So’nggi yangiliklar

00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  3 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  1 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  9 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  35 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  12 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  26 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  6 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28

Coca Cola Superliga. "Andijon" "Metallurg"ni tor-mor etdi, Xebaydan xet-trik! Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Andijon" "Metallurg"ni tor-mor etdi, Xebaydan xet-trik!

Teglar :  AndijonMetallurg
Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Metallurg” uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 7-tur

“Andijon” – “Metallurg” 5:0

24 aprel. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Sardor Ismatullaev

VAR hakami: Ibrohim Ismoilov 

AVAR: Rishat Nugmanov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev     

Komissar: Alisher Fayziev

Gol: 1:0 — 2, Rubin Xebay, 2:0 — 9, Rubin Xebay, 3:0 — 15, Levan Arveladze, 4:0 — 82, Rubin Xebay, 5:0 — 84, Suhrob Berdiev.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 4.Dilshod Komilov, 8.Farhod Bekmurotov, 9.Levan Arveladze, 13.Sardor Azimov (88.Nodari Kavtaradze, 60), 14.Abdurahmon Komilov, 15.Vladimir Bubanya (s), 17.Farhod Sohibjonov (19.Suhrob Berdiev, 81), 26.Muhammadkarim Toirov (10.Ilhomjon Abdug'aniev, 81), 66.Ilhomjon Alijonov, 99.Rubin Xebay (7.Boburbek Farhodov, 87)

Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 11.Sardor Abdunabiev, 21.Ildar Mamatkazin, 28.Islom Mamatkazin, 77.Izzatilla Abdulhaqov.

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 6.Xudoyshukur Sattorov (21.Abdujalil Manazarov, 46), 9.Zabihillo O'rinboev (s), 10.Bektemir Abdumannonov (19.Ergash Ismoilov, 76), 14.Abrorbek To'shqo'ziev (29.Diyorbek Toirov, 88), 17.Vladislav Kasminin, 22.SHaxzodbek G'ofurbekov, 30.Ibrohim Ibragimov,  33.Ivan Yosovich, 91. Marko Obradovich (11.Damir Temirov, 65), 97.Muhammadali Aliqulov (55.Filip Stamenkovich, 46)

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich, 23.Behruz SHodmonov.

Ogohlantirish: Xudoyshukur Sattorov (4), Zabihillo O'rinboev (45+2), Sardor Azimov (57)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+2. Akmal Ortiqov to'pga chiqishda Kasmininni urib yubordi. Tezyordam mashinasi maydonga tushdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Mehmonlarda o'zgarish: Toshqo'ziev o'rniga Diyorbek Toirov tushirildi.

87. Mezbonlarda o'zgarish: Xebay o'rniga Boburbek Farhodov uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

84. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Suhrob Berdiev raqib himoyachisining xatosini kechirmadi!

82. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Rubin Xebay xet-trik qayd etdi! Mezbonlarning ketma-ket zarbalarini so'nggisini mezbonlar hujumchisi bo'sh darvozaga joylab qo'ydi.

81. "Andijon"da ikki o'zgarish: Ilhomjon Abdug'aniev va Suhrob Berdiev maydonga tushirildi, Muhammadkarim Toirov hamda Farhod Sohibjonov zaxiraga olindi.

76. Mehmonlarda o'zgarish: Bektemir Abdumannonov o'rniga Ergash Ismoilov o'yinga qo'shildi.

75. Alijonovning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

72. Xebayning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

70. Mezbonlarda standart yuzaga keldi. Arveladzening zarbasini raqib himoyachisi yuzi bilan qaytardi.

65. "Metallurg" tarkibida o'zgarish: Damir Temirov Marko Obradovich o'rniga uchrashuvni davom ettiradi.

62. O'rinboev to'pni qabul qilishda biroz xatolikka yo'l qo'ydi, natijada uning zarbasi ko'ngildagidek bo'lmadi.

60. "Andijon"da o'zgarish: Nodari Kavtaradze Sardor Azimovni almashtirdi.

57. Biroz avval yiqilgan Azimov alamini Toshqo'zievdan olgani uchun ogohlantirildi.

56. Kasminin va Azimov chinakam kurashga tushishdi. Buning natijasida mehmonlar futbolchisi "halol" yiqitdi.

52. Tezkor hujum natijasida Muhammadkarim Toirovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

48. Stamenkovichning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

46. Toirov ikkinchi bo'lim boshida raqibni jazolashga bir bahya qoldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Metallurg" tarkibida ikki o'zgarish: Muhammadali Aliqulov va Xudoyshukur Sattorov o'rniga Filip Stamenkovich va Abdujalil Manazarov maydonga tushirildi.

Taym yakunlandi.

45+2. O'rinboev raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

37. Mehmonlar yana bosh bilan zarba yo'llashga imkon berishdi, ammo uning tezligi kuchli bo'lmagani uchun Ortiqov to'pni egallashda qiynalmadi. 

33. Xebayga nisbatan yana markazda qo'pollik ishlatildi. Bugun mehmonlar ikkinchi qavatdagi kurashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

32. Azimov jarohatlangan ko'rinadi. Hakam uni turg'azib qo'ydi.

28. Yo'q, 11 metrli jarima uchun etarli asos topilmadi. O'yin davom etadi.

24. Jarima maydonida Yosovich va Bubanya o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi.  Hakam "Andijon" darvozasiga penalti belgilashi mumkin.

23. O'rinboevga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. 

21. Obradovich raqib jarima maydonida yiqildi, hakam esa penalti belgilashga asos yo'q deb topdi.

18. Mehmonlarning hujumi samarasiz yakunlandi.

15. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Arveladze Xebayning pasidan so'ng hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

12. Mehmonlar tezkor qarshi hujum tashkillashtirdi, "Andijon" himoyachisi ishonchli harakat qildi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Xebay birinchi golni ko'rolmaganlar uchun takroriy harakatni amalga oshirdi. Standartdan so'ng Alijonovning pasidan so'ng Rubin dublni rasmiylashtirdi.

7. Biroz avval raqibning tanobini tortib qo'ygan Hebayga raqib futbolchisi maydon markazida "minnatdorchilik bildirdi", oqibatda standart yuzaga keldi.

4. Sattorov Azimovning o'yindan keyin shifokor qabulishiga yozilishini taminlagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

2. GOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Mezbonlarning dastlabki hujumi gol bilan yakunlandi. Azimov tomonidan qanotdan uzatilgan to'pga raqib posbonidan chaqqonroq harakat qilgan Rubin Xebay bosh bilan zarba yo'llab, hisobni ochdi.

1. Uchrashuvni mezbonlar boshlab berishdi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun "Andijon" qizil, "Metallurg" ko'k rangli libosda harakat qiladi.

Uchrashuv 17:00 da boshlanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика