So’nggi yangiliklar

19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  0 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  4 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  5 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7

CHirchiq futbol festivaliga mezbonlik qildi Yangiliklar

CHirchiq futbol festivaliga mezbonlik qildi

Malumki, 2019 yil 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzoladi.

Mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi O'zbekiston xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda bolalar, o'smirlar hamda yoshlar o'rtasida futbolni yanada ommalashtirish yuzasidan bir qator diqqatga sazovor ishlar olib borilyapti. Jumladan, Jizzax, Sirdaryo, Farg'ona vodiysi viloyatlarida futbol festivallari uyushtirildi. SHu yilning 14 dekabr kuni esa ushbu tadbir Toshkent viloyatida davom  ettirildi.

O'z o'rnida Toshkent viloyati futbol associaciyasi xodimlari (vice-prezident Asqar Jadigerov) tadbirni yuqori saviyada o'tkazish uchun har tomonlama munosib hozirlik ko'rishdi. CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport saroyida o'tgan futbol festivalida viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi umumtalim maktablarida mavjud futbol to'garaklarida shug'ullanayotgan yosh futbolchilar qatnashdi.

 Futbol festivalining asosiy maqsadi - bolalar va o'smirlarni futbol bilan shug'ullanishga qiziqishini yanada oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, qolaversa, umumtalim maktablarida faoliyat olib borayotgan futbol to'garaklari ishini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi festivalda yosh futbolchilar o'z ko'rgazmali chiqishlarini namoyish qilishdi. 

Tadbirda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, shuningdek O'FA mutaxassislari Mamur Saidqosimov va Baxtiyor SHirinovlar ishtirok etdi. Yakunda yosh futbolchilarga sport liboslari va koptoklar sovg'a qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика