So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

CHempionlar Namanganga kelishadi Yangiliklar

CHempionlar Namanganga kelishadi

Teglar :  Navbahor
“Navbahor” jamoasi muxlislariga yaxshi malumki, bu yil jamoamizning O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritganligiga 20 yil to'ladi.

Yubiley tantanalarini muxlislar munosib jamoaga ega bylgan holda kutib olishni istashayotganligi bor gap. Aynan shu munosabat bilan klubimiz rahbariyati muxlislarni xursand qilish maqsadida chempionlikni qo'lga kiritilishida xizmat qilgan jamoa azolarini Namanganga taklif qilishni maqsad qilishgandi. Aslini olganda chempionlarni Namanganga to'plash g'oyasi o'tgan mavsumda paydo bo'lgandi. Avvaliga chempionat yakunida shou tashkil qilish rejalashtirilgan bo'lsada, ayrim futbolchilarni belgilangan muddatda yurtimizga kela olmasliklari tufayli bu reja amalga oshmay qolgandi.

1996 yili chempion bo'lgan jamoa safida to'p surgan aksariyat futbolchilar ayni paytda asosan Rossiya davlatida istiqomat qilib o'sha erda mehnat qilishmoqda. Dmitriy Bashkevich, Dmitriy Batinkov, Marat Dilmuxamedov, Eduard Momotov Anvar Asadullaev kabi futbolchilar bilan bog'lanib, ularga shou o'tkazilayotganligi haqida xabar berdik. Yuqorida nomlari qayd etilgan sobiq futbolchilarimiz hozirda turli sohalarda faoliyat olib borishayotgan bo'lsada, fevral oyi so'nggida Namanganga tashrif buyurishga rozi ekanliklarini malum qilishdi.

27 fevral sanasida o'tishi rejalashtirilayotgan shou uchrashuv “Navbahor” markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi. Tadbirda “Navbahor” jamoasining ayni paytdagi tarkibi 1996 yili chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa azolariga qarshi shou uchrashuvida maydonga tushishadi. Tadbirga sanatkorlar ishtirokidagi koncert dasturini ham kiritilganligini qo'shimcha qilish joiz. 1996 yilgi O'zbekiston chempionlarini yana bir bor Navbahor o'yingohida ko'rish jamoaning ashaddiy ishqibozlari uchun chin manoda bayram vazifasini o'tab beradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика