So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  5 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

CHerchesov JCHdagi eng muhim yutuq haqida gapirdi Yangiliklar

CHerchesov JCHdagi eng muhim yutuq haqida gapirdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov UEFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

UEFA rasmiy sayti muxbiri CHerchesov bilan Rossiyada o'tgan mundial, avlodlar almashinuvi, Artyom Dzyubaga bo'lgan ishonch, Dzyubaning etakchilik sifatlari, Yuriy Jirkov, bo'lajak raqiblar va Evro-2020 haqida suhbatlashdi.


"Jahon chempionati mamlakatimizdagi ko'plab jihatlarni yaxshi tarafga o'zgartirdi. Stadionlar, aeroportlar, yo'llar, mehmonxonalar va hokazo. Musobaqa chiroyli, rang-barang o'tdi, tashkiliy ishlar yuqori darajada bo'ldi. Menga esa bosh murabbiy sifatida yana bir muhim signalni berdi, yani mundialdan keyin yurtimizdagi ko'plab yoshlar futbol bilan shug'ullanishni boshlashdi. Biz ko'plab yoshlarni ilhomlantirgan natijani qayd etdik. Bu eng muhimi.

Jahon chempionatida biz o'zimiz uchun plankani yuqoriga ko'tardik va endi uni tushirish niyatimiz yo'q. Muxlislar doimo talabchan bo'lishadi, lekin futbolchilar ham o'sha darajadan pastga tushishni istashmaydi. Yaxshisi plankani yana ko'tarib, darajani yuqoriga o'stirish lozim. Qisqa qilib aytganda, biz avvalo o'zimizga-o'zimiz talabchanmiz", - dedi CHerchesov.

"Men 2016 yili terma jamoani qabul qilib olganimda ko'plab futbolchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashgandi. O'shandayoq bazi o'zgarishlarni, avlodlar almashuvini amalga oshirishga to'g'ri kelgandi. Hozir ham bunga tayyormiz. Hozirgi yig'inga Jahon chempionatida o'ynagan futbolchilardan 11 nafari tarkibda. Yani, tarkibning yarmidan ko'pi yangi futbolchilar bilan boyigan. Bizning vazifa - o'z ustida ishlab, darajasi o'sib borayotgan futbolchilarni kuzatish. Bu tabiiy va futbolda, xususan istalgan klubda bo'ladigan jarayon. Barcha murabbiylar bu kabi holatlarga tushadi. Eng muhimi, buni to'g'ri qabul qilib, avvalgi yutuqlardan havolanib qolish kerak emas. Aksincha, kelajakda yanada ko'plab g'alaba va muvaffaqiyatlarni ko'zlab, jamoaga foyda keltirish haqida o'ylash", - deydi Stanislav CHerchesov. 

"Artyom Dzyubani avvaldan yaxshi bilaman. "Spartak"da 18 yoshida qo'l ostimda shug'ullangan. Futbolchini ilhomlantirish, unga motivaciya berish mumkin, lekin eng muhimi, futbolchi doim o'zi uchun yangi chorlovlarni qabul qilishi va rivojlanishga intilishi lozim.  Artyom Jahon chempionatiga har taraflama yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Murabbiylar shtabining maqsadi, jamoani shunday tayyorlashki, kerak paytda Dzyuba o'zining optimal formasiga kirishi lozim. Lekin yana qaytaraman, futbolchining o'zining motivaciyasi bu erda eng muhim rolni bajaradi. Biz Artyomning xarakteri, unga nima kerakligini bilamiz. SHunda u o'zini ideal his etadi va jamoaga naf keltiradi.

Har bir jamoada etakchi zarur. Agarda etakchilar soni ko'p bo'lsa, unda bu yanada yaxshi. Ha, o'yindan avvalgi ko'rsatma va yig'ilishlar bo'ladi. Lekin undan tashqari kiyinish xonasi, futbolchilarning o'zlari tomonidan boshqaraladigan narsalar mavjud. Artyom bu ishni yaxshi uddalaydi. Biz esa uni doim qo'llab-quvvatlaymiz", - deydi Stanislav CHerchesov. 


"Yuriy Jirkovni "Dinamo"dagi faoliyatidan buyon yaxshi bilaman. Jahon chempionatida Yuriy Jirkov deyarli barcha uchrashuvlarda ishtirok etib  jarohat oldi va yarim yil davolandi. Jirkovni hali terma jamoa ro'yxatidan o'chirishga erta. O'tgan yig'inda u biz bilan birga shug'ullandi. O'tgan oy esa Rossiya chempioniga aylandi. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Ko'p narsa uning holatiga bog'liq bo'ladi", - dedi CHerchesov.

"Rossiya chempionati 26 may kuni yakunlandi. Bu esa 8 iyulga qadar katta oraliq. SHu boisdan ham biz "CHertanovo" klubi bilan nazorat bahsini o'tkazdik va bu bellashuv bizning foydamizga ishladi. Futbolchilar mazkur o'yinda o'zlarini yaxshi taraflama ko'rsatishdi. Yangilar? Ular orasida uyatchanlarini ko'rmadim. Umuman futbolda uyatchan futbolchilarga joy yo'q. Yuriy Gazinskiy jarohatiga keladigan bo'lsam, nima ham qilardik, shunday bo'lib qoldi. Jarohat futbolning bir bo'lagi. Endi uni o'rniga boshqa futbolchini o'ynatishga to'g'ri keladi. Bizda boshqa futbolchini o'rnini to'ldiradigan o'yinchilar borligi quvontiradi", - dedi CHerchesov. 

"Biz o'z uyimizda ikkita bahsni o'tkazamiz. Bu juda muhim. Raqiblar orasida kuchsizi bo'lmaydi. SHu boisdan bahsga jiddiy taraddud ko'rish lozim. Har qanday kichik detallargacha o'rganib, o'yinga jiddiy yondoshuv talab etiladi. Eng yuqori sifatlarimizni ishga solgan holda natijaga erisha olamiz. Bu ikki bahs biz bosib o'tishimiz kerak bo'lgan yo'ldagi to'siq", - dedi CHerchesov. 

"Har bir terma jamoa biz kabi Evropa chempionatida o'ynashni istaydi. Hamma buning uchun maksimal kuchini sarflaydi. Bizning vazifa esa buni birinchilardan bo'lib uddalash va eng kuchlilar qatorida bo'lish. Agarda hammasi yaxshi kechsa, unda Evropa chempionatidagi bir qator o'yinlarni o'z uyimizda o'tkazishimiz mumkin. Biz Piterda nazorat o'yinlari o'tkazishga ulgurdik, Konfederaciyalar Kubogini u erda omadli boshlaganmiz, JCHda Misr ustidan g'alabaga erishganmiz. Piterdagi stadion biz uchun omadli. Evropa chempionatida ham Piterdagi o'yingohda o'ynashni istardim. 

Imkoniyatlar? Ochig'i, men muxlislar kabi matematika bilan shug'ullanishni istamayman. Biz ayni paytda bo'ladigan holat bilan hisoblashamiz. Biz uchun hozirgi to'siq bu bo'lajak raqiblar. Qolgan vazifalar haqida o'sha payt yaqinlashayotganda gaplashamiz", - deydi CHerchesov. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика