“CHimning balandligi 15 millimetr bo'lsin!”
27 iyu 2022 09:45
Yangiliklar
“CHimning balandligi 15 millimetr bo'lsin!”
Erik ten Xag Karrington bazasidagi ishchilarga o'zgacha topshiriq berdi.
“Manchester Yunayted” ustozi barcha maydonlardagi chimning balandligini 15 millimetr atrofida qilib belgilashni talab qildi.
Niderlandiyalikning fikricha, bunday sharoit pas bilan yaxshiroq o'ynashga yordam beradi. Futbolchilar tezroq bir-biriga uzatma beradi.
Ten Xagning o'yin strategiyasi – maydonning barcha sohalarida paslar bilan o'ynash va futbolchilarning chidamliligini oshirish.
Fikrlar