“CHelsi”ning “quruq” seriyasi yakunlandi, Tuxel va Mendida esa antirekord
03 apr 2021 19:39
Yangiliklar


“CHelsi”ning “quruq” seriyasi yakunlandi, Tuxel va Mendida esa antirekord
Angliya chempionati 30-turidan o'rin olgan “CHelsi” – “Vest Bromvich” bahsida mehmonlar sensacion tarzda yirik g'alabaga erishdi.
SHu tariqa, “aristokratlar”ning 7 o'yinlik “quruq” seriyasi o'z nihoyasiga etdi. Jamoa Tomas Tuxel qo'l ostida ilk mag'lubiyatini qabul qildi. Bungacha Tuxel shogirdlari o'tkazilgan 14 uchrashuvning 10 tasida zafar quchib, 4 tasida raqiblar bilan durang o'ynagan edi.
Londonliklar kiperi Eduar Mendi yuqori divizionlardagi faoliyati davomida ilk bor bir o'yinda beshta gol o'tkazib yubordi. SHuningdek, Tomas Tuxel murabbiylik qilgan jamoa birinchi marotaba uyda o'tkazilgan o'yinda o'z darvozasidan 5 ta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar