"Chelsi"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi

Aziz Tukhtamuradov
1 fev 2017, 21:00
Bugun 2000 yildan so'ng "Chelsi" sharafini himoya qilgan eng kuchli 11 nafar futbolchi haqida eslab o'tamiz.


Petr Chex



2006 yilning 14 oktyabri. "Reding" - "Chelsi" bahsida u juda qattiq jarohat oldi. Petrga o'shanda bosh suyagi sinish tashhisi qo'yilgandi. Keyin esa... Keyin esa barchasi juda yaxshi bo'lib ketdi. Ajoyib seyvlar, sovuqqonlik, Buffon bilan taqqoslanishlar, YCHLdagi ikkita final va bitta g'alaba va boshqalar... Biroq, u keyinchalik "Arsenal"ga o'tib ketadi. Shunday bo'lsada, Petr Chex ushbu tarkib uchun asosiy nomzod hisoblanadi!


Sezar Aspilikueta



Ispaniyalik futbolchining "aristokratlar" safidagi o'rni haqida gapiradigan bo'lsak, Joze Mourinyoning quyidagi so'zlari etarli bo'lsa kerak: "11 nafar Aspilikuetadan iborat jamoa chempionlar ligasini bemalol yuta oladi". Balki, u Terridan so'ng "Chelsi"ning yangi sardoriga aylanar?


Rikardu Karvalyu



Jozening eng sevimli futbolchilaridan biri. Portugaliyalik futbolchi doimo sovuqqon himoyachi hisoblangan. O'zining aqlli qarorlari va muhim gollari bilan "Chelsi" muxlislari qalbidan joy ola bilgan. U asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'yganidan so'ng "Real" safiga o'tib ketishga majbur bo'ladi.


Jon Terri



Xa, chunki u Jon Terri. Ortiqcha gap-so'zga hojat yo'q!


Eshli Koul


Eshli ham albatta o'z vaqtida dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri bo'lgan. U formada bo'lgan vaqtida "aristokratlar"da xech qanday muammo bo'lmagan.


Klod Makelele



Kamtargina Makelele hujum uyushtirayotgan raqiblar uchun haqiqiy boshog'rik edi. "Chelsi"dagi haqiqiy qora ishchi.


Mixael Ballak



Germaniyalik Mixael Ballak "aristokrat"ga aylanganidan so'ng o'zining haqiqiy yetakchilik qobiliyatlarini namoyish eta oldi. Aynan u sabab "Chelsi" o'zida dunyo saviyasidagi yarim himoyachi borligi bilan maqtana olardi. Ballakning Evrebege bo'lgan munosabati esa "Chelsi" muxlislarining yodidan chiqmagan bo'lsa kerak?


Frenk Lempard



Tirik afsona. To'purar yarim himoyachi. "Chelsi"ning sinonimi. Yana qanday izoh bo'lishi mumkin Lempard uchun?


Jo Koul



Balki u stabil o'yin ko'rsata olmagandir, balki unga jarohatlar halal berar... Ammo, Jo Koul doimo ingliz futbol muxlislari qalbida qoladi. Uning qanday o'yinchi bo'lganligini eslay olmayotganlarga bundan keyingi futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatishlari etarli bo'ladi.


Eden Azar



Bugungi kunda Azarning kayfiyatiga butun boshli "Chelsi"ning o'yini bog'liq. U jamoaning eng yulduz futbolchisi hisoblanadi.


Dide Drogba



"Chelsi" safida 381 ta o'yin va 164 ta gol. Klub tarixidagi eng yaxshi legioner to'purar. O'zining birgina zarbasi bilan "aristokratlar"ga YCHL sovrinini olib kela olgan. "Arsenal" uchun haqiqiy boshog'riq.


Sizningcha ushbu tarkibda yana kimlar qolib ketdi?


Mavzu bo'yicha:

"Real"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi


"Barselona"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi

sports.ru sayti asosida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia