So’nggi yangiliklar

15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  0 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  1 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  11 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  7 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  6 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  2 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  3 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  10 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  8

CHiroqsiz qolgan stadion, mezbonlikni yoqtirmaydigan "Bunyodkor", kamchilik bilan o'ynashni xush ko'radigan "Surxon" - 15-turning esda qolarli lahzalari va qiziqarli faktlari Yangiliklar

CHiroqsiz qolgan stadion, mezbonlikni yoqtirmaydigan "Bunyodkor", kamchilik bilan o'ynashni xush ko'radigan "Surxon" - 15-turning esda qolarli lahzalari va qiziqarli faktlari

Bugun Coca Cola Superligasining 15-tur uchrashuvlari yakunlandi.

"Metallurg" 1:1 "Navbahor"

Qiziqarli faktlar

- "Metallurg"ning chempionat doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yinlardagi seriyasi 8 ta o'yinga etdi. So'nggi marta bekobodliklar 2015 yil Muzaffar Muzaffarovning yagona goli evaziga namanganliklarni taslim etishni uddalagan.

- "Madanchilar" oxirgi 5 ta uchrashuvidan beri mamlakat vice-chempionlari darvozasiga ilk marta yo'l topishdi. Bunga qadar Toshkent viloyati jamoasi so'nggi bor 2021 yilgi mavsumda vodiy klubi darvozasiga yo'l topgandi.

- "Navbahor"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 10 ta o'yinga etdi. Namanganliklar oxirgi marta aprel oyida OKMKga imkoniyatni boy bergandi. 

- Zabihillo O'rinboev gol urgan o'yinlarda "Metallurg" yutqazmayapti. Bekobodliklar sardori "Navbahor"ga qarshi bahsda Superligada joriy mavsumdagi 4-golini urdi.

CHempionlik uchun kurash olib borayotgan "Navbahor" ochko yo'qotgan bahsni Komil Rasulov boshqarib bordi. Qiziq tomoni, bir necha kun ilgari ushbu hakam "Paxtakor"ning O'zbekiston kubogini tark etgan o'yinda bosh hakam vazifasini bajargandi.

- "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan hakam tomonidan ogohlantirildi. Qizig'i, namanganliklar ustozi mazkur jamoalarning birinchi davradagi to'qnashuvida ham sariq kartochka bilan jazolangandi.

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- "Navbahor"ning goli inobatga olinmadi.

- O'tkir Yusupovning xatosi qimmatga tushishiga bir bahya qoldi.

- "Navbahor"ning zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchisi chetlatildi.

- Zabihillo O'rinboev so'nggi soniyalarda gol urib, "Navbahor" uchun dramatik yakun yasadi.


"Andijon" 0:0 "Surxon"

Qiziqarli faktlar

- "Andijon"ning chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 6 o'yinga etdi. Vodiy klubi so'nggi bor may oyida OKMKga yutqazib qo'ygandi.

- "Surxon" joriy mavsum 10 kishi bo'lib qolgan o'yinlarda yutqazmadi. "Andijon"ga qarshi bahsda Behruz SHaydulov chetlatildi. Bundan tashqari Tamirlan Jamalutdinov ("Buxoro", 2:0), Asadbek Karimov ("Bunyodkor", 1:0) hamda Kamron Saidazimov ("Metallurg", 1:0) ham o'yinni muddatidan avval yakunlagandi.

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- "Andijon"ning goli inobatga olinmadi.

- Birinchi bo'limda "Surxon" futbolchisi chetlatildi.

- O'yin so'ngida Behzod SHamsiev o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga bir bahya qoldi.

- Stadionnng ahvoli yana og'irlashdi.


"Paxtakor" 0:1 "Neftchi"

Qiziqarli faktlar

- "Neftchi"ning chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 17 o'yinga etdi. Vodiy klubi oxirgi marta o'tgan yilning noyabrida OKMKga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

- "Neftchi" 7 yildan so'ng "Paxtakor" maydonida g'alaba qozondi. "Yo'lbarslar" so'nggi marta 2016 yilning mayida "sherlar"ni Toshkentda taslim etgandi.

- "Paxtakor"ning chempionat doirasidagi 19 o'yindan iborat golli seriyasiga barham berildi. Poytaxtliklar oxirgi marta o'tgan yilning oktyabrida "Nasaf" darvozasini ishg'ol qila olmagandi.

- "Paxtakor"ning chempionat doirasidagi 11 o'yinlik mag'lubiyasiz seriyasi yakunlandi. Qiziq tomoni, SHackix shogirdlari oxirgi marta aynan "Neftchi"ga birinchi davrada imkoniyatni boy bergandi.

- Joriy mavsum "Neftchi" Diyor To'ropov gol urgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqda. Yarim himoyachi uchta o'yinda raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- "Paxtakor" bosh murabbiyiga qizil kartochka ko'rsatildi.

- Turopov "Neftchi"ga g'alaba keltirgan golni urdi.

- "Paxtakor" futbolchisining goli inobatga olinmadi.


"Buxoro" 1:0 "Qizilqum"

Qiziqarli faktlar

- "Qizilqum"ning chempionat doirasida "Buxoro"ga qarshi 5 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Navoiyliklar oxirgi marta 2018 yil qo'shnilariga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

- "Buxoro" chempionat doirasida o'z maydonidagi ketma-ket 6-o'yinda "Qizilqum"ga mag'lub bo'lmadi. Voha jamoasi so'nggi bor 2015 yil ko'hna shaharda navoiyliklarga yutqazgan.

- CHempionat doirasidagi o'zaro 21 o'yindan beri tomoshabinlar kamida bitta gol guvoh bo'lishmoqda.

- CHempionat doirasidagi o'zaro 11 o'yindan beri darvozalarga umumiy 2 tadan ko'p to'p kiritilmayapti.

- "Buxoro"ning chempionatdagi 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakunlandi. "CHo'l jangchilari" oxirgi marta may oyida "Metallurg"ni taslim etgandi.

- "Qizilqum"ning chempionat doirasida safar o'yinlaridagi g'alabasiz seriyasi 10 ta o'yinga etdi. "Oltin qazuvchilar" shu bahslarning 9 tasida yutqazgan va raqiblari darvozasini atigi bir marotaba ishg'ol qilgan. Navoiy klubi oxirgi marta o'tgan yilning oktyabrida OKMK maydonidan 3 ochko bilan qaytgan.

- Dilshod Jo'raev o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida "Qizilqum" sharafini himoya qilgandi. Kechagi bahsda u sobiq jamoasi darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi. SHuningdek, unga golli uzatmani amalga oshirgan Aleksandar Stanisavlevich ham navoiyliklar safidan "Buxoro"ga ko'chib o'tgandi.

- "Qizilqum" SHavkat Nasibullaev ishlagan o'yinlarda oxirgi marta 2020 yil "Mashal" ustidan g'alaba qozongan. SHundan so'ng ketma-ket 9-o'yinda mazkur hakam boshqargan o'yinlarda navoiyliklarning omadi chopmayapti.

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- "Qizilqum"ning sobiq futbolchilari navoiyliklarni jazoladi.

- Maydonda yotib olishlar va kartochkalarga boy bahs.


"Turon" 1:0 "Nasaf"

Qiziqarli faktlar

- "Nasaf"ning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 3 ta o'yinga etdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari oxirgi marta iyun oyida OKMKni mag'lubiyatga uchratgandi.

- "Turon" ilk marotaba "Nasaf"ni mag'lub etdi.

- "Nasaf" vodiy jamoalaridan faqat "Turon"ni mag'lub etishni (birinchi davrada) uddaladi. "Turon"dan tashqari, "Andijon", "Neftchi" va "Navbahor"ga qarshi 6 bahsda qarshilklar 5 ochko ishlashdi.

- "Turon" Superligadagi oxirgi g'alabasiga 2021 yilning noyabrida erishgandi.

- Humoyun Murtozaev gol urgan o'yinlarda "Turon" yutqazmayapti. Hujumchi "Metallurg" darvozasini (1:1) ham ishg'ol qilgandi. Agarda u "Paxtakor" darvozasiga (0:1) tepgan penaltisini muvaffaqiyatli amalga oshira olganda, ushbu ko'rsatkich yanada mustahkam ko'rinish olardi.

- "Turon" Superliga doirasida oxirgi marta 2021 yilning iyulida bittadan ko'p to'p kiritgan.

- Ushbu jamoalar O'zbekiston kubogi chorak finalida ham to'qnash kelishadi.

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Murtozaev jamoasi uchun g'alaba taqdim etgan golni urdi.

- "Nasaf" hujumchisning o'yindan tashqari holatda kiritgan to'pi inobatga olinmadi.


"Olimpik" 3:3 "So'g'diyona"

Qiziqarli faktlar

- "So'g'diyona" shu paytgacha "Olimpik"ni mag'lub eta olmagan. Ushbu seriya 4 ta o'yinga etdi. 

- "Olimpik"ning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 5 ta o'yinga etdi. Timur Kapadze shogirdlari oxirgi marta may oyida "Qizilqum" maydonida zafar quchgan.

- "Olimpik" chempionat doirasida ilk marotaba o'z maydonida 3 ta to'p kiritdi.

- Javohir Qahromonov gol urgan o'yinlarda "So'g'diyona" yutqazmayapti. Hujumchi uchta o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

- Zenan Zaymovich gol urgan o'yinlarda esa jizzaxliklar faqat "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan. "Bo'rilar" forvardi 7 uchrashuvda raqiblarini ranjitgan (8 ta gol).

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- "Olimpik"ning tezkor goli inobatga olinmadi.

- O'yin davomida ikki marta penalti belgilandi.

- O'yin payti stadionda chiroq o'chib qoldi.

- Ikkinchi bo'limga 15 daqiqa qo'shib berildi.

- Uchrashuvning dastlabki va so'nggi daqiqalari gollarga boy bo'ldi.


"Bunyodkor" 1:1 OKMK

Qiziqarli faktlar

- "Bunyodkor" chempionat doirasida ketma-ket 6-o'yinda OKMKni mag'lub eta olmadi. "Qaldirg'ochlar" so'nggi bor 2017 yil poytaxtda olmaliqliklarni enggan.

- "Bunyodkor"ning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 10 taga etdi. Poytaxtliklar oxirgi marta aprel oyida "Buxoro"ni taslim etgandi.

- "Bunyodkor" chempionat doirasida joriy mavsum o'z maydonida g'alaba qozona olmayapti. Ushbu seriya 7 o'yinni tashkil etadi. Poytaxt jamoasi oxirgi marta o'tgan yilning noyabrida muxlislari qarshisida "Surxon"ni mag'lub eta olgan.

- Joriy mavsum OKMK ishtirokidagi barcha o'yinda tomoshabinlar gol ko'rishmoqda. Olmaliqliklar qatnashgan nursiz o'yin so'nggi bor o'tgan yilning sentyabrida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazilgan.

- Siyavash Haqnazari gol urgan o'yinlarda OKMK shu paytgacha chempionatda yutqazmagan. Eronlik yarim himoyachi o'tgan mavsumdan buyon 8 ta bellashuvda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan.

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Nosko OKMKga gol sovg'a qildi.

- Hakamning so'nggi hushtagi chalinishi arafasida "Bunyodkor" raqib darvozasini ishg'ol qildi.



Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика