So’nggi yangiliklar

12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  3 11:37"Олтин тўп"га даъвогар футболчи Саудия Арабистонидан тушган йирик таклифни қабул қилмади  3 11:06"Челси" сардори мавсум бошланмасидан жароҳат олди  2 10:40Англиянинг 90 йиллардаги энг яхши футболчилари рўйхати тузилди  1 10:12Саудияликлар Дибалага қанча маош таклиф қилгани маълум  1 09:45Рафаэль Варан "Комо"даги дебют ўйинида жароҳат олди  3 09:17Криштиану Роналду Саудиядаги фаолияти ҳақида гапирди  9 08:49"Adidas" "Реал", "Ювентус", МЮ, "Арсенал" ва "Бавария" афсоналарини жамлаган ҳолда жамоаларнинг учинчи либосларини ретро услубда тақдимот қилди  2 08:21Ўртоқлик учрашуви. "Ал Ваҳда" "Ал Жазира"ни мағлуб этди. Эркиновдан гол+пас  6 07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  5 07:26Суперлига. Бугун Олмалиқда яна бир супер ўйин бор  5 01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  3 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  1 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  12 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  3

CHoy Xyun Yeon: “Navbahor”ga kelib adashmabman” Yangiliklar

CHoy Xyun Yeon: “Navbahor”ga kelib adashmabman”

“Navbahor”ga yangi mavsum arafasida janubiy koreyalik futbolchi CHoy Xyun Yeon qo'shildi. Uning kelishi oldindan kutilayotgandi.

CHunki bu haqida bosh murabbiy Rashid G'ofurov aytib o'tgandi. Hujumkor yarim himoyachi sanalgan ushbu o'yinchini muxlislar juda iliq kutib olishdi. Aytish kerakki, CHoy Xyun Yeon oliy ligamizdagi birinchi janubiy koreyalik futbolchiga aylandi. Namanganda bo'lib o'tgan bayram tadbiri arafasida undan dastlabki intervyuni oldik.

-   CHoy, yurtimizga xush kelibsiz?
-   Rahmat. Avvalambor bu jamoaga kelganimdan juda xursandman. Klubning o'z tanlagan yo'li va maqsadi bor. SHaxsan mening ham oldimga qo'ygan vazifam bor. Jamoamiz bilan to'rtta o'rinni egallab kelasi yili Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etishini istaymiz.   

-   Klubga kelishingiz bilanoq bayram tadbirida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldingiz. Sizga yoqdimi?
-   Albatta yoqdi. Meni hayron qoldirgan narsa shu bo'ldiki, faxriy futbolchilar oldingidek, shijoat bilan dribling ko'rsatishgan holda o'ynashdi. Qiziq, oradan 20 yil o'tgandan keyin men ham ular kabi o'ynay olarmikinman deb o'ylanib qoldim (kuladi).

-   “Navbahor” klubidan taklif tushganida uni qanday qabul qildingiz?
-   Bu jamoadan taklif bo'lganida boshida o'ylanganman. CHunki Namangan shahri va “Navbahor”ni yaxshi bilmasdim. Lekin O'zbekistonning futboli taraqqiy topayotganidan xabardor edim. “Navbahor”ning o'ziga xos tarixi borligini ham bilardim-u, biroq bugungi holati xususida hech nima bilmasdim. SHunday bo'lsa-da, bu erga kelishga qaror qildim. Bu erda hamma narsa menga yoqyapti. 


-   “Navbahor”dan taklif tushgan paytda internet orqali O'zbekiston va klub to'g'risida malumotlar to'pladingizmi?
-   Mening rafiqam internetni juda yaxshi tushunadi. SHuning uchun malumotlar to'plashda u menga katta yordam ko'rsatdi. Ammo u qadar ko'p malumotlar to'plangani yo'q. SHu bois internet orqali olgan malumotlarimiz unchalik yuqori bo'lmadi. SHunga qaramasdan, tavakkal qilib bu erga kelishga qaror qildim. Endi ko'rib turibmanki, tanlagan qarorimdan adashmabman.

-   CHempionatimiz uchun yangi futbolchi bo'lganingiz sababli muxlislarga o'zingiz haqingizda malumot bersangiz?
-   2006 yili professional faoliyatimni boshlaganman. O'sha yili “Jeju Yunayted” jamoasida to'p surganman. U erda 2009 yilgacha bo'ldim. 2010 va 2012 yillar oralig'ida esa “Poxang Stilers” klubi uchun o'ynadim. Keyin 2014 yilgacha “Seongnam” jamoasi sharafini ham himoya qilganman. So'ng bir yil Xitoyning “Yatay” klubida to'p surganman. O'tgan yili Malayziyada Kuala-Lumpur jamoasida ham harakat qilganman. Endi esa ko'rib turganingizdek, “Navbahor”daman.

-   Faoliyatingiz davomida qaysi taniqli o'yinchilar bilan birga to'p surgansiz?
-   Ku Ja CHol bilan birga to'p surganman. Umuman aytganda, Janubiy Koreya terma jamoasidagi ko'plab o'yinchilar jamoadoshim bo'lishgan. Raqib safida bir qancha yaxshi saviyadagi legionerlarga qarshi to'p surganman. Lekin ularning mashhurligiga unchalik etibor qaratmaganman.

-   Bu siz uchun yangi klub, yangi mamlakat hisoblanadi. Bu erga moslashishingiz qiyin bo'lmayaptimi? Kim yordam beryapti?
-   Har doim yaxshi jamoalarda o'ynash mening orzuim bo'lgan. Qachondir xorijdagi ana shunday klublarda to'p surish mening maqsadlarimdan biri bo'lgan. Hozir esa men baxtliman. “Navbahor” faoliyatimda yangi bosqich va yangi tajriba bo'ladi deb ishonaman. O'zimdagi hissiyotlarni shunchaki tariflab bera olmasam kerak.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.   
"Futbol Ekspress" gazetasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика