So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

CHeransiz "Paxtakor" Aliqulovsiz "Nasaf"ga Qarshida qarshilik ko'rsata oladimi? Yangiliklar

CHeransiz "Paxtakor" Aliqulovsiz "Nasaf"ga Qarshida qarshilik ko'rsata oladimi?

OCHL fonida etibordan chetda qolayotgan lekin Olmaliqdagi bahsdan qolishmaydigan ajoyb to'qnashuv bor.

Aslida may oyida o'tishi kerak bo'lan bu uchrashuv tarkibidagi bir nechta futbolchilarning U-20 Jahon chempionatida ishtirok etayotgani sabab qoldirilgan edi. O'shanda SHahboz Beg'amov va Abdulaziz Iskandarov bu borada o'zaro kichik tortishuvga ham borgani yodingizda bo'lsa kerak. Fakt shuki, klub o'shanda reglamentni buzmagan holda o'z huquqidan foydalanib o'yinni boshqa sanaga ko'chirish talabi bilan chiqqan. PFL esa buni rad etmagandi. Demak, bugun "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldingi jarayonlar va qiziqarli malumotlar haqida to'xtalamiz. 


Nasaf

Superliga. 11-tur

15/08/2023, 20:00

0
:
0
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
61'  Marko Stanoevich (Bahrom Abdurahimov)
61'  Shuhrat Muhammadiyev (Zafarmurod Abdurahmatov)
76'  Andres CHaves (Mateus Lima)
76'  SHerzod Nasrullaev (Sukhrob Nurulloyev)
75'  SHahzod Azmiddinov (Kimi Merk)
78'  Dostonbek Hamdamov (Xojimat Erkinov)
89'  Pshemislav Banashak (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
89'  Sardor Sobirxo’jayev (Behruz Asqarov)

O'zaro o'yinlar 

Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, chempionatlarda jamoalar jami 52 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 30tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 11 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 11 o'yinda g'alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 78 bor ishg'ol qilgan "sherlar" darvozasidan 47 gol o'tkazib yuborgan.

Qarshidagi 26 o'yinda esa jamoamiz 9 g'alaba, 8 durang va 9 mag'lubiyat qayd etgan. 26 gol urgan poytaxt klubi o'z darvozasidan 33 to'p o'tkazib yuborgan. Qarshidagi o'yinlardagi g'alabalarda tarozi pallasi teng kelib turibdi. Bugun esa ikki jamoadan biri ustunlikni o'z tomoniga og'dirishi mumkin. "Markaziy" stadionda o'tgan so'nggi 5ta o'yinning 3tasida "Paxtakor"ning, 1tasida mezbonlarning qo'li baland kelgan. 1ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan.

07.05.2022. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0

10.03.2021."Nasaf" - "Paxtakor" 2:3

25.11.2020. "Nasaf" - "Paxtakor" 3:0

23.11.2019. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:2

11.05.2018. "Nasaf" - "Paxtakor" 2:3


Yangilar nima karomat ko'rsatmoqda?

Ikkinchi davra oldidan ikki jamoa ham tarkibiga bir nechta yangi ijrochilarni qo'shib oldi. Hozircha ular juda katta samara keltirdi, deyish qiyin. To'g'ri Jaba o'rtoqlik uchrashuvlarida raqib darvozabonlarini ko'p bor hafa qildi. Lekin rasmiy bahslarda hali o'zini ko'rsatganicha yo'q. CHavez bitta gol urdi, u ham bo'lsa kubokda. So'nggi uchrashuvlardan kelib chiqqanda Lima argentinalikdan ko'ra ko'proq effekt berayotgandek taassurot qoldiryapti. Balki vaqt o'tgani sari moslashish jarayoni ortda qolgach hammasi o'z joyiga tushib ketar. Xuddi shunday holat "Paxtakor"da ham kechmoqda. Kuxarchik jarohat bilan kelgan va tiklanish davom etyapti. Malumotlarga ko'ra, Stinvorden ham jarohati sabab Qarshiga bormagan. U "Navbahor" bilan kechgan o'yinda birinchi bo'limdan so'ng almashtirilgan edi. Quvvatov esa yaqin vaqtgacha hamkasbi Pavlyuchenkoga joyini bo'shatmaydi. Xulosa shuki, ikki jamoada ham yangi kelganlar (legionerlar) nimalarga qodirligini ko'rsatganicha yo'q. SHunday ekan vaziyat ikkisida ham teng. 

Yo'qotishlar

"Nasaf"ga qaraganda bu borada "Paxtakor"ning ahvoli og'irroq. Odatda darvozabon yarim jamoa, degan iborani ishlatamiz. Bugungi "Paxtakor"ga esa CHeran - yarim jamoa desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu yil CHeran gol urgan uchrashuvlarda "sherlar" mag'lubiyatga uchramagan va jami 27 ochko jamg'argan. O'tgan yili esa u maydonga tushmagan 3ta uchrashuvning barchasida jamoa durang qayd etgan. 

Bugun "Paxtakor" va SHackix bu vaziyatdan qanday chiqib ketishi qiziq. Kuxarchik, Stinvorden xizmatidan foydalana olmaydi.  "Nasaf"da esa Husniddin Aliqulovning ketishini yo'qotish deyish xato. Oldin ham aytganman, Alibek Davronov bugun futbolga kirib kelgan emas. Ro'ziqul Berdiev uni o'tgan yildan boshlab tarkibga qo'yib keldi (2022 yil 24ta o'yin, 1123 daqiqa kubokda 1ta gol). Joriy mavsum Superligada 14ta uchrashuvda 956 daqiqa harakat qildi va 3ta gol urdi. Aliqulovning vazifasini bajarish Alibekka yuklatiladi. Qolaversa, G'olib G'aybullaevda ham gol urish qobiliyati borligini inkor qilib bo'lmaydi. Umar Eshmurodov ko'proq qora ish bilan shug'ullanadi. 


Maksim SHackix uchun avgust imtixoni qanday natija bilan tugaydi? "Nasaf" chempionlik uchun kurashda davom etadimi?

Namanganda iroda ko'rsatgan "Paxtakor" bu o'yindagi g'alaba orqali chempionlikka katta qadam tashlaydi. Bu chig'iriqdan butun chiqsa, keyingi turlarda nisbatan engil nafas olishi mumkin. Bu raqiblar bilan odatda jamoa katta qiyinchilikka duch kelmagan va doim yutib kelgan. Ikkinchi davrada 3ta uchrashuvda "Paxtakor" 6 ochko to'pladi va turnir jadvalida karvonboshilik qilyapti. "

19 avgust "Metallurg"

29 avgust "Qizilqum"

22 sentyabr "So'g'diyona"

28 sentyabr OKMK

"Nasaf"da ham shunga o'xshash vaziyat. Lekin keyingi raqiblari orasida "Surxon" va "Bunyodkor" borligini aytib o'tish joiz. "Qizilqum" va "Olimpik" bilan o'yinlarda "ajdarlar" 3 ochkoga ega chiqishini taxmin qilish mumkin. "Nasaf" hozircha "Neftchi"dan 4, "Navbahor"dan 5, "Paxtakor"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. "Nasaf" ikkinchi davrada 3ta uchrashuvda qimmatli ochkolarni boy berdi. "Andijon" bilan durang, "Turon"dan mag'lubiyat va "Buxoro" ustidan g'alaba, umumiy 4 ochko qo'lga kiritildi, xolos. Jamoaning chempionlik uchun kurashda davom etishi bugungi uchrashuvga bog'liq. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика