"CHelsi"ning 7 futbolchisi "Vest Xem"ga qarshi o'yin oldidan tungi klubga borishdi
05 apr 2019 15:31
Yangiliklar


"CHelsi"ning 7 futbolchisi "Vest Xem"ga qarshi o'yin oldidan tungi klubga borishdi
Kecha, 4 aprel kuni "CHelsi"ning bir necha futbolchisi Londondagi Raffles tungi klubiga tashrif buyurishdi.
O'sha kecha tungi klubga Gari Kexill, Emerson Palmieri, Etan Ampadu, Ross Barkli, Ruben Loftus-CHik, Deniel Drikuoter va Olive Jirular yo'l olishgan ekan.
Tungi klubni birinchi bo'lib 01:30da Kexill tark etdi. Binoni eng kech tark etgan Olive Jiru (02:25) bo'ldi. Drinkuoter klubdan ikki qiz hamrohligida chiqib ketdi.
"CHelsi" 8 aprel kuni "Vest Xem"ga qarshi APLning 33-tur uchrashuvini o'tkazadi. Bahs "Stemford Brij"da o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar