So’nggi yangiliklar

12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  6 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  13 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  12 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  2 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1

Rasmiy xabar: Coca Cola Superliga 3 avgustdan davom ettiriladi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Coca Cola Superliga 3 avgustdan davom ettiriladi

4-tur uchrashuvlaridan boshlab qayta tiklangan Coca Cola Superliganing yana 6 tur uchrashuvlari muvaffaqiyatli o'tkazildi.

10-tur arafasida esa jamoalarda kasallanish holatlari paydo bo'la boshladi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL iyul oyining so'nggi o'n kunligiga reja qilingan 10-11 tur uchrashuvlarini qoldirishga majbur bo'ldi.

Kuz faslining har bir oyida O'zPFL 10 kundan muddatni milliy terma jamoaga berishiga to'g'ri keladi. Demak, umumiy yana 30 kun davomida milliy chempionat o'yinlarini o'tkazishning iloji bo'lmaydi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL vaqtdan yutkazmaslik uchun Superliganing I davrasini markazlashtirilgan holda yakunlashga qaror qildi. Rejaga ko'ra, 3 avgustdan boshlab Superliga qayta tiklanadi hamda 15 avgust kuni I davra o'z yakuniga etadi. Yakshanbadan tashqari har kuni futbol uchrashuvlari o'tkaziladi. Yakshanba kunlarida esa klublar umumiy tekshiruvdan o'tkaziladi.

Bunda har bir klub o'zi istiqomat qiladigan obektdan faqatgina mashg'ulot va o'yin maydonlariga o'z avtobusida safar etadi. Klublar qarorgohi talab etilgan kunlarda muntazam dezinfekciya qilinadi. Har bir klub joy olgan obekt nazoratda bo'lib, delegaciya oldiga begona kishilar qo'yilmaydi. Ikki hafta davomida futbolchilar ham boshqa yumush bilan tashqariga chiqarilmaydi.

SHuningdek, O'zPFL O'FA yordamida hakamlar brigadalarini ham alohida obektda bo'lishlarini taminlaydi. Ular ham karantin qoidalariga to'la amal qilishi taminlanadi. 15 avgustga qadar mamlakatdagi vaziyat yaxshilansa, O'zbekiston Coca Cola kubogi uchrashuvlaridan boshlab uy-safar tizimiga qaytiladi. Bu qaror holatning qanday kechishidan kelib chiqib, qayta muhokama qilinadi.

Markazlashgan musobaqada kuniga 3 tadan ortiq uchrashuv o'tkazilmaydi. Bu holat nafaqat translyaciya huquqiga egalik qiluvchi Sport-TV uchun, balki boshqa OAV uchun ham qulaylik yaratadi. Quyida uchrashuvlar taqvimi bilan tanishish imkoniyati bor. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o'tishi masalasiga O'zPFL kelayotgan hafta aniqlik kiritadi.

Coca Cola Superliga. 10-tur
3 avgust, dushanba

NASAF — SO'G'DIYONA
BUNYODKOR — METALLURG
AGMK — LOKOMOTIV
4 avgust, seshanba
QO'QON-1912 — PAXTAKOR
MASH'AL — ANDIJON
QIZILQUM — BUXORO
5 avgust, chorshanba
SURXON — NAVBAHOR

11-tur
6 avgust, payshanba

SO'G'DIYONA — BUNYODKOR
7 avgust, juma
PAXTAKOR — NASAF
ANDIJON — AGMK
LOKOMOTIV — QO'QON-1912
8 avgust, shanba
NAVBAHOR — MASH'AL
METALLURG — QIZILQUM
BUXORO — SURXON

12-tur
10 avgust, dushanba

NASAF — Bunyodkor
QO'QON-1912 — ANDIJON
PAXTAKOR — LOKOMOTIV
11 avgust, seshanba
AGMK — NAVBAHOR
SURXON — METALLURG
QIZILQUM — SO'G'DIYONA
12 avgust, chorshanba
MASH'AL — BUXORO


13-tur
13 avgust, payshanba

ANDIJON — PAXTAKOR
LOKOMOTIV — NASAF
14 avgust, juma
SO'G'DIYONA — SURXON
NAVBAHOR — QO'QON-1912
BUNYODKOR — QIZILQUM
15 avgust, shanba
BUXORO — AGMK
METALLURG — MASH'AL.


3 avgustga qadar jamoalarda bugungi kundagi vaziyat haqida etarlicha xulosa chiqarish, kasallangan futbolchilarga g'amxo'rlik qilish va ularni oyoqqa turg'azishda imkoniyat bo'ladi. 3 avgustdan boshlab esa ehtimoliy kasallanishi mumkin bo'lgan futbolchilar masalasi bilan shug'ullanish uchun SEOA yordamida alohida komissiya tuziladi. Bunda kasallangan futbolchi bilan yaqin muloqotda bo'lganlar tarixi o'rganiladi va ular belgilangan tartibda izolyaciyaga olinadi. Futbolchilarga va klublar personallariga mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda bir-birlaridan masofa saqlash tavsiya etiladi. Zero jamoaning keyingi natijalariga bu o'z tasirini ko'rsatadi. Har bir klub asosiy tarkibida 45 nafargacha futbolchi ro'yxatdan o'tkazilganidan kelib chiqib, ehtimoliy kasallangan futbolchilar maydonga tusha olmasa, ularning o'rni boshqa futbolchilar bilan to'ldiriladi. Yani, karantin qoidalariga qatiy amal qilgan va intizomi kuchli bo'lgan klublar bundan tabiiyki yutadi.

O'zPFL oson bo'lmagan davrda futbol klublarini bir yoqadan bosh chiqarishga, o'z ishiga masuliyat bilan yondoshishga chaqiradi hamda futbol jamoatchiligiga salomatlik tilaydi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика