So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Coca Cola Superliga. AGMK yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. AGMK yirik g'alabaga erishdi

Coca Cola Superliganing 24-turidan o'rin olgan AGMK - "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.



Coca Cola Superliga. 24-tur
24 noyabr, seshanba
16:00 - AGMK - ANDIJON 4:0

Gollar: Abdurahimov 24, Yuldashev 26, 68, Vatsadze 42.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Jalg'asbay Sarsenov, Damir Iskanderov, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Aleksandr Davidenko

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 2.Akmal SHorahmedov (20.Mirg'iyos Sulaymonov 73), 3.Sardor Rahmonov (5.Dilshod Jo'raev 83), 7.Elguja Grigalashvili ( 77.Arslanmirat Amanov 73), 11.Murod Toshmatov, 17.Sanjar Tursunov, 18.Bahrom Abdurahimov (4.Mirjamol Qosimov 73), 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov 83), 23.Yovan Jokich, 44.Boburbek Yuldashev, 94.Husniddin G'ofurov.
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 10.SHahbozbek Nurmatov, 30.Jasurbek Umarov, 31.Saydullo Rahmatov.

"Andijon": 16.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov, 4.Farhod Mirahmatov, 5.Xushnud Avilov (25.Qahramon Bahodirov 70), 6.Baxtiyor Qosimov, 8.Farhod Bekmuratov, 17.Abdullo Olimov, 22.Usmonali Ismonaliev, 27.Muhammadali Yuldashev (28.Farhod Sohibjonov 56), 33.Doniyor Abdumannopov, 80.SHahboz Jumaboev (11.Siroj Meliev 56)
Zaxira: 13.Muhammadsolih Ubaydullaev, 20.Asilbek Azizov, 99.Jamshid Homidov.

Ogohlantirishlar: Rahmonov 48, Isroilov 83, Toshmatov 83.


YANGILASH


O'YIN YAKUNLANDI!

90+1. Sanjar Tursunovning zarbasini Adhamov egallab oldi.

90. Ikkinchi bo'limga ikki daqiqa vaqt qo'shib berildi.

85. AGMK safida Rahmonov o'rniga Jo'raev, Vatsadze o'rniga Polvonov o'yinni tugatib qo'yadi.   

82. Maydonda tushunmovchilik. Isroilov va Toshmatov kelisha olmay qoldi. Ularning har ikkisiga ham sariq kartochka ko'rsatildi. 

73. AGMKda uchta o'zgarish. Grigalashvili o'rniga Amanov, SHorahmedov o'rniga Sulaymonov, Abdurahimov o'rniga Qosimov maydonga tushdi.

70. "Andijon" tarkibida Avilov o'rniga Bahodirov maydonga tushdi.



68. GOOL! Boburbek Yuldashev boshida bergan zarbasi orqali hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirdi - 4:0!

67. "Burgutlar" safida Hamidov o'rniga Olimov o'yinni davom ettiradi.

61. Mezbonlar futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 



56. "Andijon"da ikkita o'zgarish. Jumaboev o'rniga Meliev, Yuldashev o'rniga Sohibjonov maydonga tushdi.

48. Rahmonov markazda raqibga nisbatan biroz qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


42. GOOOL! G'ofurovning burchakdan etkazib bergan to'pini Mate Vatsadze boshi bilan "Andijon" darvozasiga yo'llab qo'ydi. 

38. Mezbonlar himoyachilari orasida biroz tushunmovchilik bo'ldi. Ammo bu orqali yuzaga kelgan burchak zarbasidan mehmonlar foydalana olishmadi.

34. To'p nazorati haliyam AGMK futbolchilarida.



26. GOOOOLLLLL! Bobur Yo'ldoshev hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi! Burchakdan uzatilgan to'p yo'l-yo'lakay Elguja va Jokichga tegib, darvozaga burildi. Qaytgan to'pga Yo'ldoshev zarba berib, o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.



24. GOOOL! Bahrom Abdurahimov raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi va zarba berdi. Adhamov uning zarbasini qaytargandi, ammo Bahrom takroriy zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi - 1:0!

12. O'yin kurashlarga boy o'tmoqda.

5. Endi andijonlik futbolchilar oldinga o'tishdi. Ammo bu foyda bergani yo'q.

3. Zarbaaa! G'ofurovning bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

-O'YIN BOSHLANDI!

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Superliga 24-turi doirasida AGMK hamda "Andijon" o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz. 

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика