So’nggi yangiliklar

16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  3 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  17 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4

CHempionlarni kutib olishdi va ularga Malibu mashinalarini topshirishdi (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

CHempionlarni kutib olishdi va ularga Malibu mashinalarini topshirishdi (FOTOGALEREYA)

Xitoyda o'tkazilgan U23 Osiyo chempionati g'oliblari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 28 yanvardan 29 yanvarga o'tar kechasi Toshkentga etib kelishdi.

CHempionlarimiz o'tirgan samolyot 28 yanvar kuni 23:50da "Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroporti"ga qo'ndi


Olimpiya terma jamoamizni aeroport oldida yuzlab muxlislar va to'rtta ikki qavatli avtobus kutar edi


Futbolchilarimizni kutib olish uchun aeroportga ko'pchilik yig'ilgani tufayli, yo'lda tirbandliklar paydo bo'ldi


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yo'lga chiqqunga qadar muxlislar kichik bayram uyushtirib, raqsga tushishdi va -5 darajadan sovuqroq bo'lgan ob-havoda muzlab qolishmadi


Kabinasidan bayroq O'zbekiston bayrog'i chiqib turgan mashinalar tinimsiz aeroport atrofida aylanar edi


Vaqtni bekorga o'tkazmagan ishqibozlar suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmlarni yangilashdi


Miliciya xodimlari muxlislar va transportlarning xavfsizligini taminlashda jonbozlik ko'rsatishdi


Aeroportdan avtobuslar chiqa boshladi va yo'lda avtokarvon tashkil etildi



Aeroportga olib boruvchi ko'cha muxlislar bilan to'la edi



CHiroyli mashinalar egalari esa futbolchilarni o'zgacha uslubda tabriklashdi


SHu kecha deyarli har bir mashinada bayrog'imiz hilpirab turardi






"O'zbekiston" mehmonxonasida esa chempionlarga atalgan bayram boshlandi


Ishqibozlar juda ko'pligi tufayli sahnaga yaqinlashishning iloji bo'lmadi


Mana o'sha qahramonlarimiz





Yigitlarning charchagani sezilib turardi, ammo ular muxlislar uchun quvonch ulashishga o'zlarida kuch topa olishdi


Xitoydagi turnirda g'olib bo'lgan har bir futbolchiga mamlakatimiz prezidenti tomonidan Chevrolet Malibu 2 mashinalari sovg'a qilindi


Har bir mashina "torpedka"siga uning egasi ismi yozilgan edi


Muxlislar orasida qiziqchi va so'z ustasi Valijon SHamshievga ham ko'zimiz tushdi


Futbolchilarni kutib olishga chiqqan muxlislar Malibularning chiqishiga biroz halal berishdi






Ishqibozlar imkoniyatdan foydalanib suratga tushishga ham ulgurishdi



Nihoyat sovg'a qilingan Malibular harakatlani boshladi



Har bir Malibuning raqamlar ilinadigan joyiga "CHEMPION" so'zi yozilgan edi






Olimpiya terma jamoamizni qutlash uchun chiqqan barcha muxlis va muxlisalarga qoyil qolmasdan iloji yo'q


Futbolchilarimiz yaratib bergan bayram tufayli anomal sovuq ob-havo ham sezilmay qoldi


"O'zbekiston" mehmonxonasini tark etgan futbolchilar Boks federaciyasi hovlisida yig'ilishdi


Muxlislar esa bunday imkoniyatni qo'ldan chiqarishmadi


Bu yigitni tanidingizmi? Ha, xuddi o'sha...


Yuklar ham juda ko'p edi


Himoyada ishonchli o'yin ko'rsatgan chempion


Ravshan Haydarovning muxlislari soni tezda ko'payib ketdi


Bobir Abdiholiqov bugun Qarshiga qaytib, OCHL o'yiniga tayyorgarlik ko'radi




Olimpiyachilarni kuzatib qo'ygan Umid Ahmadjonov kutib olish jarayonida ham faol bo'ldi







Bu esa futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarov


Umid Ahmadjonov va uning muxlislari


Reyting: +174   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика