So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  2 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   1 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

"CHelsi"ning mag'lubiyati Tuxelni navbatdagi transferlarga undaydi Yangiliklar

"CHelsi"ning mag'lubiyati Tuxelni navbatdagi transferlarga undaydi

Londonning "CHelsi" klubi Sautgemptonda 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan aziyat chekdi.

Bu Tomas Tuxel jamoasini mavsum boshidayoq muammolarni bartaraf etish uchun chora ko'rishga majbur etmoqda.

Bevosita o'yin haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsak, 23-daqiqada Rahim Sterling "ko'klar"ni oldinga olib chiqqan bo'lsa-da, oradan 5 daqiqa o'tar-o'tmas "avliyolar"ning 18 yoshli o'yinchisi Romeo Lavianing ajoyib goli evaziga hisobda yana tenglik yuzaga keldi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan paytda Adam Armstrongning nozik zarbasi rikoshetga uchrab darvozadan joy oldi.

Tezkor reakciya

1. Mag'lubiyat Tuxelning shartnoma imzolash bo'yicha takliflarini kuchaytiradimi?

O'sha kecha "CHelsi" uchun yaxshi bo'lmadi. "Sautgempton" 2013 yilning mart oyidan beri ilk bor "ko'klar"ni o'z uyida mag'lub qilishning uddasidan chiqdi. Ular chindan ham munosib o'yin ko'rsatishdi. Rahim Sterlingning hisobni ochishi "CHelsi" uchun yorqin start bo'ldi. Besh daqiqa o'tib Romeo Lavianing chiroyli golidan so'ng "CHelsi"ning o'yini yana asliga qaytdi.

Bo'linib ketgan yarim himoya, "o'tmas" hujum chizig'i bu kecha Tomas Tuxelning ixtiyoridagi futbolchilarga mos tushmagan 4-2-2-2 taktik tizimidan foydalanish qarorining so'roq ostiga olinishiga sabab bo'ldi. Agar u chindan mana shunday o'ynashni istasa, "CHelsi" transfer bozorida yanada faollashishiga to'g'ri keladi.

Ular jamoaga bitta hujumchi va bir vingerni jalb qilishni ko'zlamoqdalar. Per-Emerik Obameyang, Entoni Gordon va Uilfrid Zaa ularning nishonlari qatorida. O'sha kungi bu qadar sust o'yin ushbu mavsumda "CHelsi"da birinchi marta yuz bergani yo'q, shu tufayli transfer oynasi yakuniga nihoyatda kam vaqt qolganida aqlni ishlatib harakat qilish kerak bo'ladi.

Klub boshqaruvidagi Todd Boeli va Bedad Eg'bali bevosita o'yinni kuzatdi va bu narsa jamoaning o'yini yaxshilanishi uchun xizmat qiladi, deb o'ylaymiz.

2. Fofana "CHelsi"ning himoyadagi muammolarini hal qila oladimi?

Tuxelning "CHelsi"dagi muvaffaqiyati himoyadagi chidamlilik va mustahkamlikka asoslangan edi. Bosh murabbiy sifatidagi dastlabki 50 o'yinning 31 tasida darvoza daxlsizligini saqlab qolgan Tuxel o'sha davr uchun Evropaning kuchli ligalaridagi barcha jamoalardan yaxshiroq natija ko'rsatgandi. Ushbu mavsumda shu paytgacha "aristokratlar" biror o'yinni darvozasiga urilgan golsiz tark etmadi. Sakkiz bor o'z darvozasidan to'p olib chiqqan jamoa bu ko'rsatkich bo'yicha faqatgina to'rt klub – "Sautgempton", "Kristal Pelas", "Bornmut" va "Lester"dan oldinda bormoqda.

Ris Jeymsning betobligi tufayli yo'qligi, Kalidu Kulibali va Mark Kukurelyaning yozda "Napoli" va "Brayton"dan kelib hamon yangi jamoasi va o'zgarishlarga moslasha olmagani kabi taskin beruvchi omillar ham yo'q emas. Biroq Tuxelning muvaffaqiyati to'rt yo uch kishilik himoyada yaqqol ko'zga tashlanardi – Tiago Silvaning doimo shayligi va himoyaning o'ng tomonida Aspilikueta bilan kelishib o'ynashi. Hozir "CHelsi" bu nuqtada ancha zaif ko'rinmoqda.

Uesli Fofana yaqin kunlarda 75 million funtga "Lester"dan "CHelsi"ga ko'chib o'tishi kerak. 21 yoshli futbolchidan birdaniga barqarorlikni taminlashni so'rash ancha katta talab hisoblanadi, ammo yuqori narx yorlig'i darhol natija berishi kutilmoqda.

3. Ziesh va Pulishich sirlari chuqurlashmoqda

Janubiy qirg'oqda Hakim Ziesh kutilmaganda mavsumdagi ilk o'yinida maydonga tushdi. Buning ajablanarli jihati, Amsterdamning "Ayaks" klubi uni Niderlandiyaga qaytarish borasida muzokaralarni o'tkazish jarayonida bo'lgan bir paytda u asosiy tarkibda o'yin o'tkazganida edi. Ziesh Konor Gallagerning diskvalifikaciyasi va N’Golo Kantening tizzasidan olgan jarohati sababli maydonning markaziy yarim himoyasiga tashlandi. Garchi u bu nuqtada o'zini qulay his qilmagan bo'lsa da, Hakim Mateo Kovachich o'rniga tushirilgan Ruben Loftus-CHikdan ko'ra maydonda uzoqroq harakat qildi.

Kristian Pulishich 24 daqiqa o'ynash uchun zaxiradan o'yinga qo'shildi. Bu uning qatorasiga 5 o'yinda zaxiradan maydonga tushishi bo'ldi. U tushirilgan poziciya o'zining bor imkoniyatini ko'rsatish uchun biroz noqulay bo'ldi. O'ziga yoqadigan nuqtada o'ynash uchun muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayotgan Pulishichning hafsalasi pir bo'ldi va jamoa uni transfer qilishga qarshi emas. 80-daqiqada unga nisbatan ishlatilgan qo'pollikning sariq kartochka bilan jazolanishi ham umidsizlik kameosida uning kayfiyatini ko'tara olmadi. Darhaqiqat, o'sha kecha dedlayn tezda yaqinlashayotgani tufayli har ikki futbolchini bezovtalik qamrab oldi.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi – Romeo Lavia ("Sautgempton")

U Premer-ligada gol urgan 2004 yilda tug'ilgan ilk futbolchi bo'ldi. Biroq uning gol urganidan ko'ra to'pga ega bo'lmaganda chidamli va jangovor, u bilan bo'lganida esa o'ychan va keskin o'ynashi ko'proq iliq taassurot qoldirdi.

O'yinning eng omadchiz o'yinchisi – Jorjino ("CHelsi")

Futbolchi Adam Armstrongning golida Lavia tomonidan juda oson dog'da qoldirildi va jamoasi o'yiniga hech qanday ritm qo'sha olmadi. U o'yin tugashiga 24 daqiqa qolganida boshqa jamoadoshiga o'z o'rnini bo'shatib berdi.

O'yindan keyingi mulohazalar

"Mehmonda g'alaba qozonish etarli emas, 20-25 daqiqagina o'zimiz xohlaganday o'ynash etarli, deb o'ylamayman. Bizni muvozanatdan chiqarish, mag'lub etish va chalkashtirish juda oson bo'lib qoldi. Juda oson. "Lids"ga qarshi o'yinda shunday bo'ldi. Biz buning sababini aniqlashtirib, echimini topishimiz lozim", – dedi mehmonlar uztozi Tomas Tuxel BBC'ga bergan intervyusida.

"Men bu erdaligimdan beri "CHelsi" ustidan ilk marta g'alaba qozondik. O'z o'yimizda ushbu jamoani mag'lub qilmaganimizga to'rt yil bo'libdi. Buncha vaqtdan keyin biz nimanidir qo'lga kiritishimiz vaqti kelgandi", – dedi "Sautgempton" bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl.

Muhim statistikalar: 

- Romeo Lavia Premer ligada gol urgan 2004 yilda tug'ilgan birinchi futbolchiga aylandi. Belgiyalik yosh iqtidor egasi 18 yosh-u 236 kunligida "Sautgempton"ning APLda to'p kiritgan to'rtinchi eng yosh futbolchisi hisoblanadi. 

- "CHelsi" ushbu mavsumda ikkinchi marta tanaffusda raqibidan ortda qoldi (birinchisi "Lids" bilan o'yinda bo'lgandi). 2021/22 yilgi mavsumda bunday bo'lmagan edi. 

- 2017/18 mavsumdan buyon chempionlikni qo'lga kiritgan jamoalar har mavsumda o'rtacha 18,8 ochko yo'qotishadi. "CHulchi" 2022/23 yilgi mavsumda shu paytgacha 8 ochko yo'qotdi. 

Keyingi o'yinlar:

"CHelsi": "Ko'klar" seshanba kuni Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichi ilk turida "Dinamo" Zagrebga qarshi maydonga tushishdan avval "Stemford Brij"da "Vest Xem"ni qabul qilishadi.

"Sautgempton": "Avliyolar" keyingi uchrashuvni "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazishadi.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика