CHexiyalik jurnalist "Paxtakor"ning OCHLdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi
21 may 2019 12:43
Yangiliklar


CHexiyalik jurnalist "Paxtakor"ning OCHLdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi
Ancha yillardan buyon Osiyo futbolini yoritib kelayotgan chexiyalik jurnalist Tomash Danichek "Paxtakor"ning Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Ochig'ini aytganda bu juda qiyin guruh edi. Mavsum boshida "Paxtakor" uchun bu guruhda 8 ochko olish katta muvaffaqiyat hisoblanardi. Bu klubning uzoq yillar OCHLdagi eng yaxshi mavsumlaridan biri bo'ldi deb o'ylayman. Biroq tarkib uchun shuncha sarmoya kiritib, guruhdan chiqa olmaslik juda alamli holat", - deb yozadi chexiyalik jurnalist Tomash Danichek tvitterdagi o'z sahifasida.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" so'nggi turda "Al Ahli" bilan o'yinning so'nggi daqiqalarida o'tkazib yuborilgan gol tufayli pley-offga chiqa olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar