So’nggi yangiliklar

08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  2 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  3 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  5 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  10 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  2 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  12

CHo'pon yigit va qirol to'qnashuvi Yangiliklar

CHo'pon yigit va qirol to'qnashuvi

Mundialni portugallar tark etgach, maydonda yagona qirol qoldi, u ham bo'lsa Leo Messi.

Argentinalik afsona jahon futboli tojini batamom o'ziniki qilib olishi uchun ushbu mundialda g'olib bo'lishi kerak va u bunga ancha yaqin. Ikki o'yindagi g'alaba Leoga barcha davrlarning eng zo'r futbolchisi maqomini taqdim qiladi.

Modrich va Messi to'qnashuvi

 

JCH yarim finalida Messi boshchiligidagi argentinaliklar final chiptasi uchun Modrich "armiyasi"ga qarshi jang qiladi. Messi 13 yoshida "Barselona" azosiga aylanganini bilasiz. Lukaning bolaligi esa butunlay boshqa ruhda o'tgan. Xorvatlar etakchisi bobosining qo'lida katta bo'lgani, Zadar tog' etaklarida qo'y-echki boqish bilan shug'ullangani haqida malumotlar bor. Xorvat urush sabab qiyin bolalik davrini o'tkazganligi, bobosi uyi ostonasida otib o'ldirilganligi haqida eshitgansiz. Modrich biografiyasini chuqur o'rgangan inson sifatida shuni aytishim mumkinki, bugun janubiy amerikaliklarga oson bo'lmaydi. To'g'ri, Xorvatiya birgina Modrichdan iborat emas, ammo Modrichi bor Xorvatiya o'ta xavfli. “Evropa bo'rilari”ni raqib kuchli pressing qilayotgan paytda aynan Modrich intellekti vaziyatdan olib chiqadi. Luka 2018 yilgi “Xorvatiya mo'jizasi"ning asosiy ijodkorlaridan biri. Yodingizda bo'lsa, Rossiyadagi mundialda Xorvatiya doim ikkinchi raqamli jamoa bo'lib harakat qilgan va yakunda natijaga erishgan. 


Raqamlar aldamaydi


2018 yilgi mundialda ikkala jamoa bir guruhdan o'rin olgan va o'zaro o'yinda Xorvatiya 3-0 hisobida g'alaba qozongan. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, tomonlar bugungacha 5 bor to'qnash kelishgan. Ko'rsatkichlarda tenglik: tomonlarda 2 tadan g'alaba va 1 durang bor. 2006 yilning 1 martida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi xususida to'xtalsak. Evropaliklarning 3-2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bahsda Modrich terma safidagi debyut o'yinini o'tkazgan, Leo esa milliy jamoa safidagi ilk golini urgan. Bugungi qarama-qarshilikda ko'p narsa Leo hamda Luka ko'rsatadigan o'yinga bog'liq. Hozirgi Argentina Messiga qay darajada suyanib qolgan bo'lsa, Xorvatiyada ham shunga yaqin vaziyat. Xabarlarda yozilishicha, “Oltin to'p” uchun davogarlar ro'yxatida Messi etakchilik qilayotgan ekan, Modrichning kuchli 10 likda yo'qligi meni ajablantirdi. Nima ham derdik! Ehtimol, JCHdan so'ng barchasi o'zgarar. 


Ehtimoliy o'yin “kartina”si


Xorvatiyaning Braziliya bilan o'yiniga qaraydigan bo'lsak, bugungi bahsda katta ehtimol teng o'yin ko'ramiz. Argentinaliklar ham Niderlandiyaga qarshi o'yinda "viking"lardek harakat qilishdi. Ikki tomon ham kurashni "ushlab olgan" – buyog'i haqiqiy jang. Xorvatlar himoyasi Yoshko Gvardiol etakchiligida ajoyib qo'rg'on hosil qilgan, Argentina mudofaa chizig'i ham ancha o'ziga kelib oldi. Yarim himoya chizig'idagi to'qnashuvda ustunlik evropaliklar tarafida. Modrich, Brozovich, Kovachich uchligi markazda gegemon bo'lsa, hujum chizig'ida aksincha, janubiy amerikaliklar o'ta kuchli. Katta ehtimol bilan ikki xil taymga guvoh bo'lamiz. Jamoalar ilk 45 daqiqalikni ehtiyotkorona tarzda o'tkazsalar kerak. Ikkinchi taym esa nisbatan vaziyatlarga boy bo'lishini kutyapman. 


Kiperlar to'qnashuvi

Ikkala jamoa ham ajoyib darvozabonlarga ega. Xorvatiya nimchorak finalda Yaponiya, chorak finalda Braziliya ustidan penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Dominik Livakovichning super harakatlari yodingizda bo'lsa kerak. Emiliano Martines esa Argentinani "uchar gollandlar" to'sig'idan olib o'tdi. Bahs penaltilar seriyasiga etib borsa, bizda Livakovich – Martines to'qnashuvini ko'rish imkoniyati paydo bo'ladi. 


Yangi darajaga chiqqan Leo


Messining talantiga gap-so'z bo'lishi mumkin emas, ammo Leo ushbu mundialgacha termasi yutqazayotgan paytlarda qutqaruvchi rolini bajara olmayotgandi. Oldingilaridan farqli, Messi bu safar jamoani bir o'zi tortyapti va muhim pallalarda barchasini o'zi hal qilyapti. Voqealar rivoji Messini jahon chempionligi tomon etaklamoqda. Ko'ramiz va kuzatamiz, ushbu mundial siz-u bizga futbolda hamma narsa bo'lishi mumkinligini yana bir bor eslatib qo'ydi. Terma jamoalarga va ularning muxlislariga omad tilaymiz, yakunda kuchli tomon g'alaba qilsin. Siz-chi, qadrdon o'quvchi, qaysi tomonning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz? 


Jaloliddin Xalilov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика