CHeremesin "Qizilqum"da!
27 dek 2017 16:22
Yangiliklar
CHeremesin "Qizilqum"da!
"Qizilqum" mashg'ulotida yangi qo'shilgan futbolchilar bor.
O'z vaqtida Farg'onaning "Neftchi" jamoasidagi o'yinlari orqali barchaga yaxshi tanish bo'lgan rossiyalik legioner darvozabon Evgeniy CHeremesin "Qizilqum" mashg'ulotlarida qatnashmoqda.
Evgeniy CHeremesin "Qizilqum"da ko'rikdan o'tmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, unda CHeremesin katta ehtimol bilan yangi mavsumni "Qizilqum"da o'tkazishi mumkin.

2016 yilgi mavsumdan Oliy ligada legioner darvozabonlar o'ynashi taqiqlab qo'yilgandi. Ko'rinishidan 2018 yilgi mavsumda chempionatimizda yana legioner darvozabonlar o'ynashiga ruxsat beriladi. PFL yangi reglamentni yaqin kunlarda elon qilishi kutilmoqda.
SHuningdek, "Qizilqum"ga yaqinda Nemanya Yovanovich qaytadi.
Eslatib o'tamiz, bugun Ilhom Yunusovni "Qizilqum"dan ketgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar