So’nggi yangiliklar

10:05Аморимнинг «қора» рўйхатига тушган футболчилар маълум. МЮ 7 нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  0 09:37Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?   0 09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  3 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  112 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  9 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2

"CHempionatimizga Rivaldo darajasidagi futbolchi kerak. "Turon" hali o'z so'zini aytgani yo'q". Abduqahhor Xojiakbarov bilan intervyu Yangiliklar

"CHempionatimizga Rivaldo darajasidagi futbolchi kerak. "Turon" hali o'z so'zini aytgani yo'q". Abduqahhor Xojiakbarov bilan intervyu

Yaypanning "Turon" jamoasi joriy mavsum Superligada debyut qilayotganidan xabaringiz bor.

O'tgan mavsum Pro ligada ishtirok etgan jamoanig Superligaga moslashish uchun malum vaqtga ehtiyoj sezishi tabiiy hol hisoblanadi. Pro liga va Superliga o'rtasida farq katta ekanligi ham bunda muhim rol o'ynaydi. Moslashish jarayonida gohida natijalar ham yaxshi ko'rinish olmasligi mumkin. "Turon" hozirda mana shu jarayonni boshidan o'tkazmoqda. Bunday pallada bitta g'alaba ko'p narsani o'zgartirib yuboradi. Jamoa kubokda "Aral Samali" va "Andijon"ni mag'lub etdi. Bu esa ularga bo'lajak o'yinlarda ruhiy jihatdan ko'mak berishi shubhasiz. Biz bu borada "Turon"ning tajribali futbolchisi Abduqahhor Xojiakbarovning fikrlariga quloq tutdik.

- Yuqorida takidlaganimizdek ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng qo'lga kiritilgan birgina g'alaba barchasini yuvib ketadi. Ayniqsa ruhiyat jihatdan ko'tarinkilik va ishonch berishi tayin. "Turon" kubokda g'alaba qozonib ozgina bo'lsada g'alaba tamini his qilib oldi. Ushbu yutuqlar futbolchilarning ruhiyatini qay darajada ijobiy tomonga o'zgartirdi?

- To'g'ri takidladingiz. "Turon" bu yil ilk bor Superligada qatnashmoqda. CHempionat startida natijalarimiz qoniqrarsiz bo'ldi. G'alabani avvalroq qo'lga kiritishimiz mumkin edi. Ko'rgan bo'lsangiz, o'z maydonimizda "Lokomotiv" bilan bahsda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. O'zimizni xatolarimiz evaziga darvozamizdan to'p olib chiqdik. Jizzaxda "So'g'diyona" maydonida kamida durangga erishishimiz mumkin edi, deb o'ylayman. Hakamning xatosi bilan mag'lubiyatga uchradik. 

- Ketma ket mag'lubiyatlardan so'ng natijalar ichki muhitda ham tushunmovchiliklar yuzaga kelishi tabiiy. "Turon"da bunday holat bo'lmadimi?

- Yo'q bunday holat bo'lmadi. Jamoada ichki muhit juda yaxshi. Murabbiylar, homiylar bizni to'g'ri tushungan holda dalda berib turishibdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirib qolaman.  


 

-  Oldinda jamoani "Paxtakor" va AGMKga qarshi qiyin o'yinlar kutmoqda. SHunday ekan bu o'yinlarda jamoaning asosiy quroli nima bo'lishi mumkin? 

- Mazkur bahslarda raqiblarimizdan ochko olish uchun maksimal darajada harakat qilamiz. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi bizga qo'shimcha ustunlik beradi. CHunki Yaypanda katta futbol yaqin yaqindan bo'lib kelmoqda. SHu bois mahalliy iqshibozlar bu erga katta jamoalar kelishini intiqib kutishadi. "Turon"ni hali safdan chiqarish noo'rin. Natijalarimiz asta-sekin yaxshilanib boradi. Jamoa hali o'z so'zini aytgani yo'q.

- Kubok o'yinlariga ko'p jamoalar bepisand qaragani yoki bor etiborni chempionatga qaratishni lozim topgani bois  jiddiy etibor bermadi. "Turon" ikki frontda ham barobar kurashni davom ettirishga imkoniyat va kuchi etadimi?

- Bepisand qaradi demagan bo'lardim. O'zbekiston kubogida ko'p jamoalar o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilarga imkoniyat berishdi. Yoshlarni sinovdan o'tkazishdi. SHu bois natijalar turlicha ko'rinish oldi. Ikki frontda ham kurash olib borishimizga kuchimiz va imkoniyatimiz etadi. Kubokda uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. 

- "Turon"ga Superligaga moslashish qanday kechmoqda? Ayrim jamoalarda bu jarayon tezda o'tib ketadi...

- Bizga taqvim ham qiyin keldi. Tarkibimizda ko'p mahoratli ijrochilar bor. Ularning yordamida moslashish jarayonidan tezda o'tib olamiz, degan umiddaman.  


 

- O'z vaqtida "Bunyodkor"da Skolari qo'l ostida Rivaldo, Luizao kabi jahon yulduzlari bilan birga to'p tepgansiz. Haqiqiy legioner qanday bo'lishi kerakligini ko'rgansiz. Nima deb o'ylaysiz Rivaldo saviyasidagi legionerlar yana chempionatimizga qay tomondan naf keltirishiga ishonasiz? 

- Undan so'ng chempionatimizga Rivaldo darajasidagi legioner kelgani yo'q. Ammo oxirgi mavsumlarda "Paxtakor"da Dragan CHeran, "Nasaf"da o'ynayotgan Marko Stanoevich yaxshi saviyadagi legioner ekanligini isobtlamoqda. Fikrimcha Rivaldo kabi top yulduzlar kerak. Biroq ularga katta mablag' ham zarur. Eslasangiz o'sha paytlarda "Bunyodkor" ishtirokidagi o'yinlarda, viloyatlarda stadionlar to'lib toshardi. Qaysidir manoda braziliyalik yulduz stadionlarga muxlislarni qaytishiga ham sababchi bo'lgandi. 

- SHu vaqtgacha to'p tepgan jamoalaringizdan "Surxon"dan tashqari barcha jamoalarda sovrin qo'lga kiritgansiz. "Bunyodkor" bilan chempionlik, AGMK bilan mamlakat kubogida zafar quchgansiz. Bu yoqimli ananani davom ettirish niyatingiz bormi?

- "Bunyodkor" bilan sovrinlar yutish nasib qilgan. Xudoga shukur deyman. AGMK bilan 2018 yil O'zbekiston kubogi finalida "Paxtakor"ni mag'lub etib tarixga kirgandik. Nima uchun buni "Turon"da takrorlashim mumkin emas? Bu jamoa bilan ham sovrin yutishga harakat qilaman.  


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика