CHicharito fohishalar tufayli Meksika bilan jahon chempionatiga bora olmadi
26 noy 2022 20:43
Yangiliklar
CHicharito fohishalar tufayli Meksika bilan jahon chempionatiga bora olmadi
Jahon chempionatiga borishi mumkin bo'lgan, ammo qaydnomadan chetda qolganlardan biri - mashhur CHicharito. Malum bo'lishicha, “Manchester Yunayted” va “Real”ning sobiq hujumchisi fohishalar bilan bo'lgan voqea tufayli mundialga olib ketilmagan.
CHicharito ilk marta 2018 yil, Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati oldidan "ishq o'tida kuygan". Tug'ilgan kunida u "sevgi ruhoniylarini" taklif qildi, ammo u shunda ham jahon chempionatiga bordi. Oradan bir yil o'tgach, tarixiy voqea takrorlandi va bu safar CHicharito jazolandi.
CHicharitoning sarguzashtlaridan so'ng, Meksika terma jamoasining bir nechta o'yinchilarining xotinlari bir vaqtning o'zida ularning sodiqligiga shubha qilishdi. Sababi, OAV buni “jamoaviy ko'ngilochar tadbir” sifatida baholadi. SHu sababli, mish-mishlarga ko'ra, Meksika terma jamoasining bazi futbolchilari CHicharitoni jamoada ko'rishni istamagan.
34 yoshli CHicharito oxirgi bor Meksika terma jamoasi safida 2019 yilda maydonga tushgan. O'shandan beri u MLSda ancha yaxshi o'yin namoyish etsa-da, terma jamoaga chaqirilmadi.
Qiziq, CHicharito barcha jamoadaoshlaridan ko'ngilxushlik qilishni so'raganmidi? SHu bilan birga, Qatarda bunday holatga mutlaqo yo'l berishmaydi...
Fikrlar