CHemirtan endi "Navbahor"ga keldi, Leposavich nihoyat ketdi
06 fev 2015 19:02
Yangiliklar
CHemirtan endi "Navbahor"ga keldi, Leposavich nihoyat ketdi
Jamoamizning Toshkentdagi yig'ini davom etmoqda.
Bugun futbolchilarimiz navbatdagi mashg'ulotni yakunlashdi. Avval xabar berib o'tkanimizdek, tarkibda bir qator futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. Yig'in avvalida SHixov, Meliboev, Georgiev safga qo'shilishgan bo'lsa keyinroq Azamat Bobojonov ham murabbiylar ixtiyoriga etib kelgandi. Bugun tarkibga moldovalik yana bir futbolchi Vadim CHemirtan ham qo'shildi. Ushbu futbolchi biroz oldin “Buxoro” jamoasiga jalb qilingandi. Endilikda CHemirtan “Navbahor”da ko'rikdan o'tmoqda. Bo'ydor futbolchini hujum chizig'ida harakat qilishini qo'shimcha qilish joiz. Moldovalik 27 yoshli hujumchining so'nggi klubi “Veris” bo'ladi. SHuningdek, u faoliyati davomida "Akademiya", "Kostulen", "Tigin", "Iskra-Stal", FK "Tiraspol", "Dinamo" (Bendera) va "Nistru" klublari safida ham to'p surgan.
Serbiyadan taklif etilgan futbolchi Aleksandar Leposavich oldin malum qilganimizdek, Navbahor”ni tark etdi. Malumotlarga ko'ra Leposavich “Qo'qon-1912” safiga qo'shilibdi. Bolgariyalik posbon Emil Mixaylov esa shu kunlarda yurtimizga etib keladi.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar