Chicharito uzoq vaqt Bundesligada o'ynamoqchi

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2017
Bayer futbolchisi Chicharito yanvar oyida jamoasini o'zgartirishni rejalashtirmayapti.

"Nima uchun Bundesliga? Chunki bu yerda o'zimni bahtli his qilmoqdaman.

Bu yerda futbolchi sifatida ham, erkak sifatida ham ko'p narsa o'rgandim.

Menga Chempionlar ligasida o'ynash yoqadi. Bahtimga, "Bayer" bu musobaqada muntazam ravishda ishtirok etadi. Umid qilamanki, bu mavsumda ham YCHLga yo'llanma ola bilamiz", - deydi meksikalik futbolchi.

Avvalroq, futbolchiga "Chelsi" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail