So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Coca Cola Superliga. 5-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Faqatgina "Turon" - AGMK bahsi olmaliqliklarning xalqaro maydondagi ishtiroklari sabab 10 mayga ko'chirildi.

"Championat.asia" ijodkorlari odatga ko'ra yakuniga etgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi (o'tkazilgan 6 o'yin asnosida). Demak, kutib oling 5-turning ramziy terma jamoasi:

"Qo'qon-1912" jamoasi Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda qo'qonliklar kiritgan (yoki kiritmagan) birinchi gol o'z yo'liga, lekin jamoa darvozaboni Muzaffar Abdullaev 3 marta chiroyli seyv ijro etdi va o'z darvozasi dahlsizligini taminlay oldi.


"Lokomotiv" klubi Termizda "Surxon" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alaba bilan uyga qaytdi. O'yinda yagona bo'lgan golga "temiryo'lchilar" o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev assistentlik qildi (Diyor Turopov gol). Muhammadiev jamoasi tarkibida eng faollardan biri bo'ldi.

"Qo'qon-1912" jamoasi Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahs davomida markaziy himoyachi Ivan Yosovich qator epizodlarda ishonchli o'yin ko'rsatdi.

"Metallurg" o'z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va 2:0 hisobida taslim qildi. Bellashuvda hisobni bekobodliklar chap qanot himoyachisi Stanislav Andreev kiritdi.


Bekobodda o'tgan uchrashuvda mezbonlar safida Salamat Qutiboev ham faol harakatlari bilan ajralib turdi. Qutiboev 71-daqiqada Abror Toshqo'zievning goliga assistentlik ham qildi.

"Nasaf" jamoasi Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytdi. Bahsda mehmonlar safida Marko Stanoevich ikkita to'p kiritdi va g'alabani taminladi.

"Bunyodkor" klubi o'z maydonida "So'g'diyona" bilan kurash olib bordi va 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. "Qaldirg'ochlar" safida Nurillo To'xtasinov 42-daqiqada ajoyib zarbasi bilan muvozanatni tiklagan edi. Yarim himoyachi o'tgan mavsumdagi zarbalarini yana takrorlay boshlagani ko'pchilikni hursand qilgan bo'lsa ajab emas.


Joriy mavsum hali mag'lub bo'lmagan jamoalardan biri bo'lib turgan "So'g'diyona" Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi. 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan qarama-qarshilikda jizzaxliylar sardori Jasur Hasanov raqib himoyachilarini ancha ter to'kishga majbur qildi va o'z hisobiga bitta goli pas (Norxonovning goliga) ham yozdirib qo'ydi.

"Navbahor" jamoasi o'z uyida "Paxtakor"ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Namanganliklar tarkibida javob to'pini Islom Isoqjonov kiritdi. Gol bo'lgan epizodda Isoqjonov Sanjar Quvvatovning oyoqlari orasidagi bitta to'p sig'adigan joyni topa oldi.


Namanganda o'tgan bellashuvda "Paxtakor" safida serbiyalik Dragan CHeran dubl qildi va jamoasi g'alabasini taminladi. SHu kuni futbolchi markaziy hujumda harakat qildi. CHeran "sherlar"ning asosiy etakchisi rolida alo darajada bajarib kelmoqda.

Joriy mavsum hali mag'lub bo'lmagan jamoalardan biri bo'lib turgan "So'g'diyona" Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi. Gollarga boy o'tgan uchrashuv (2:2)da hisobni 17-daqiqada jizzaxliklar hujumchisi SHohruz Norxonov ochgandi. Bosh bilan ajoyib harakat qiladigan va havodagi kurashlarda katta ustunlik qiladigan Norxonov ketma-ket ikkinchi tur ramziydan joy olmoqda.


Superliga

5-tur ramziy terma jamoasi (3-5-2)

Muzaffar Abdullaev ("Qo'qon-1912")

SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv"), Ivan Yosovich ("Qo'qon-1912"), Stanislav Andreev ("Metallurg")

Salamat Qutiboev ("Metallurg"), Marko Stanoevich (Nasaf), Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor"), Jasur Hasanov ("So'g'diyona"), Islom Isoqjonov ("Navbahor")

Dragan CHeran ("Paxtakor"), SHohruz Norxonov ("So'g'diyona")


O'zbekiston chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> Superliga

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика