So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумга узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  47 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  12 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

CHo'lga chorlov: qishda Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun) Yangiliklar

CHo'lga chorlov: qishda Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun)

Yanvarda Evropani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilarni ko'rib chiqamiz.

Saudiya Arabistoni yozdagi transfer oynasining bosh qahramonlaridan biri bo'ldi. Saudiyaliklar o'zlariga Krishtianu Ronaldudan so'ng Karim Benzema, Sadio Mane, Jordan Xenderson, Neymar va boshqa ko'plab taniqli o'yinchilarni og'dirishdi. Bu boshlanishi bo'lishi mumkin. Saudiya klublari faol transfer siyosatini davom ettirishmoqchi va ularda tarkibni kuchaytirish uchun yangi nomzodlar bor. Bugun yanvarda Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin bo'lgan o'yinchilarni ko'rib chiqamiz.


Luka Modrich ("Real")

Modrichning kelajagi noaniq. 38 yoshli xavbekning Madridning "Real" klubi bilan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Xorvatning "qirollik klubi"dagi o'yin vaqti kamayib bormoqda, shu sabab uning kelajagi haqidagi savol aktual bo'lib turibdi. Agent o'tgan yozda o'yinchiga Saudiya Arabistonidan taklif bo'lganini aytdi. Mahalliy "Al Ittihad" va "Al Ahli" klublari haligacha u bilan shartnoma imzolashga qiziqishmoqda. Saudiya klublari Modrichni yanvardayoq olishmoqchi va bu uning Ispaniya poytaxtidagi holatini hisobga olganda amalga oshishi mumkin bo'lgan narsa.


Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted")

Marsyal yozda Saudiya klubidan moliyaviy jihatdan yaxshi taklif oldi. Francuz taklifni rad etdi va MYUda qolishga qaror qildi. Bu xato bo'lgan bo'lishi mumkin. 27 yoshli hujumchi joriy mavsum maydonda o'rtacha o'yin davomida 29 daqiqa bo'lmoqda. Joriy mavsum uning faoliyatidagi eng yomon ko'rsatkichlardan biridir. Ha, forvard jamoaga katta foyda keltirmayapti. Hozirda uning hisobida APLda faqatgina 1ta gol bor. Agar Saudiya Arabistonidan taklif qolsa, MYU yanvarda o'yinchini sotishi mumkin. Uning shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallanganini hisobga olsa bitim mankunianlar uchun foydali bo'ladi.


Kazemiro ("Manchester Yunayted")

Kazemiro uchun MYU tarkibidagi ikkinchi mavsum birinchisidan ko'ra yomon kechmoqda. Oldinroq braziliyalikni mankunianlarning eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb atashardi, hozirda esa eng yomonlaridan deb hisoblashmoqda. Britaniya nashrlarida Kazemironi APLdagi boshqa tayanch yarim himoyachilarga qaraganda ko'proq tanqid qilingani haqidagi xabarlarga to'la. Vaziyat 31 yoshli xavbek uchun unchalik yaxshi emas. Mish-mishlarga ko'ra, MYU o'yinchini sotishga tayyor, u bilan shartnoma imzolashga esa Saudiya Arabistoni klubidan qiziqish bor. Kazemironing o'zi ham "Old Trafford"dagi holatidan norozi ekanligi haqida malumot bor. SHunday ekan tomonlar yanvarda xayrlashishlari hech gap emas.


Tomas Parti ("Arsenal")

Partining "Arsenal"dagi kelajagi tobora tumanlashib bormoqda. Saudiya klubi yozda o'yinchi bilan shartnoma imzolashga urindi, ammo taklif "kanonirlar"ni qoniqtirmadi. So'nggi yangiliklarga ko'ra "to'pchilar" yanvarda muloqot qilishga ko'proq moyil bo'lishadi. Klub esa futbolchining tez-tez jarohat olayotganidan norozi. Umuman olganda unga oldingidek ishonch bildirishmayapti. "Arsenal" Tomasni yanvarda sotishga tayyor. 30 yoshli xavbekning ikkinchi urinish bilan Saudiya Arabistoniga yo'l olish ehtimoli haqiqatga yaqin. "Kanonirlar" qishda o'zlari qo'ygan narxni unchalik ham talab qilishmaydi.


Jeydon Sancho ("Manchester Yunayted")

Transfer oynasi ochilishiga yaqin Sancho uchun davogarlar ko'payib boradi. Bu futbolchining oktyabrdan beri o'ynamayotganini hisobga olganda hayron qoladigan narsa emas. Joriy mavsum APLda uning hisobida faqatgina 3ta o'yin bor. Angliyalik murabbiy bilan kelishmovchilik sabab jamoadan chetlatilganicha qolmoqda va vaziyatning yaxshilanishi kutilmayapti. 23 yoshli vinger yanvarda o'yin amaliyoti olish uchun MYUni tark etishi mumkin. Mish-mishlarga ko'ra, Saudiya ligasida Sanchoni yanvardagi bosh transfer maqsadi sifatida hisoblashmoqda. Saudiyaliklar angliyalikni o'z klublaridan birida ko'rishni juda ham xohlashmoqda. Hozirdanoq unda ulardan biridan yaxshi taklif bor. Ammo Jeydonga Evropada ham qiziqish mavjud. O'yinchining qanday qarorga kelishini vaqt ko'rsatadi.


Risharlison ("Tottenxem")

Risharlisonning xizmatlariga faol tarzda Saudiya Arabistonida qiziqish bildirishmoqda. Mahalliy klublar o'yinchi bilan yozda shartnoma imzolashni xohlashgandi, ammo "Tottenxem" o'shanda uni qo'yib yubormagandi. Yanvarda vaziyat o'zgarishi mumkin. Bir tomondan, "shporlar" ko'p miqdordagi jarohatlar tufayli futbolchini qo'yib yuborishlari ham to'g'ri emas. Boshqa tomondan esa jamoa hujumda braziliyaliksiz ham eplamoqda. 26 yoshli hujumchi APLdagi 10ta o'yinda atigi 1ta gol urgan holda ko'plab imkoniyatlarni yo'qqa chiqargandi. Barchasi "Tottenxem"ga bog'liq bo'ladi. Agar "shporlar" tarkibni kuchaytirish uchun qishda bozorga chiqishsa o'yinchilarni sotishlariga ham to'g'ri keladi. Risharlison esa bu ro'yxatda bo'lishi mumkin.


CHicharito ("Los-Anjeles Gelaksi")

Rasman CHicharitoning "Gelaksi" bilan shartnomasi yil so'nggiga qadar mo'ljallangan. Ammo, meksikalik hozirdanoq o'ziga yangi klub izlashi mumkin va u buni qilmoqda. 35 yoshli hujumchi yaqinda bergan intervyusida turli variantlarni, jumladan Saudiya Arabistonini ko'rib chiqishini aytdi. Saudiyaliklarda tajribali forvardni olish uchun yaxshi imkoniyat bor. CHicharito faoliyatining botishiga yaqinlashmoqda. U ko'plab shahar va mamlakatlarda o'ynagan, shu sabab Saudiya Arabistoni yakun uchun yaxshi variant bo'lishi mumkin. U yaxshi taklif olgan ko'rinadi.


Serxi Roberto ("Barselona")

Ispaniyadagi mavsum startidan bir necha oy o'tib Robertoning "Barselona"dagi tumanli kelajagi haqida yozishni boshlashdi. O'yinchining joriy mavsum so'nggida Kataloniya klubidan ketishi aytilmoqda, ammo tomonlar yanvarda ham xayrlashishlari mumkin. "Ko'k-anorranglilar" hali ham tarkibni kuchaytirish uchun futbolchilarni sotishi kerak. Roberto chiqish uchun asosiy davogarlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Ispan sog'lom bo'lganda ham doim o'yin amaliyoti olmagan bo'lsa ham uni jarohatlar qiynaydi. U bilan shartnoma imzolashga MLS va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Roberto Amerikani afzal ko'rmoqda, ammo ko'p narsa taklifga, jumladan "Barselona"ga bog'liq bo'ladi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика