“CHust-Paxtakor” Asilbek Omonovni o'z safiga qo'shib oldi
05 apr 2015 17:26
Yangiliklar


“CHust-Paxtakor” Asilbek Omonovni o'z safiga qo'shib oldi
Birinchi liga ishtirokchisi “CHust-Paxtakor” yangi mavsumga astoydil hozirlik ko'rdi.
Jamoa ustozi etib kutilgandiek Leonid Senkevich tayinlandi. Tarkibda esa o'quvchilarimizga yaxshi tanish bo'lgan Asilbek Omonov paydo bo'ldi. 1993 yilda tavallud topgan posbon o'tgan mavsum ham birinchi ligada “Oq-tepa” darvozasini qo'riqlagandi. Qishki mavsumlar oralig'ida esa Omonov Samarqandning “Dinamo” yig'inida ham bo'lgandi.

Fikrlar