So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  18 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

Coca Cola Superliga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish, hakamlar tomonidan o'yinlarni boshqarishda halollik va shaffoflikni taminlash maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Coca Cola Superliga va Pro-ligada tur o'yinlari yakunlangach O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o'yinlar davomida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borilmoqda.

Bugun O'FA majlislar zalida Superliga va Pro-ligada faoliyat yuritayotgan hakamlar uchun navbatdagi seminar tashkil qilindi. Seminar davomida so'nggi turlarda ishlagan hakamlarning hatti-harakatlari tahlil qilinib, yo'l qo'yilgan bazi xatolar ko'rsatib o'tildi, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi o'yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi takidlandi.

O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov seminarda ishtirok etgan barcha hakamlarga murojaat qilib, quyidagi fikrlarini aytib o'tdi:

- Yuqori saviyali futbolni sifatli hakamliksiz qurib bo'lmaydi. SHuning uchun biz har bir Superliga va Pro-liga o'yinlaridagi vaziyatlar hamda xatolarni tahlil qilib, keyingi uchrashuvlarda ushbu yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklarni qaytarmasligimiz muhim. Aynan shuning uchun biz bu seminarlarni muntazam ravishda o'tkazishni yo'lga qo'ydik va eng muhimi – har bir o'yinni adolat bilan boshqarishingizni futbol va futbol muxlislari kutyapti, - deya takidladi Ravshan Ermatov.

Kunning birinchi yarmida asosan oxirgi turlardagi hakamlar harakatlari tahlil etilgan bo'lsa, tushdan so'ng maydonda amaliy mashg'ulotlar olib borildi. Uchrashuvlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli bahsli vaziyatlar bevosita maydonning o'zida bajarilib, shunday holatlarda qay tarzda adolatli qaror chiqarish mumkin ekani tajribali nazoratchi va yo'riqchilar tomonidan tushuntirildi.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика