Matniyazov, 3.Ilhomjon Alijonov, 5.Abdi Bashimov, 7.Vezirgeli Ilyasov, 9.Humoyun Abdualimov, 15.Vohid SHodiev,

Ogohlantirishlar: SHaymanov 35, Ibrohimov 51, Ubaydullaev 52.


Lokomotiv

Avazbek O'lmasaliev - 69', Kirill Pogrebnyak - 87', Diyor Turopov - 89'

Superliga. 7-tur

01/07/2020, 19:00

0
:
3
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
35'  Shahzod Shaymanov
52'  Farrux Ibrohimov
67'  Davron Umirov (Oybek Qilichev)
69'  Avazbek O'lmasaliev
79'  Sherzod Fayziev (Javohir Alijonov)
86'  Farrux Ibrohimov (Kamron Saidazimov)
87'  Kirill Pogrebnyak
87'  Javohir Alijonov
89'  Diyor Turopov
89'  Javohir Alijonov
34'  Azizbek Usmonov (Muhsin Ubaydullaev)
52'  Muhsin Ubaydullaev
66'  Sunnatilla Abdullazhonov (Doston Ibragimov)
88'  Fayzullo Qambarov (Doniyor Usmonov)


Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 

MATNLI TRANSLYACIYA


90+2. Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" nihoyat restartdan so'ng dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi. 

89. GOOOL! Diyor Turopov havodan etkazib berilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga yo'llab qo'ydi - 3:0!

88. Fayzulla Qambarov o'rniga Doniyor Usmonov maydonga tushirildi. 

87. GOOOOL!!! Pogrebnyak! Mezbonlarning rossiyalik legioneri Makosin darvozasini ishg'ol qildi va jamoasining g'alabasini mustahkamlamoqda. 

86. "Lokomotiv"da yana o'zgarish. Farrux Ibrohimov o'rniga Kamron Saidazimov o'yinni davom ettiradi. 

84. Oybek Qilichevning bergan zarbasi raqib darvozaboni qo'liga borib tushdi. 

79. SHerzod Fayziev o'rniga Javohir Alijonov maydonga tushirildi. 

76. Qadamboy Nurmetov o'yindagi hozircha yagona bo'lib turgan gol muallifi Avazbek O'lmasalievga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

73. Makkartni Naveseb o'ng qanotdan oldinga borgandi. Biroq u to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va xavfli vaziyat ko'kka sovurildi. 

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)


69. GOOOL!!! Mezbonlar nihoyat hisobni ochishdi! Avazbek O'lmasaliev "temiryo'lchilar"ni oldinga olib chiqmoqda! Avvaliga Diyorbek Turopov raqib darvozasi tomon zarba bergandi. Ushbu zarbani Makosin bartaraf etdi, biroq qaytgan to'pni O'lmasaliev raqib darvozasiga yo'llab hisobni ochdi!

67. "Lokomotiv" safida harakat qilgan Davron Umirov o'rniga Oybek Qilichev uchrashuvni davom ettiradi. 

66. "Qizilqum"da o'zgarish. Sunnatilla Abdullajonov o'rniga Doston Ibragimov maydonga tushdi. 

64. "Lokomotiv"ning yana bir hujumi oxiriga etmay qoldi. Makosin raqib hujumchisiga nisbatan chaqqonroq harakat qildi. 

59. "Loko"ning navbatdagi hujumini Artyom Makosin bartaraf etdi va tezkorlik bilan to'pni jamoadoshlariga uzatdi.  

55. Avazbek O'lmasalievning bergan zarbasi noaniq. 

52. Muhsin Ubaydullaev Diyorjon Turopovni to'xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

51. Farruxjon Ibrohimov raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45+3. SHuhrat Muhammadiev boshi bilan raqib darvozasi tomon zarba berdi. Ammo, ushbu zarba noaniq bo'ldi. 

45. Hakam birinchi taymdagi to'xtalishlar uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

43. "Lokomotiv" yana bir marta oldinga borgandi. Biroq, "Qizilqum" himoyachilari mezbonlarga imkon berishgani yo'q. 


Aytgancha, ushbu o'yin bilan parelell ravishda yana ikki uchrashuv o'tkazilmoqda. Mazkur bahslarning ham muhim vaziyatlari bilan tanishib borishingiz mumkin. 

LIVE  Coca Cola Superliga. "Qo'qon-1912" - "Mashal"

LIVE  Coca Cola Superliga. "Andijon" - "Bunyodkor"

36. Qadamboy Nurmetovning boshi bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. "Qizilqum"dan navbatdagi yurish. 

35. SHaymanov raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. 

34. Azizbek Usmonov o'rniga 21-raqamda Muhsin Ubaydullaev maydonga tushdi. Mehmonlarda majburiy o'zgarish. 

33. "Qizilqum" futbolchisi Azizbek Usmonov jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)

29. Navesebda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin Ignatiy Nesterov o'z vaqtida darvozasini tashlab chiqdi va xavfni bartaraf etdi. 

25. O'yin davom etadi. 

24. Hakam futbolchilar tomoqlarni xo'llab olishlari uchun kichik tanaffus elon qildi. Havo juda issiq. #CoolingBreak

20. Xavfli vaziyatttt! Diyor Turopovning chap oyoqda bergan zarbasini darvoza to'siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Zarba ajoyib chiqqandi!

18. "Lokomotiv" futbolchilari o'ng qanotdan hujumga o'tishdi. Havodan etkazib berilgan to'pni Usmonov bartaraf etdi. 

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)


13. O'yin tempi juda past. Jamoalar hujumlarni samarali yakunlay olishmayapti. 

8. Davron Hoshimovdan hujumdagi fol. U raqib jarima maydonchasi yaqinida Navesebga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

4. Uchrashuvdagi dastlabki burchak to'pi "Qizilqum" futbolchilari tomonidan amalga oshirildi. Mezbonlar darvozasi oldida kichik xavfli vaziyat yuzaga keldi. Salim Mustafoevning boshi bilan bergan zarbasi "Loko" darvozasi to'siniga tegdi. 

1. O'yin boshlandi. Uchrashuvni mehmonlar boshlab berishdi.

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! "Lokomotiv" va "Qizilqum" o'rtasidagi bahsning asosiy vaziyatlarini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ladi .


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика