Coca Cola Superliga. "Navbahor"da mavsumdagi ilk g'alaba, "Lokomotiv"da ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat
14 mar 2021 18:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625340_original.jpg)
![](/upload/storage/625340_220.jpg)
Coca Cola Superliga. "Navbahor"da mavsumdagi ilk g'alaba, "Lokomotiv"da ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
Coca Cola Superliga, 2-tur.
LOKOMOTIV – NAVBAHOR - 1:2
14 mart 2021 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni.
Hakamlar: Zokir Qodirov, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistentlari: Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Edita Mirabidova
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev
Operator: SH. Janaliev
Komissar: Laziz Qo'chqorov
Gollar: Azim Ahmedov 13 penalti, - 0:1. G'ulom Haydar G'ulomov 36 penalti, - 1:1. Ehsoni Panshanbe 75, - 1:2.
Amalga oshirilmagan penalti: Azim Ahmedov 73 (darvozabon).
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov 3.Islom Qobilov, 4.Dilshodbek Komilov, 7.Sadriddin Abdullaev (27.Islom Rashidxonov, 74), 8.Javohir Sidiqov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (10.Marat Bikmaev, 63), 17.Sanjar Qodirqulov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov 22.Diego Bardanka, 28.SHuhrat Muhammadiev, 77.Diyor Turopov (14.Azizbek Amonov, 63).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5.Kaxi Maxaradze️, 20.Jaloliddin Jumaboev, 37.SHerzod Fayziev.
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Islombek Isoqjonov (70.Abbos G'ulomov, 85), 18.Bahrom Abdurahimov (17.Ehsoni Panshanbe, 63), 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 25.SHohrux Mahmudxojiev (88.Slavisha Stoyanovich, 67), 67.Marko Putinchanin.
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 28.Nikola Tashich.
Ogohlantirishlar: Diyor Turopov 13, Davron Hoshimov 35, Sanjar Qodirqulov 42, G'ulom Haydar G'ulomov 51,
90+7. Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" - "Navbahor" 1:2
90+3. "Lokomotiv" gol urish uchun katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, futbolchilar shoshilishmoqda
90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi
88. Burchak to'pidan keyin himoyachilar qaytarishdi
87. ZARBAAAAA! Javohir Sidiqovning yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi.
86. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Azizbek Amonov to'pni jarima madyoniga uzatdi, to'pni Yusupov egallab oldi.
85. O'zgarish. "Navbahor". Isoqjonov o'rniga Abbos G'ulomov tushdi
82. ZARBAAA! Sanjar Qodirqulov jarima to'pini amalga oshirdi, Marat Bikmaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!
75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! EHSONI PANSHANBE! 1:2. Slavisha Stoyanovich tomonidan uzatilgan to'pni Rashidxonov qaytarishga urindi, jarima maydoni ichidan Ehsoni burama zarba bilan chiroyli gol urdi.
74. O'zgarish. "Lokomotiv". Sadriddin Abdullaev o'rniga Islom Rashidxonov
73. ZARBAAAAAAAAAAAAA! JAVOHIR ILYOSOV! AJOYIB SEYV! Azim Ahmedovning zarbasini Ilyosov qaytardi!
72. PENALTI! Zokir Qodirov "Lokomotiv" darvozasiga penalti belgiladi
69. Burchak to'pidan keyin to'p Sadriddin Abdullaevning qo'liga tekkani ko'rindi. Bosh hakam VAR ga qaramoqda...
68. "Navbahor"ning hujumlari keskinlashmoqda, burchak to'pi
67. O'zgarish. "Navbahor". SHohrux Mahmudxojiev o'rniga Slavisha Stoyanovich
63. O'zgarish. "Navbahor". Bahrom Abdurahimov o'rniga Ehsoni Panshanbe tushdi
63. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Turopov o'rniga Azizbek Amonov, Abduxoliqov o'rniga Marat Bikmaev tushdi
62. ZARBAAAAAAAAAAA! Darvoza ustuni! "Navbahor"ning hujumi, chap qanotdan uzatilgan to'pni Komilov qaytardi, qaytgan to'pni Isoqjonov darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi!
60. ZARBAAAA! Sanjar Qodirqulovning yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi
59. Quvondiq Ro'ziev Sanjar Qodirqulovni yiqitdi va mezbonlarda xavfli jarima to'pi
55. ZARBAAAAAA! O'ng qanotdan Isoqjonov uzatgan to'p darvozaga yo'naldi, Javohir Ilyosovdan ajoyib seyv!
53. UXX! Ilyosov hozir jarima maydonini tark etib boshi bilan to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni Davron Hoshimov darvozaga yo'lladi, Ilyosov o'z o'rnida
52. ZARBAAA! Islombek Isoqjonovning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi
51. Ogohlantirish. "Lokomotiv". G'ulom Haydar G'ulomov
49. UXXXX! Xavfli vaziyat! Burchakdan Solovyov uzatgan to'pni Putinchanin boshi bilan darvozaga yo'lladi, Mahmudhojievga tekkan to'p maydonni tark etdi. Takroriy lavhalar SHohruh o'yindan tashqari holatda ekanini ko'rsatdi
48. ZARBA! Diyor Turopovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi
46. Ikkinchi taym boshlandi.
45+5 Birinchi taym tugadi, hozircha 1:1
45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi
45. ZARBAAAAA! Sanjar Qodirqulovning jarimadan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi, qaytgan to'pni Golban maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.
44. "Lokomotiv"da jarima to'pi, darvozagcha chamasi 22 metr bor
42. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Sanjar Qodirqulov
36 GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! G'ULOMHAYDAR G'ULOMOV penaltidan hisobni tenglashtirdi - 1:1.
35. PENALTI! VAR yordamida bu safar "Navbahor" darvozasiga penalti belgilandi.
34. VAR! Jarima to'pi amalga oshirilganida Davron Hoshimov va Islom Qobilov to'qnashuvi sodir bo'lgan, shu bois hakam yana VAR ga qaramoqda
33. ZARBAAAAA! "Lokomotiv"da jarima to'pi, Diyor Turopovning havodan uzatgan to'pini Temurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq
31. ZARBAAA! Bahrom Abdurahimov jarima maydoni yonidan zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi
28. ZARBA! Diyor Turopov jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq
23. "Lokomotiv"da jarima to'pi, Turopovning uzatgan to'pini Mirzohid G'ofurov qaytardi va so'ngra Yusupov to'pni egallab oldi
20. Bugun O'zbekiston chempionatida ilk bor VAR yordamida penalti belgilandi.
15. Mehmonlarda jarima to'pi, Quvondiq Ro'zievning yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.
13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AZIM AHMEDOV penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi - 0:1.
13. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Diyor Turopov
12. PENALTI! Zokir Qodirov VAR yordamida penalti belgiladi.
9. VAR. "Navbahor"ning hujumi, Mirzohid G'ofurov raqib jarima maydoni ichida Diyor Turopov bilan to'p uchun kurashda yiqilib tushdi, hakamlar VAR ga murojaat qilishdi.
3. Xavfli vaziyat! "Navbahor" o'ng qanotdan hujum qildi va Islombek Isoqjonov jarima maydoniga kirib zarba berdi, to'p darovza to'rining tashqi tomoniga tegdi!!!
1. O'YIN BOSHLANDI!
- "Lokomotiv" stadionida yangi mavsum oldidan ochilish marosimi bo'lib o'tdi va O'zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
- Dastlab asosiy tarkibdan o'rin olgan Kaxi Maxaradze uchrashuvdan oldingi chigilyozdi mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi va uning o'rnini Sadriddin Abdullaev egalladi.
- Uchrashuv soat 16:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar