"CHelsi"ning "Uotford"ga qarshi o'yini muxlis sabab to'xtab qoldi
02 dek 2021 07:50
Yangiliklar
"CHelsi"ning "Uotford"ga qarshi o'yini muxlis sabab to'xtab qoldi
Tunda APL doirasida "Uotford" - "CHelsi" o'yini bo'lib o'tdi.
O'yin 13-daqiqada to'xtab qoldi. Bosh hakam Devid Kut muxlislardan biriga tibbiy yordam kerakligini payqab qoldi. SHundan so'ng, "CHelsi" futbolchisi Markos Alonso tashabbus ko'rsatdi.
Muxlisga tibbiy yordam ko'rsatilayotgan payt futbolchilar hakam ko'rsatmasiga binoan, maydonni tark etishdi. Taxminan yarim soatdan so'ng ular qaytishdi va o'yin davom ettirildi.
Keyinroq, muxlisning yuragi huruj qilgani malum qilindi. Ayni paytda, uning holati yaxshilangan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar