CHindan ham kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurash olib boriladimi?
28 jan 2014 15:57
Yangiliklar

CHindan ham kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurash olib boriladimi?
24 yanvar kuni PFL rasmiy saytida “Kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurash olib boriladi” sarlavhasi ostida kichikroq maqola chop etildi.
Bu maqolani keyinroq futbolga oid boshqa saytlar ham berishdi. Maqolani o'qib chiqar ekanmiz, bir tomondan xursand bo'ldik, ikkinchi tomondan esa biroz xafa.
Gap shundaki, O'zbekiston futbol federaciyasi Ijroiya qo'mitasi tomonidan qabul qilingan kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash olib borish haqidagi qaror bizni qanchalik xursand qilgan bo'lsa, qo'mita yig'ilishida shunday muhim masala muokama qilingan bir paytda jurnalistlarning ishtirok etmagani shunchalik ranjitdi. Aslida qo'mita yig'ilishida jurnalistlarning qatnashishi majburiyatga kirmaydi. Lekin gap kelishilgan o'yinlarni tozalash haqida borar ekan, bunda albatta matbuot vakillari bilan hamohang tarzda ish yuritilsa foydadan xoli bo'lmaydi.
Futbolda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash olib borish oson emas. Buning uchun avvalo shubhalanish, keyin aybini bo'yniga qo'yib jazolash kerak bo'ladi. Kelishilgan o'yinlarga barham berish uchun avvalo futbolni chuqur tushunadigan kishilar bu borada ish olib borishlari talab etiladi. Bundan tashqari, o'sha odamning irodasi shunchalik baquvvat bo'lishi kerakki, o'zbek futbolini tozalayman deb kelishilgan o'yinlarni tashkil etuvchi yoki shu bilan shug'ullanuvchi kishilar tasiriga tushib qolmasligi zarur.
Xo'p, PFL saytida yozilgan maqolaga muvofiq O'FF Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'libdi ham deylik, ammo yig'ilishda kimlar qatnashdi, yig'ilish qaerda, qachon bo'lib o'tdi, o'zi umuman Ijroiya qo'mitasining azolari kimlardan tashkil topgan – kabi savollar atroflicha yoritib berilmagan. Maqolada qaror qabul qilindi deyilgani uchun ham o'sha qarorni matbuot vakillariga imkon qadar tezroq etkazilishini kutib qolamiz.
O'zbek futbolida kelishilgan o'yinlar bor va bunga barham bermasak bo'lmaydi. Futbol uchrashuvlari natijasini oldindan kelishish, kerak bo'lsa, o'z jamoasining mag'lubiyati uchun totalizatorda pul tikish kabi qing'ir ishlar oxirgi yillarda rosa avj oldi. SHunday bo'ldiki, birinchi liga oliy liga oldida birmuncha “toza” va adolatli chempionat bo'lib qoldi. CHunki birinchi ligada deyarli hech kim oliy ligaga chiqish uchun kurashmaydi, oliy ligada esa ko'p jamoalar tushib ketmaslik uchun kurashishadi va matematik hisob-kitob orqali o'zaro kelishuv ishlarini olib borishadi.
Bu yildan kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurash boshlanadi desak, uning tepasida kim turishi-yu, kim nazorat qilishi ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bu ish shunchaki qog'ozda qolib ketadigan bo'lsa, unda hech bir foyda bermaydi. Madomiki, O'FF prezidenti Mirabror Usmonovning shaxsan o'zlari kelishilgan o'yinlar haqida bong urib, uni bartaraf etishga chaqirayotgan ekanlar, biz – jurnalistlar bu borada u kishiga qo'ldan kelgancha yordam berishga tayyormiz.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar