So’nggi yangiliklar

16:36Суперлига. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор". Таркиблар маълум  0 16:00Диего Симеоне: "Кўз ёшларимни тия олмадим"  1 15:27Хаби Алонсо: "Дербида мағлуб бўлишга лойиқ эдик"  6 14:58"Ал-Ҳилол"нинг "Насаф"га қарши ўйинни ўтказиб юборадиган футболчилари маълум бўлди  12 13:57Грилиш "Манчестер Сити"да ўрнашиб кетишига нима халақит берганини тан олди  5 13:09"Челси" "Реал"нинг трансфер мақсадини қўлга киритишга ҳаракат қилади  0 12:29Флик "Барселона" мухлисларини хурсанд қилди  6 11:37Гризманн "Атлетико" — "Реал" ўйинида 199-голини урди. У клуб тарихидаги энг яхши тўпурар  8 11:16"Реал" Эндрикни ижарага беришга тайёр, форвард эса бунга қарши. У жароҳати туфайли бу мавсумда ўйнамади  3 10:45Сергей Ребров Украина терма жамоасини тарк этиши мумкин  2 10:15"Интер Майами" ва Месси янги шартнома борасида келишиб олди  8 09:45Футзал. Бугундан Олий лига 2-турга старт берилади  2 09:30Бундеслига. "Боруссия М" – "Айнтрахт Ф" ўйинида 10 та гол урилди  2 09:00Элит ОЧЛ. "Насаф"нинг бўлажак рақибида мураббий истеъфоси юз берди  11 08:30ОЧЛ-2. "Андижон" - "Ал Аҳли" учрашувини австралиялик ҳакамлар бошқаради  1

CHempionlar Ligasi-2020/21 finali haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

CHempionlar Ligasi-2020/21 finali haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun Portu shahridagi "Dragau" o'yingohida Evropa CHempionlar Ligasining hal qiluvchi bellashuvi o'tkaziladi.

Final qaerda o'tadi va unda qaysi klublar o'ynaydi?

CHempionlar Ligasi tarixidagi 66-finalda "Manchester Siti" va "CHelsi" o'zaro to'qnash keladi. Ushbu final Portugaliyadagi "Dragau" stadionida bo'lib o'tadi. Malumot uchun, "Portu"ning uy arenasi 2004 yilda Evropa chempionati finalini hamda 2019 yilda Millatlar Ligasi finalini qabul qilgan.  

Aslida hal qiluvchi bahs Istanbuldagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi, ammo COVID-19 bilan bog'liq cheklovlar tufayli UEFA Ijroiya qo'mitasi o'yinni boshqa erga ko'chirishga qaror qildi.

"Siti" hali finalda ishtirok etmagan bo'lsa, 2012 yilgi g'oliblikni qo'lga kiritgan "CHelsi" uchun esa bu uchinchi final bo'ladi.

Muxlislar bilan bog'liq holat qanday? 

Portugaliya hukumati "Dragau" arenasining CHempionlar Ligasi finalidagi sig'imi 33 foizni tashkil qilishini, yani 16 500 tomoshabinga mo'ljallanishini bildirdi. Finalchilarning har biriga muxlislari uchun 6000 chipta ajratilgan va bu chiptalarni klublarning o'zlari sotishgan. Qolgan 1700 ta chipta neytral muxlislar uchun sotuvga chiqarildi va 25 mayda sotib bo'lindi.

G'olib nimani qo'lga kiritadi?

G'olib jamoa ega bo'ladigan CHempionlar kubogi og'irligi 7,5 kilogrammni, uzunligi esa 73,5 santimetrni tashkil etadi. 

"Bu sanat durdonasi bo'lmasligi mumkin, ammo futboldagi hamma unga tegib ko'rishni xohlaydi", – deydi kubok yaratuvchisi Yurg SHtadelmann.

CHempionlar Ligasi g'olibi navbatdagi qura tashlashning guruh bosqichidan kafolatlangan joy oladi. Agar milliy chempionat orqali yutib olmagan bo'lsa, albatta.

O'yinni kim boshqarib boradi?

Finalda 44 yoshli ispaniyalik hakam Antonio Mateu Laos ishlaydi. U shuningdek, yozda EVRO-2020'da ham faoliyat olib boradi.

Yana qanday yangiliklar bor?

Jamoalarga beshta o'zgarish qilish uchun ruxsat berilgan. Agar o'yin qo'shimcha taymlarga etib borsa, oltinchi almashtirishga ham imkoniyat beriladi. Alohida aytish kerakki, qaydnomadan 23 futbolchi o'rin oladi.

Ochilish marosimi o'tkaziladimi?

Ha, albatta!  O'zining "Happier", "Silence" va "Friends" kabi xitlari bilan tanilgan Marshmello Pepsi homiyligida o'zining noyob ijod mahsullarini taqdim etadi. U virtual ijrosi bilan sport dunyosidagi eng yirik tadbirlardan birining ochilish marosimini bezab berishi shubhasiz.

Juda oddiy, ammo har bir muxlis bilishi kerak bo'lgan malumotlar bilan bo'lishdik. Salomat bo'ling. 

UEFA.com sayti asosida SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика