CHililik jurnalistni chuv tushirgan taksichi qo'lga olindi
17 iyu 2017 12:50
Yangiliklar
CHililik jurnalistni chuv tushirgan taksichi qo'lga olindi
CHililik jurnalist Gaspar Mirandani "Domodedovo" aeroportidan Moskva markazidagi mehmonxonagacha 50 ming rubl evaziga eltib qo'ygan taksi haydovchisi qo'lga olindi.
Taksichi firibgarlikda ayblanmoqda. Moskvaga etib kelgan chililik taksi xizmati narxlari bilan tanishdi va aldanganini bilib, policiyaga murojaat qildi.
"Qo'lga olingan shaxs Moskva viloyati fuqarosi ekan. U jurnalistni "Mersedes" avtomobilida mehmonxonaga olib borib qo'ygan. Hozir shubha ostidagi shaxs policiya bo'limida va ayni damda ko'rsatma bermoqda" - deyiladi Rossiya Ichki Ishlar Vazirligi rasmiy saytida.
Fikrlar