CHexiyada o'ynagan futbolchi “Navbahor”da
26 fev 2019 18:48
Yangiliklar


CHexiyada o'ynagan futbolchi “Navbahor”da
Mazkur futbolchi 1986 yil, 21 iyulda Toshkentda tug'ilgan. Faoliyati davomida mamlakatimizning “Traktor” (Toshkent), “SHo'rtan” (G'uzor), “Andijon” (Andijon), “Dinamo” (Samarqand), “Buxoro” (Buxoro), Slovakiyaning “Slovan” (Bratislava), CHexiyaning “Bogemians - 1905”, “Banik”, “Bogemians”, Xitoyning “CHindao CHjunnen”, Eronning “Mashin Sizi”, Latviyaning “Spartak” (Yurmala) klublarida to'p surgan.
Aziz Ibragimov o'tgan mavsumni “Buxoro” jamoasida o'tkazgan.
SHuningdek, u 2007 – 2011 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Tajribali futbolchi “Navbahor”da ko'rikdan o'tadi. Ibragimovning harakatlari jamoa murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirsa, u bilan shartnoma imzolanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar