So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  38 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

"CHelsi"ning bu mavsumdagi eng yomon 5 asosiy futbolchisi Yangiliklar

"CHelsi"ning bu mavsumdagi eng yomon 5 asosiy futbolchisi

Teglar :  CHelsi
Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumdagi g'olibi "CHelsi" bu yili kuchli o'yin namoyish etmayapti.

Futbolchilar ham o'tgan yilgidek emas. Evropa saytlari tomonidan London klubining bu mavsumda o'tgan yilgidek o'ynay olmayotgan futbolchilari beshligi tuzildi.

5. TIBO KURTUA

O'tgan mavsumda Tibo Kurtua "CHelsi"ning chempion bo'lishida asosiy o'rin tutgandi.

25 yoshli darvozabon bu mavsum o'tgan yilgi qahramonliklarini takrorlamadi va chempionatning boshidan buyon o'rtamiyona o'yin namoyish qildi. Unda muammolar borligi ko'rinib qoldi.

U bu mavsum APLda 32 uchrashuvda maydonga tushib, 12 bora "quruq o'yin" o'tkazdi. O'tgan mavsumda bu natija 16ga teng bo'lgandi.

SHuningdek, Kurtua ECHLda Messidan qanday gollar o'tkazib yuborganini ham bir eslang...

"Marca" Kurtuaning ustidan kuldi FOTO

Biz o'tgan yilgi Kurtuani ko'rmayapmiz.

4. GARI KEXILL

Himoyachi o'tgan mavsumda "CHelsi"ning har bir g'alabasida muhim o'rin tutgandi. O'shanda jamoa himoyasi juda yaxshi o'yin ko'rsatdi va "CHelsi" chempionlikka erishdi.

Biroq u bu mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Antonio Ryudiger Kexilldan ko'ra ko'proq ilk daqiqalardan o'ynashni boshladi. Oqibatda u ham Jon Terrining ahvoliga tushib qolmoqda.

O'tgan mavsumda 37 uchrashuvda qatnashgan angliyalik himoyachi bu safar 24 uchrashuvda qatnashdi. Natijalar ham o'tgan yilgidan 20 foizga pastroq.

SHu boisdan ham bu ro'yxatga kirdi.

3. ALVARO MORATA

Mavsum boshlanishidan oldin Morata - "CHelsi"ning katta umidi bo'lgandi. U jamoadan ketgan Diego Kostaning o'rniga "Real"dan xarid qilishdi. Aslida Morata - yaxshi futbolchi, u shunchaki "Stemford" jamoasiga moslasha olmayapti.

Yoki ingliz futboliga mos kelmayapti. Bazi uchrashuvlarda u porlamoqda, ayrimlarida esa rasvo o'ynamoqda. Oddiy misol, kechagi "Bernli"ga qarshi bahs u ko'plab vaziyatlarni yo'qqa chiqardi.

Morata harakatchan o'ynaydi. Ko'p yuguradi, hozircha unga baho berish biroz ertaroqdir, chunki endi u APLdagi debyut mavsumini o'tkazmoqda.

APL. “CHelsi” safarda “Byornli”dan ustun keldi

"CHelsi" muxlislarining hali ham undan umidi katta.

2. PEDRO

"CHelsi" vingeri Pedro bu mavsumda yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti. O'tgan mavsumda esa yorqin o'yin namoyish etib, APL chempionligini qo'lga kiritgandi.

30 yoshli futbolchi Kontening o'yin uslubiga mos tushdi. Ammo yuqoridagi jamoadoshlari kabi bu mavsumda yo'qolib qoldi. Asosiy tarkibda ham kamroq ko'rinish bera boshladi.

Uning o'yinlari jamoaning natijalariga tasir bermay qo'ydi. Bu o'tgan mavsumdagi Pedro emas.

Pedroning zarbasi memlarga aylandi (FOTO)

"Barselona" sobiq futbolchisi "CHelsi"ga kerak emasdek bo'lib qolgan.

1. VIKTOR MOZES

"CHelsi" yarim himoyachisi Viktor Mozes eng yomon mavsumlaridan birini o'tkazmoqda. Nigeriyalik futbolchi o'tgan yilgi ajoyib o'yinlarini topa olmayapti.

Mozes "CHelsi"ning deyarli unutilgan futbolchisi bo'lib qolgandi. Konte jamoani o'z qo'liga olganidan keyin 3-4-3 taktikasi shakllana boshladi va unda Mozes asosiy rol ijrochilaridan biri bo'lishi kerak edi. Vaqt o'tib 27 yoshli futbolchi o'ng qanotda to'liqligicha o'ynay boshladi.

Endi esa Konte Zappakostani afzalroq ko'rmoqda. Endi Mozes asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olishi uchun harakat qilishi kerak.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика