So’nggi yangiliklar

10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  1 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  17 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  19 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  8 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6

CHempionlar ligasi qurasi haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan muhim malumotlar Yangiliklar

CHempionlar ligasi qurasi haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan muhim malumotlar

Bugun Monakoda CHempionlar ligasi yangi mavsumining guruh bosqichi uchun qura tashlanadi.

Qura qaerda bo'lib o'tadi?

Qura 24 avgust kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Marosimni Monakodagi Grimaldi Forum zali qabul qiladi va uni UEFA rasmiy saytida jonli efirda tomosha qilish mumkin.



Qurada qaysi jamoalar ishtirok etadi?

Birinchi savatcha (turnirning amaldagi g'olibi va reytingi baland bo'lgan ligalar chempionlari)

"Real" (ESP, chempion) koefficient: 176,999
"Bavariya" (GER) 154,899
"Yuventus" (ITA) 140,666
"Benfika" (POR) 111,866
"CHelsi" (ENG) 106,192
"SHaxter" (UKR) 87,526
"Monako" (FRA) 62,333
"Spartak" (RUS) 18,606


Savatcha 2:

"Barselona" (ESP) 151,999 
"Atletiko" (ESP) 142,999 
"Pari Sen-Jermen" (FRA) 126,333
"Borussiya" Dortmund (GER) 124,899
"Sevilya" (ESP) 112,999 
"Manchester Siti" (ENG) 100,192
"Portu" (POR) 98,866
"Manchester Yunayted" (ENG) 95,192


Savatcha 3:

"Napoli" (ITA) 88,666
"Tottenxem" (ENG) 77,192 
"Bazel" (SUI) 74,415
"Olimpiakos" (GRE) 64,580
"Anderlext" (BEL) 58,840
"Liverpul" (ENG) 56,192
"Roma" (ITA) 53,666  
"Beshiktosh" (TUR) 45,840


Savatcha 4:

"Seltik" (SCO) 42,785
CSKA Moskva (RUS) 39,606
"Sporting" (POR) 36,866
APOEL (CYP) 26,210
"Feyenoord" (NED) 23,212
"Maribor" (SVN) 21,125
"Karabax" (AZE) 18,050
"RB Leypcig" (GER) 15,899


Qura qay tartibda o'tkaziladi?

Bir chempionatda ishtirok etadigan jamoalar turli guruhlarga bo'lib yuboriladi.

Monakodagi qura UEFA O'smirlar ligasi yo'lini ham aniqlab beradi. Yoshlar jamoalari kattalarda tushgan guruhdek saralanishadi.

Marosim davomida quyidagi sovrinlar topshiriladi:

  • UEFAning eng yaxshi futbolchisi
  • UEFAning eng yaxshi ayol futbolchisi
  • CHempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi darvozaboni
  • CHempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi himoyachisi
  • CHempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi
  • CHempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi hujumchisi

Guruh bahslari qachon bo'lib o'tadi?

Guruh uchrashuvlari 6 ta turdan iborat bo'ladi:

12/13 sentyabr: Tur 1

26/27 sentyabr: Tur 2

17/18 oktyabr: Tur 3

31 oktyabr/1 noyabr: Tur 4

21/22 noyabr: Tur 5

5/6 dekabr: Tur 6


CHempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga 11 dekabr kuni Nonda qura tashlanadi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика