So’nggi yangiliklar

15:50"Манчестер Юнайтед" Испания терма жамоаси юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 15:12Халқаро мусобақа. "Пахтакор" ва "Насаф" иккинчи имтиҳонга тайёрми?  5 14:58"Милан", "Рома", ПСЖ ва Франция терма жамоаси собиқ ўйинчиси фаолиятини якунлади  1 14:22"Реал" Мбаппега "Атлетико" билан ўйинга боришни таъқиқлади  5 13:55U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон тотал устунлик билан Баҳрайнни йирик ҳисобда мағлуб этди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллаган ҳолда қитъа биринчилигига йўлланма олди!  18 13:32Нойер тер Штегеннинг жароҳатидан сўнг Германия терма жамоасига қайтиши мумкинми?  0 12:32Роналду "Ал Насср" билан музокараларни бошлади  3 11:51"Манчестер Сити" жароҳат олган Родрига ўринбосар топди  0 11:04Ўзбекистон кубогининг финал чипталари қачондан сотувга чиқиши маълум  7 10:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Бобохонов Аюбхон  0 10:43Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 10:02Футзал. Бугун илк ярим финал жуфтлиги аниқланади  0 09:20Аббосбек Файзуллаев "Ахмат"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:42Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувнинг энг яхшиларидан бири бўлди  5 08:08Қизил карточка учрашув тақдирини ўзгартириб юборган "Бунёдкор" - "Насаф" учрашувидан ГАЛEРEЯ  5

CHinakam mard yigit! Yangiliklar

CHinakam mard yigit!

Teglar :  Yonas Xektor
Yonas Xektorning boshidan kechirganlari haqida.

Ajablanarli fakt: Yonas Xektor 2012 yili ham Germaniya chempionati oltinchi  ligasi (!)da javlon urib yurardi. Oradan 2 yil o'tib,  u mamlakat milliy jamoasidan chaqiruv oldi. SHu yigit bugunga kelib, bundestimning eng muhim azolaridan biriga aylanib ulgurdi. Ha, qoyilmaqom o'sish...

Yonas Xektor Germaniya terma jamoasidan ilk marta 2014 yilning noyabrida chaqiruv oldi. Eng qizig'i, o'sha payt Xektorning hisobida kamtaringina Kyoln tarkibida o'tkazilgan 10tagina o'yin bor edi, xolos. CHunonchi, klubda ham Yonas emas, balki Tim Xorn asosiy himoyachi sanalardi. SHularni hisobga olgan jurnalistlar Yoaxim Lyovga tabiiy savol bilan murojaat etishdi: Xektor? Kim o'zi bu yigit? Murabbiy esa, o'z odatiga ko'ra, mutlaqo  xotirjam javob qaytardi: Biz shunchaki, terma jamoaga yangi nomzodlarni ko'zdan kechiryapmiz, Xektor sinovga chaqirilgan shunday futbolchilardan biri. SHunday qilib, Yonas bundestimning Gibraltar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, chamasi 18 daqiqa to'p surdi va bu vaqt davomida  aytarli xatoga yo'l qo'ymadi. Aslida uning xato qilishga haqqi ham yo'q edi. Axir hech kim tanimaydigan Jek Serjant va Roy CHipolina kabi futbolchilar yo'lini to'sish Germaniya termasi darajasidagi himoyachi uchun u qadar mashaqqatli vazifa sanalmaydi-da. Mart oyiga kelib, Yonas endi Avstraliya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida birinchi marta to'liq ishtirok etdi. Bu bellashuv 2:2 hisobidagi ajablanarli hisob bilan tugagan bo'lsa-da, himoyachi tashvishga tushmadi - u Lyovning chinakamiga ishonch bildira boshlaganini yaqqol his qilgandi. Oradan yana yarim yil o'tgach, Xektor 2ta goli bilan Polsha termasining mag'lubiyatga uchratilishiga ulkan hissa qo'shdi. Faqat shundan keyingina o'zimni xuddi uydagidek erkin tuta boshladim! - dedi dublga izoh berar ekan ko'pchilikka notanish bo'lgan himoyachi.

Ha, chindan ham, Yonas Xektor bugungi kunda Germaniya terma jamoasining asosiy chap qanot himoyachisi sifatida gavdalanmoqda. Bundan 2 yil avval esa, bundestim Braziliya maydonlarida zafar quchgan payt uni hattoki, bundesligani sinchkovlik bilan kuzatib boradigan nemis futbol ishqibozlari ham yaxshi bilishmasdi. CHunonchi, Germaniyada yosh futbolchilarning 99 foizi U-15 toifasidagi jamoalarda ko'rsatgan o'yini orqali skautlar nazariga tushadi. Aynan shuning uchun Germaniyada hozir 18 yoshli Feliks Passlak haqida ko'p gapirilmoqda. Xullas, germaniyalik yoshlar avval o'smirlar o'rtasidagi bundesliga turnirida toblanib, keyin katta futbolga kirib kelishadi. Xektor-chi? Uning tarixi mutlaqo boshqacha. Aniqroq aytsak, nemis skautlari ligalardagi iqtidorlarni kuzatib yurgan paytlar Xektor mazza qilib, havaskorlar darajasida to'p surardi. Umuman olganda, Xektorning bolalik chog'lari boshqa tengdoshlarinikidan ancha farqlanadi. CHunki u futbolga katta etibor qaratiladigan qaysidir yirik shahar emas, balki aholisi atigi 2800 kishini tashkil qiluvchi Auersmaxer qishlog'ida tug'ilgan. Bu qishloq hududiga yaqin joyda ko'mir koni topilgan bo'lib, u erda yashaydigan aksariyat erkaklar aynan er ostida ishlashadi. SHuningdek, Saar daryosi sohilidagi ushbu aholi manzilgohida 3 ming kishiga mo'ljallangan stadion ham bor (ha, arena sig'imi aholi sonidan ko'proq, lekin bu Germaniya uchun odatiy holat). Eng muhimi, Yonas qishloqda o'zini juda qulay sezardi. Deylik, 8 yoshga to'lganida, akasi Lukas maydonda zerikib qolmasligi uchungina futbol to'garagi mashg'ulotlariga qatnay boshlaydi. Lekin keyinchalik futbolga shunchalik berilib ketadiki, akasi butunlay yodidan chiqib, o'zi ham ertayu-kech to'p ortidan quvadigan bo'lib qoladi. Asosiysi, to'garakda murabbiylarning boshni gangitadigan murakkab dasturlari yo'q edi: to'pni olib, istaganingcha o'ynayver! Xektor tug'ma baquvvat bo'lgani uchunmi, maydonda sira charchamas, mashg'ulotlardan keyin atrofiga boshqa bolalarni to'plab, qorong'u tushgunicha stadionda qolib ketardi. Biz - qishloq bolalari uchun futbol shunchaki, xobbi edi, - deydi Yonas. Bu  ayni haqiqat.

Konchilar qishlog'ida kim ham professional faoliyat haqida o'ylardi?! Tabiiyki, Xektor ham shunday havaskorlar sirasiga kirardi va faqatgina o'z rohati uchungina to'p tepar, bazida esa Auersmaxer jamoasidagi do'stlari qatori birorta bolalar musobaqasida ishtirok etish bilan cheklanardi. SHunday turnirlarning birida Yonasga etibor qaratib, uni Saarbryukken akademiyasiga taklif qilishadi. Yigitcha esa javob berish uchun uzoq o'ylab o'tirmaydi: Do'stlarim davrasida o'zimni juda baxtli his qilyapman. SHunday ekan, muhitni o'zgartirishdan nima mano bor? Qisqasi, akademiya rad javobini oladi. Lekin bu qiziqish bejiz emasdi: Xektor maydonda juda yaxshi o'ynar, ammo chetga chiqishni o'ylamagani uchun takliflarni etiborsiz qoldirib ketaverardi. Faqat, yigitcha 16 yoshga to'lganida, Saarning eng yaxshi yoshlari to'planadigan lagerdan chaqiruv oladi va ilk bora jiddiy o'yga toladi: borsinmi yoki yo'q? Bir tomonda - lagerda taniqli klublar skautlari ko'z o'ngida o'zini ko'rsatish imkoniyati, ikkinchi tomonda - Auersmaxerdagi do'stlaridan uzoqlashmaslik xohishi. Xullas, Xektor uzoq mushohadalardan so'ng 2009 yilning qishida o'sha lagerga yo'l oldi va u orqali ...Myunxenga, Bavariya ko'rigiga kelib qoldi. Bu erda esa faoliyatini juda erta va omadli boshlagan Toni Kroos, shuningdek, hali ko'zga tashlanishga ulgurmagan Xolger Badshtuber va Tomas Myuller bilan tanishdi. Bavariya bazasida ularni mashhur Mehmet SHoll shug'ullantirdi. Ammo Xektor uchun Bavariya orzusi tezda tugadi. Axir myunxenliklar bunday bolalarni har kuni sinab ko'rishadi. Xullas, Xektor keyinchalik Xoffenxaym va Frayburg klublari ko'rigida ham qatnashdi, bu sinovlar orqali skautlar qiziqishini biroz oshirdi va nihoyat, 20 yoshga to'lganida, Kyolnning o'rinbosarlar jamoasidan qo'nim topdi.

Aslida-ku, Yonas yuqoridagi klublarda ham yomon taassurot qoldirmagandi. Lekin aynan Kyolnning tanlashiga sabab shuki, klub qarorgohi Xektorning jonajon qishlog'i - Auersmaxerdan unchalik uzoqda emas. Boz ustiga, Yonas 3 yoshligidan buyon ota-onasi bilan bu jamoa stadioniga kelib, futbol tomosha qilgan va uni yoqtirib qolgandi. SHuning uchunmi, echkilar 2011 yilning yanvarida Xektorni yaxshigina summa evaziga sotmoqchi bo'lishganida, u transferga qatiy norozilik bildirdi: Mavsum oxirigacha do'stlarimni tashlab ketmayman. Yigitchani tushunish mumkin: axir oberligada endigina muvaffaqiyat bilan to'p sura boshlagandi. Qolaversa, uni zamonaviy 10-raqam poziciyasidan yangi joy - tayanch yarim himoyachisi o'rniga ko'chirishgandi.

Xektor havaskorlarga mo'ljallangan shartnoma bilan Kyoln yoshlar jamoasida bir yil to'p surgach, echkilar bundesligaga tirmashib chiqib olishdi. SHu munosabat bilan yoshlar jamoasiga Xolger Stanislavski taklif etildi va bu mutaxassis darhol Yonasga, ayniqsa, uning maydonda istalgan poziciyada to'p sura olish qobiliyatiga etibor qaratdi: Tavba, Xektor charchoqdan tilini tishlab olmagunicha yuguraveradi-ya! Xullas, Stanislavski yigitchani avvaliga tayanch zonasida sinab ko'rdi. CHap qanot himoyachisi Dennis Ayxner 1-2ta o'yinda pand berganidan keyin esa, Yonasni uning o'rniga joylashtirdi. SHu tariqa qahramonimiz o'yindan-o'yinga ochilib, yangi poziciyada ketma-ket 14 marta maydonga tushdi. Etiborlisi, echkilar bu uchrashuvlarda biror marta mag'lubiyatga uchrashmadi. Biroq afsuski, Xektorning Kyolnda turmush tarziga moslashish jarayoni unchalik muvaffaqiyatli chiqmadi - uyda o'ziga zo'rg'a biror taom pishirar, buning uchun oyisiga necha martalab qo'ng'iroq qilishiga to'g'ri kelardi. Kiyinish xonasida esa, Yonas xuddi soqovdek jim o'tiraverardi. Buning oqibatida klubdoshlari unga Harry Hektik (Garri Sueta), deb laqab qo'yishdi. Eng qizig'i, Xektor maydondagi vazifasi o'zgarishini ham xotirjam qabul qilaverardi: Qaerda o'ynashimning umuman farqi yo'q, muhimi, yangi sharoitga tezda moslashsam, bas. Nihoyat, ajo-yib kunlarning birida jamoaga avs-triyalik Peter SHtyoger bosh murabbiy sifatida tayinlandi va Yonas undan har qanday kishini to'lqinlantiruvchi quyidagi so'zlarni eshitdi: Yonas - men futbolchilik va murabbiylik davrida ko'rgan mardlarning eng mardi! Biroz g'alizroq eshitiluvchi bu etirof Xektorga shunchalik ijobiy tasir qildiki, u tinimsiz mehnatlari orqali 2014 yilning bahorigacha bundesliga darajasidagi futbolchiga aylandi. SHundan so'ng, yani yuqorida takidlanganidek, atigi 10ta o'yinda qatnashganidan keyin Germaniya terma jamoasidan taklif oldi. Buni qarangki, uning oltinchi ligadan bundesmannshaftga ko'tarilishi uchun atigi 2 yil kifoya qildi!

Hozirgi kunga kelib, Kyoln shahrida Xektorni qattiq hurmat qilishadi. Bu o'rinda gap faqat uning jamoadagi o'rnida ham emas (Yonas himoyaning chap qanotida ham, markazda ham birdek samarali harakat qiladi). Hurmatning asosi shuki, yigitcha Auersmaxerda qanday bo'lsa, shundayligicha qoldi. CHunonchi, haligacha dam olish kunlari qadrdon do'stlarini, qarindosh-urug'larini ziyorat qiladi, jiyanlari bilan videoo'yinlarga berilib, oldiga qo'yilgan mahalliy taomlarni tanovul qilib ketaveradi. Qisqasi, Yonas maydon tashqarisida o'sha-o'sha - qishloqliklarga xos g'ururli, ochiqko'ngil, kamtarin va sodda... Feysbukda ham, Tvitter va Instagramda ham shaxsiy sahifasi yo'q - Yonas shaxsiy hayotini boshqalarga ko'z-ko'z qilishni yoqtirmaydi. Futboldan bo'sh vaqtlarida esa, biznes-kurslarda talim oladi. SHu bilan birga hozirdanoq murabbiylik sir-asrorlarini o'rganmoqda (Kyoln Xektorning bu sohada ishlashi uchun UEFAning S toifali lizenciyasini olib bergan). Hayratlanarlisi, Xektor tengdoshlaridan farqli ravishda, pulni aniq hisob-kitob bilan ishlatadi va orzusi faqat kattaroq televizor xarid qilish bilangina cheklanadi. Xullas, Yonas katta pulni ko'rib, bosar-tusarini bilmay  qo'yadigan ayrim hamkasblari singari qimmatbaho sport mashinalariga ko'ngil bergan emas. Aynan shuning uchun Germaniyada Xektor haqida shunday yozishgandi: Turli qishloqlardan ajoyib insonlar etishib chiqishi mumkin, biroq turli insonlardan ajoyib qishloq barpo qilish qiyin.

Bilasiz, Evro-2016 chorak finalida hal qiluvchi penaltini tepish aynan Xektor chekiga tushdi. Kechagina notanish bo'lgan yigit qaltis vaziyatda ro'parasida kimsan Janluiji Buffon turganiga parvo ham qilgani yo'q. To'g'ri, buyuk Jiji uning zarbasi yo'nalishini topdi, ammo kuch bilan yo'llangan to'p darvoza to'riga ilindi va Xektor bir zumda  jamoadoshlari quchog'iga ko'mildi. Keyin esa jurnalistlar qarshisiga chiqib, go'yoki, hech narsa bo'lmagandek, xotirjam so'zladi: Sizlar yaxshisi, Noyerni maqtanglar! CHunki o'yinni u yutdi. Men esa jamoaning bir bo'lagiman, xolos. Keling, shu joyda uning gaplarini ozgina to'ldiraylik: ha, Xektor Germaniya terma jamoasining bir bo'lagi, ammo juda muhim bo'lagi!

Yonas turnir yarim finalida Velodrom maydoniga qadam qo'yganida, uni tribunalarda o'tirgan auersmaxerlik do'stlari va qarindoshlari qizg'in olqishladilar. Endi bir tasavvur qiling, shuncha odamning Franciyaga kelib-ketishi uchun yo'lkira xarajatini kim o'z zimmasiga olgan? O'ylaymizki, maqola ruhidan kelib chiqib, javobni aniq topdingiz - mardlarning mardi Yonas Xektor-da...

Championat.com - ISROILBEK tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика