CHerdancev "Spartak"ning Oston O'runovga bo'lgan qiziqishini qoraladi
19 iyu 2020 00:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582041_original.jpg)
![](/upload/storage/582041_220.jpg)
CHerdancev "Spartak"ning Oston O'runovga bo'lgan qiziqishini qoraladi
Taniqli rossiyalik sharhlovchi Georgiy CHerdancev Moskvaning "Spartak" klubi "Ufa" yarim himoyachisi Oston O'runovga qiziqish bildirayotgani to'g'risida gapirdi.
"Esimda, Irismetov ham shunday edi. Uni jahon futbolining bo'lajak yulduzi deyishgandi... Iqtidorlarni sotish orqali kun kechirish yaxshi emas. Bu juda qiyin va hech narsa kafolatlanmagan.
Bunday biznes "Udineze", "Granada", "Yurmala" va boshqa klublarning ishi. Siz har yili titullarni yutishingiz kerak", – deb yozdi CHerdancev tvitterda.
U mazkur fikr orqali "Spartak" rahbariyati O'runovni transfer qilish orqali hamyurtimizning keyingi sotuvidan yaxshigina daromad qilishi mumkinligi to'g'risidagi maqolani izohlagan.
Gazizov kelganidan keyin “Spartak”ning ilk transferi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi, tomonlar kelishuvga erishgan
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar