So’nggi yangiliklar

15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  3 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  6 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  10 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  8 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  42 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  21 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28

Coca Cola Superliga. Bugungi o'yinlar uchun PREVYU. Matbuot kotiblari qanday fikrda? Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Bugungi o'yinlar uchun PREVYU. Matbuot kotiblari qanday fikrda?

Bugun Coca Cola Superligasida 10-turga start beriladi.

Markazlashgan holda o'tkaziladigan turdagi o'yinlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati stadionlarida o'tadi.


Coca Cola Superliga. 10-tur
NASAF — SO'G'DIYONA
17 avgust. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:30 (Sport TV)
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Olim Abduvosilov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Oybek Yunusov

Majburiy tanaffus vaqtida deyarli o'zgarishlarga deyarli qo'l urmagan klublar o'rtasidagi o'yin. "Nasaf" bu mavsum faqat bitta o'yinda mag'lub bo'ldi xolos. "So'g'diyona" esa birinchi restarni ajoyib boshlab grandlarni mag'lub etdi, biroq so'nggi turlarga kelib mag'lubiyatlar kuzatila boshlandi. Ayni paytda "ajdarlar" 16 ochko bilan 5-o'rinda, "So'g'diyona" esa 11 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda.

"So'g'diyona" tanaffus vaqtida O'zbekiston terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazib 2:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Jizzaxliklar safida gollarga SHohruz Norxonov va Daniel Nasriddinov mualliflik qilishdi. Tanaffus vaqtida "Nasaf" legioneri Dilyaver Xaris klubni tark etdi. Bosniyalik futbolchi 9ta turda 7ta o'yinda maydonga tushib, 212 daqiqa harakat qildi va gol ura olmagandi.

Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 40 bor to'qnash kelishgan. "Nasaf" 31ta o'yinda g'olib bo'lgan, 7ta uchrashuvda "So'g'diyona"ning qo'li baland kelgan. Qolgan ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan. O'zaro oxirgi 5ta o'yinning hech birida "So'g'diyona" bu jamoani mag'lub eta olmagan. So'nggi bor Jizzax klubi 2018 yilgi mavsumda "ajdarlar"ni mag'lub etgandi.

Sardor Nurov ("Nasaf" matbuot kotibi): "Ajdarlar" oxirgi uchta uchrashuvda 3 xil natija qayd etdi. "So'g'diyona" jamoasi esa oxirgi 3 tada o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Jamoalarning natijalarini hisobga oladigan bo'lsak ushbu bellashuv qizg'in ruhda kechadi.

SHahzod Sarvarov ("So'g'diyona" matbuot kotibi): Xabaringiz bor, chempionatimizda to'xtalish bo'ldi. Superligaga ikkinchi bor restart berilmoqda. 10-turdan o'yinlar markazlashgan holda davom ettiriladi. "Nasaf"ga ham, "So'g'diyona"ga ham ochkolar juda zarur. Ikkala jamoa 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun maydonga tushadi. Menimcha birinchi taymda ancha yopiq o'yin bo'ladi. Sababi ikki jamoa ham bir-biridan hadiksirab harakat qiladi. Ikkinchi bo'limda esa ochiq o'yin bo'lishi kutilmoqda.


Nasaf

Islom Kenzhaboev - 15', Bobir Abdixoliqov - 36', Husayin Norchaev - 90'

Superliga. 10-tur

17/08/2020, 18:30

0
:
3
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
15'  Islom Kenzhaboev
36'  Bobir Abdixoliqov
36'  Oybek Bozorov
59'  Akmal Mozgovoy
71'  G'olib G'aybullaev
71'  Islom Kenzhaboev (Dilshod Rahmatullayev)
71'  Akmal Mozgovoy (Husayin Norchaev)
75'  Dilshod Saitov (ZHo'rabek Mannonov)
75'  G'olib G'aybullaev (Husniddin Aliqulov)
87'  Oybek Bozorov (Muhriddin Zoirov)
90'  Husayin Norchaev
38'  Sanjar Rashidov
39'  SHahboz Jo'rabekov (Ayubxon Nomanov)
46'  Sardor Qulmatov (SHavkat Mullazhonov)
46'  Sahob Rashidov (ZHavohir Qahramonov)
66'  Sanjar Rashidov (Daniel Nasriddinov)
66'  Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov)
80'  Daniel Nasriddinov



BUNYODKOR – METALLURG
17 avgust. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30 (Oilaviy TV)
Hakamlar:
Vadim Agishev, Husniddin SHodmonov, Sultonmurod Ulfatov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: SHohruh Said

Bu mavsum o'z maydonida 4ta o'yinning barchasida g'olib bo'lgan "Bunyodkor" safarda hozirga qadar eng ko'p ochko olgan "Metallurg" bilan Olmaliqda kuch sinashadi.

"Bunyodkor" o'z safiga Xurshid G'iyosovni qo'shib oldi, biroq hozircha u PFLdan ro'yxatdan o'tkazilgani yo'q. "Metallurg" o'z ananasiga sodiq qolgan holda tarkibda deyarli o'zgarish qilmadi.

Mazkur jamoalar shu kunga qadar o'zaro 28 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar poytaxtliklar foydasiga. Toshkentliklar 21 ta o'yinda g'alaba qozonishgan. 3 ta o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. 4 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

"Metallurg" bu jamoa darvozasiga uchta o'yindan buyon gol ura olmayapti va o'sha uchala o'yinda ham mag'lub bo'lgan.


Furqatbek Nishonov ("Bunyodkor" matbuot kotibi): "Ertangi bahs qiziqarli kechishiga asoslar juda ko'p. Xususan, "Metallurg" azaldan ancha jamoaning noqulay raqibi bo'lib kelgan. Qolaversa, istalgan jamoaga "bosh og'riq" bo'la oladi. SHuningdek, "Bunyodkor"ga qarshi bellashuv "Metallurg"ning restartdagi ilk o'yini. Jamoa futbolni sog'ingan. "Bunyodkor" esa, 9-turning qoldirilgan o'yinida noqulay raqib "Buxoro" bilan durang o'ynadi. Tabiiyki, futbolchilarimiz yo'qotilgan ochkolarni o'rnini qoplash maqsadida ham ertaga faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi va bu o'z-o'zidan o'yinni yanada qiziqarli kechishiga zamin yaratadi. Uchrashuvni qiziqarli kechishiga yana bir omil, bahs neytral maydonda bo'lib o'tadi. Hech kim mezbon emas. Odatda klublar safar bahsida himoyaviy o'yin ko'rsatadi. Markazlashgan bahslarda nominal mezbon bo'lsa-da, amalda yo'q. Bu o'yinga ijobiy tasir qiladi".

Komiljon Jumaev ("Metallurg" matbuot kotibi):
“Bunyodkor” mamlakatimizning kuchli va nomdor klublaridan. “Qaldirg'ochlar”ga qarshi to'p surish “Metallurg” uchun hamisha og'ir kechgan. Ayniqsa safar uchrashuvlarida. Ikkinchi marta restartdan keyingi o'yin ham bekobodliklar uchun oson bo'lmaydi. Boisi “Bunyodkor” uch kun muqaddam “Buxoro”ga qarshi bahs yuritdi va o'yin amaliyotiga ega. Har ikkala jamoa musobaqa jadvalining yuqori pog'onalarida borishyapti. SHu manoda bu galgi o'yin juda qiziqarli va murosasiz o'tishiga shubha yo'q. Bundan tashqari o'yinning neytral maydonda o'tkazilishi jamoalarning imkoniyatini tenglashtiradi. “Metallurg” bu yilgi mavsumda safar uchrashuvlarida ko'proq ijobiy natijani qayd etayapti. Bu gal ham anana davom etishiga umidvormiz".


Bunyodkor

Nurillo To'xtasinov - 53', Nurillo To'xtasinov - 59'

Superliga. 10-tur

17/08/2020, 18:30

0
:
2
Tugadi

Metallurg

45'
90'
23'  Asadzhon Azimzhonov (Farrux Ikromov)
53'  Nurillo To'xtasinov
59'  Nurillo To'xtasinov
69'  Shahboz Erkinov (Mirzhahon Mirahmadov)
69'  Valeriy Akopov (Selim Nurmuradov)
90'  Nurillo To'xtasinov (Suhrob Izzatov)
46'  Xudoyshukur Sattorov (Odilbek Abdumazhidov)
46'  Abduraxmon Abdulxaqov (Abror Toshqo'ziev)
52'  Odilbek Abdumazhidov
65'  Davron Anvarov (Zohid Abdullayev)
77'  Doniyor Narzullayev (To'lqin Ergashev)
83'  Shahzod Ubaydullayev (Murod Bobojonov)
90'  Zohid Abdullayev



AGMK – LOKOMOTIV
17 avgust. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00 (Dunyo bo'ylab TV)
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Mirjalol Qosimov va Andrey Fyodorov to'qnashuvi. Bu mavsum hali mag'lub bo'lmagan yagona klub AGMK bir qator etakchilari bilan xayrlashishda davom etayotgan "Lokomotiv" bilan o'ynaydi.

Yozgi transfer oynasi ochilgach har ikkala jamoa safida o'zgarishlar ruy berdi. Xususan o'tgan yil AGMKga kelgan Erkin Baydullaev "Qizilqum"ga transfer qilindi. "Lokomotiv"ning ham ikki futbolchisi Ignatiy Nesterov va Oybek Qilichev "Qizilqum"ga o'tib ketdi. O'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov esa "Navbahor"ga ketdi.

Bu klublar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 22 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. 14 marta "temiryo'lchilar" zafar quchishgan. 4 bor AGMK g'olib bo'lgan va yana 4 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

AGMK ketma-ket uchta o'yindan buyon "Lokomotiv"ni mag'lub eta olmay kelmoqda. So'nggi bor Olmaliq klubi 2018 yilgi mavsum bu jamoani mag'lub etgan edi.


SHahboz Beg'amov (AGMK jamoasi matbuot kotibi) — «Bir haftadan buyon jamoa qarorgohiga borganim yo'q. Sababi, hozir davolanishdaman. Afsuski, bugungi o'yinni masofadan, yani televizor orqali tomosha qilaman. Lekin unga qadar jamoadagi holat va navbatdagi restartga tayyorgarlikni bevosita guvohi sifatida aytamanki, butun jamoa futbolga chanqoq. Jiddiy koncentraciya, alo kayfiyat va ishchanlik ruhida toblanib mehnat qilinmoqda.

Joriy mavsum jamoamiz ko'tarinki ruhda ishtirokini davom ettirmoqda. Natijalar bejiz emas, ayniqsa o'tgan galgi restartda Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi jamoani puxta tayyorlay olishdi. Hech narsa o'zgargani yo'q: ishga jiddiy munosabat va professionalizm hamohang. AGMKda chizilgan o'yin uslubi, malum tizim paydo bo'lgan. Taktik rang-barang hamda raqib jamoalarning kuchli va kuchsiz taraflaridan kelib chiqib bazi detallarni o'zgartirib, har bir uchrashuvda va o'yin borishiga qarab vaziyatni o'z tomoniga burish salohiyati yuqori bo'lgan shtab ishlamoqda.

CHempionat to'xtaganiga 1 oydan oshdi va hozir barcha jamoalar jumboq holatida. Muhimi, jismoniy tayyorgarlik qay darajadaligi.

O'ylaymanki, bu gal murabbiylarimiz tomonidan olib borilgan aniq dasturiy mashg'ulotlar fors-major holatida yana tezda jamoani o'tgan galgidek «o'yinga qaytaradi». Taktik-texnik taraflama ham futbolchilarimiz kerakli darajada tayyorligiga ishonchim komil.

Hozirgi «boksing dey» taqvimi jamoalarni tezroq o'yin «tamini» sezib olishlari uchun muhim. Rotaciyalarga ham talab oshadi. Quvonarlisi, bizda raqobat kuchli va murabbiy doimiy rotaciyalardan oqilona foydalanadi hamda eng muhimi, bu jihat jamoamiz o'yin tizimini buzib qo'ymayapti. Bu nimadan dalolat? Hamma murabbiy falsafasini to'g'ri anglagan. AGMKda yulduzli nomlar emas, butun jamoa bir-birini to'ldirib o'ynaydi. Menimcha, hozirgi muvaffaqiyat sirimiz shunda. Bugun raqibni hurmat qilgan holda shuni aytamanki, AGMK olmaliqliklarni yana xursand qiladi. CHunki butun AGMK ahil jamoasi futbolni sog'ingan va joriy mavsum katta vazifalarni bajarishni maqsad qilgan».

Xayrulla Xoliqov ("Lokomotiv" matbuot kotibi): Ikkinchi bor restart beriladigan Superliga oldidan bir nima deyish qiyin. "Lokomotiv" oxirgi rasmiy uchrashuvini o'tkazganidan beri bir oydan ko'proq vaqt o'tdi. Bu orada Superliganing barcha jamoalari turlicha tayyorgarlik ko'rishdi. SHu bois hozir kim qanday holatda aniq gap aytib bo'lmaydi. O'yin neytral stadionda bo'ladi, bu esa hech bir tomonga ustunlik bermaydi. AGMK bu mavsum hali yutqazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. "Lokomotiv" esa o'zidan kutilgan natijalarni qayd eta olmayapti. SHu bois "temiryo'lchilar" faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadilar. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov aytganidek, har qanday seriya baribir yakun topadi. SHunday ekan, AGMKning mag'lubiyatsiz seriyasini "Loko" yo'qqa chiqarsa ajab emas.




OKMK

Yovan ZHokich - 47', Zafar Polvonov - 88', Jasur Umarov - 90'

Superliga. 10-tur

17/08/2020, 19:00

1
:
3
Tugadi

Lokomotiv

Marat Bikmayev - 36'

45'
90'
46'  Bahrom Abdurahimov (Sanjar Tursunov)
47'  Yovan ZHokich
66'  Mirjamol Qosimov
74'  Arslanmirat Amanov (Murodjon Toshmatov)
84'  Akmal Shorahmedov (Mirg’iyos Sulaymonov)
84'  Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov)
88'  Zafar Polvonov
88'  Murodjon Toshmatov
89'  Sanjar Tursunov (Jasur Umarov)
90'  Jasur Umarov
90'  Murodjon Toshmatov
36'  Marat Bikmayev
59'  Javohir Alijonov (Davron Umirov)
73'  Vadim Afonin (Ibrohim G'anixonov)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика