So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  7 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Oq-tepa", "Neftchi", "SHo'rtan" va "Dinamo" keyingi bosqichda! Yangiliklar

Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Oq-tepa", "Neftchi", "SHo'rtan" va "Dinamo" keyingi bosqichda!

Bugun, 23 iyun kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi birinchi bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada barcha uchrashuvlarning natijalarini ONLAYN kuzatib borish mumkin bo'ldi. 

YANGILASH 


"Oq-tepa" - "Zomin" uchrashuvida hisob 76-daqiqada maydon egalari legioner hujumchisi Ibrahim Tomiva tomonidan ochildi - 1:0. Oradan 4 daqiqa o'tgach Farruh Sodiqov ikkinchi bor "Zomin" darvozasini ishg'ol qildi - 2:0. Uchrashuvda "Oq-tepa" 2:0 hisobida g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdi.


Coca Cola O'zbekiston kubogi. Saralashning birinchi bosqichi
23 iyun, seshanba
17:30 OQ-TEPA – ZOMIN 2:0  (
Fotogalereya)
Hakamlar
: Komil Rasulov, SHerzod Kamarov, Sardor Hakimov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Ibrahim Tomiva 76, - 1:0. Farruh Sodiqov 80, - 2:0.

"Oq-tepa": Erkin Jabborov, Farruh Sodiqov, Doniyor Umarov, Sergey Proxorov, Sunnatilla Mamadaliev, SHerzod Qodirov, Jamshid Yusupov, Ibrahim Tomiva, Saveliy Abramov, Maksimilian Fomin, Zafar To'raev.
Zaxira: Elyorbek Baxtiyorov, Sarvar Jumaniyozov, Islomjon Ismoilov, Mirjalol Miryusupov, Xurmatbek Yo'ldoshev, Samandar Ochilov, Vladislav Fomin, Hamidxon Rustamxonov.

"Zomin": Javohir Komilov, Vusal Magerramov, Eldor Karimov, SHerzod Jalilov, Dostonbek Bahromov, Otabek Ahmadjoov, Jonibek Ko'chimov, Azamat Roziqov, Abdumutal Tursunqulov, Asiljon Mansurov, Maradona Safarov.

Zaxira: Rustam Nartadjiev, Mirjalol Suyunov, SHerzod Xayrullaev, Rustam Xazratqulov, SHohjahon Abbosov, Farruh Xojibekov, Ulug'bek Jo'raev.




"Neftchi" - "Xorazm" uchrashuvining 9-daqiqasida hisob ochildi. Mehmonlarning mezbonlar jarima maydoni ichida uyushtirilgan xujumlarining birida qoida buzildi va bosh hakam 11-metrli jarima to'pi belgiladi. Jarima to'pini Tursunmurod Haydarov aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi hisobni ochdi - 0:1.

52-daqiqada hisob yana o'zgardi. Bu safar "Xorazm" hujumchisi Norxon SHeripov uzoqdan aniq zarba yo'llab, hisobni 0:2 ko'rinishiga olib keldi.

55-daqiqada "Neftchi" futbolchilari hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi. Bu vaziyatda Otabek Zokirov mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi - 1:2.

74-daqiqada Otabek Zokirov dublga erishdi va hisob tenglashdi - 2:2.

89-daqiqada farg'onaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi, Dostonbek Bobojonov gol urdi - 3:2. "Neftchi" ajoyib kambek! 

O'yinda "Neftchi" 3:2 hisobida g'alabaga erishdi va navbatdagi bosqichga yo'l oldi.


17:30 NEFTCHI – XORAZM 3:2 
Hakamlar
: Doston Rahmonov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Tursunmurod Hamdamov 9 penalti, - 0:1. Norxon SHeripov 52, - 0:2. Otabek Zokirov 55, - 1:2. Otabek Zokirov 74, - 2:2. Dostonbek Bobojonov 89, - 3:2.

"Neftchi": SHerzod Abduraimov, Timur Sultonov, Eldor Ergashev, Islom Karimov, Islom Toshpo'latov, Jamshid Qobulov, Doston Toshmatov, Dilyorbek Irmatov, Idris Bikmaykin, Sanjar Zokirov, Jafar Ismoilov.
Zaxira: SHuhratillo Rahmonov, Muhammadaziz Obidjonov, Mansurjon Saidov, Otabek Zokirov, Asilbek G'oyibjonov, Doniyor Madaminov, Dostonbek Bobojonov, Dilshodbek Umrzakov, Ilhomjon Vahobov.

"Xorazm": G'ayrat O'daev, Ravshanbek Sultonov, Jasur Otajonov, Timur Masharipov, Bahodir Murtozaev, Sardorbek Matmuratov, Dadaxon Yusupov, Saidjamol Davlatjonov, Mirjalol Qurbonov, Norxon SHeripov, Tursunmurod Hamdamov.

Zaxira: Eldorbek SHuhratbekov, Farruh Haydarov, Temurbek Ismailov, Timur Bekchanov, Xabibulla Matyoqubov, Mirzabek Kuryazov, Madrimboy Madrimov.




"Turon" - "SHo'rtan" uchrashuvining 32-daqiqasida Abdulaziz Abdurashidovning qanotdan uzatib bergan to'piga Davron Isaqov bosh bilan zarba yo'lladi, Mamatxanov to'pni ushlab oldi. 40-daqiqada Bilol Toshmirzaevning uzoq masofadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Mirzohid Mamatxanov arang qaytarib qoldi!

64-daqiqada "SHo'rtan" futbolchisi Jasur Xolto'raev qarshi hujumda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi - 0:1. 

75-daqiqada bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Dilshod Xushbakov aniq amalga oshirdi - 1:1. Asosiy vaqtda durang qayd etildi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Futbol lotoreyasida "Turon" vakili Ismoil Ohunjonov gol ura olmadi va "SHo'rtan" 5:3 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.



17:30 TURON – SHO'RTAN 1:1 (Pen: 3:5)
Hakamlar
: Elyor Tursunov, SHohnur Yo'ldoshev, Daler Tilloev, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Islom Rahimov
Komissar: Mamur Sultonov

Gollar: Jasur Xolto'raev 64, - 0:1. Dilshod Xushbakov 75 penalti, - 1:1.

Penaltilar seriyasi:
Islom SHodmonov - 0:1
SHohruh Xolmatov - 1:1
Samandar SHodmonov - 1:2
Doston Meliqo'ziev - 2:2
Olimjon Karimov - 2:3
Dilshod Xushbakov - 3:3
Jahongir Qurbonboev - 3:4
Ismoil Ohunjonov - 3:4 (darvozabon)
Jasur Xolto'raev - 3:5.

"Turon": 87. Akmal Ortiqov, 2. Abdulaziz Abdurashidov (24. Xurshid Asqaraliev, 70), 5. Oybek Axmatov, 8. Bahodir Akramov (21. Dilshod Xushbakov, 46), 10. Javohir Sohibov, 9. Davron Isaqov, 15. SHoxrux Xolmatov (S), 17. Doston Meliqo'ziev, 22. G'olibbek Sariboev, 27. Akmal Xolmurodov (25. Ismoil Oxunjonov, 70), 77. Bilol Toshmirzaev (14. Doniyor Ismoilov, 58).
Zaxira: 1. Mirzohid Jalilov, 3. Oqilbek Maxmudov, 4. Sunnatilla Ermatov, 7. Muhammadkomil Nizomov, 18. Asliddin Toshtemirov.

"SHo'rtan": 25.Mirzohid Mamatxonov, 2.Nurali Padarov, 7.Olimjon Karimov, 8.SHamsiddin Sagdullaev, 10.Maruf Murodov, 11.Jasur Xolto'raev, 14.SHokir Yuldashev (9.Xudoyorxon Sagdullaev, 62), 17.Elyor Omonjonov, 18.Samandar SHodmonov, 19.SHerbek Eshmurotov, 28.Sanjar To'raqulov (29.Jahongir Qurbonboev, 62).
Zaxira: 1.Asadulloxon Polvonov, 5.Elbek Otaqulov, 22.Sardor Sadullaev, 24.Bekzod Suvonov, 27.Islom SHodmonov, 34.SHahboz Jo'raev.



"Istiqlol" - "Dinamo" o'yinida 37-daqiqada gol urildi. SHohrux Abdurahmonovning kuchli zarbasini raqib darvozaboni qaytargan bo'lsa, Nizomjon Norovning zarbasi oldida ojizlik qildi - 0:1. 

Bir necha daqiqa avval Amirjon Safarovga nisbatan qo'polligi uchun sariq kartochka olgan "Istiqlol" vakili Abduxoliq Qurbonov 45-daqiqada navbatdagi marta qo'polligi uchun maydondan chetlatildi! "Istiqlol" 10 kishi bo'lib qoldi.  

52-daqiqada Nizom Norov hujumga o'tib, xavfli vaziyat yuzaga keltirdi, qaytgan to'pni Muhammadqodir Rahimberganov darvozaga yo'llab hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi - 0:2! 

73-daqiqada Damir Temirov 22 metrlardan ajoyib zarba berib supergol muallifiga aylandi  - 0:3. 

O'yin tugadi, "Dinamo" keyingi bosqichga yo'l oldi.


17:30 ISTIQLOL – DINAMO 0:3 
Hakamlar:
Rahim Karimov, Oybek Kalaxo'jaev, Husniddin Bahodirov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: SHuxrat Bozorov
Komissar: Baxtiyor SHirinov.

Gollar: Nizomjon Norov 32, - 0:1. Muhammadqodir Rahimberganov 52, - 0:2. Damir Temirov 73, - 0:3.

"Istiqlol": Nodir Ashurmatov, Abduholiq Qurbonov, Abbos Maxstaliev, Umidjon Qodirov, Muhammadjon Sultonov, Doniyor To'lashev, Rustam Abduhamidov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Temur Mamatmurodov, Umar Athamzoda, Robbim Hasanov.
Zaxira: Xurshid Xodjaev, Ahrorbek O'ktamov, Xojiakbar Yunusov, Jasurbek Ermamatov, Fayuzullobek Jumanqo'ziev, SHohruh Boyqo'ziev, Xushundbek Bozorov, Rahmatullo O'ktamov, Mo'ydinjon Mamazulumov.

"Dinamo": SHohruh Eshbo'taev, Hakim Alamxonov, Avaz Agaliev, Jasur Azimov, Nizomjon Norov, Amirjon Safarov (Azamat Allaniyazov, 46), Damir Temirov, Muhammadqodir Rahimberganov (Timur SHaripov, 72), Alisher Yusupov, Komil SHarofutdinov, SHohruh Abdurahmonov (SHahboz Nuriddinov, 72).
Zaxira: SHohruhjon Raimov, Bekzodjon Ahmadjonov, SHarafiddin SHobirov, Muhammadqodir Hamraliev, Jasurbek O'rinov

CHetlatish: Abduholiq Qurbonov 45 (2SK).



YANGILASH 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика