So’nggi yangiliklar

21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  8 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  28 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3

Coca Cola Superliga. 7-tur yakunlari (faqat raqamlar) Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 7-tur yakunlari (faqat raqamlar)

1-2 iyul kunlari Coca Cola Superligasida 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra bo'lib o'tgan turda kuzatilgan raqamlar, qiziqarli seriyalar, statistik malumotlarni o'quvchilar etiboriga taqdim etamiz.


- "Andijon" klubi 2020 yilgi O'zbekiston chempionatida o'z maydonida haligacha gol ura olmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. "Burgutlar" o'z maydonida 3ta o'yin o'tkazishdi va 2ta gol o'tkazib, umuman gol ura olishmadi.

0 - AGMK klubi bu mavsum 7ta turdan keyin mag'lub bo'lmagan yagona jamoaga aylandi. O'tgan turgacha "Nasaf" ham yutqazmay kelayotgandi, biroq Ro'ziqul Berdiev shogirdlari aynan Olmaliqda imkoniyatni boy berishdi. 



3 - Bu turda "Bunyodkor" "Andijon" mehmoni bo'lib durang o'ynadi. SHu tariqa bu jamoalar o'rtasida Andijonda o'tgan oxirgi uchta uchrashuvda durang qayd etildi. "Bunyodkor" so'nggi bor 2015 yilgi mavsumda "burgutlar" maydonidan g'alaba bilan qaytgan ekan.

- Karantindan keyin Navoiyning "Qizilqum" klubi ketma-ket 4ta turda mag'lub bo'lgan yagona jamoa bo'ldi.

5 - AGMK 2020 yilgi Superligada ketma-ket 5ta o'yinda g'alaba qozongan yagona klub bo'lib turibdi.

- Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK va Andrey SHipilov boshchiligidagi "Metallurg" klubi bu mavsum barcha 7ta turda gol urgan yagona klub bo'lib turibdi.

13 - "Lokomotiv" "Qizilqum"ga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 13ta o'yinga etkazib oldi. "Temiryo'lchilar" bu jamoaga qarshi kechgan oxirgi 13ta o'yinning (uyda va safarda) hech birida mag'lub bo'lishmadi - 11ta g'alaba va 2ta durang. So'nggi bor "Qizilqum" 2013 yilgi mavsumda bu raqibni mag'lub etgan ekan. 



25 - "Navbahor"ning "So'g'diyona"ga qarshi o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 25ta o'yinga etdi. "So'g'diyona" o'z tarixida hech qachon Namanganda g'alaba qozona olmagan. Kechagi o'yinni ham qo'shib hisoblsak vodiyda o'tgan 25ta uchrashuvning 5tasida durang qayd etilgan va 20ta bahsda "Navbahor" g'olib bo'lgan.

38 - "Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvining 38-daqiqasida mezbonlar IKKIta gol urishdi. Ha bir daqiqa ichida ikkita gol. Bunday holat 2020 yilgi mavsumda birinchi bor kuzatildi.



100% - Bu tur o'z maydonida g'alaba qozongan "Paxtakor", "Qo'qon-1912" va "Navbahor" klublari o'z maydonidagi barcha o'yinlarda g'olib bo'lishmoqda. Bundan tashqari "Bunyodkor" ham o'z uyida 100 foizli natijaga erishmoqda.

438 - "Qizilqum" klubi bu mavsum ketma-ket 4ta o'yinda gol ura olmadi va hozircha eng uzun golsiz seriya egasi bo'lib turibdi. Navoiy klubi 3-turda "Mashal" bilan o'yinning 12-daqiqasida gol urganidan keyin haligacha gol ura olmadi. Umuman olganda "Qizilqum" 438 daqiqadan buyon raqib darvozasini ishg'ol qila olmayapti.

649 - "Lokomotiv" yarim himoyachisi Avazbek O'lmasaliev O'zbekiston chempionatida 649 kundan so'ng yana gol urdi. So'nggi bor O'lmasaliev 2018 yil 22 sentyabr kuni "Neftchi" safida "Nasaf"ga gol urgandi. Qizig'i o'sha kuni ham O'lmasaliev asosiy tarkibda maydonga tushgan va gol urgandi. "Lokomotiv" safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan Avazbek "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qildi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика