"CHelsi"ga transferlarni amalga oshirish va o'yinchilar bilan shartnomalarni uzaytirish taqiqlandi
10 mar 2022 15:40
Yangiliklar
"CHelsi"ga transferlarni amalga oshirish va o'yinchilar bilan shartnomalarni uzaytirish taqiqlandi
Roman Abramovichga nisbatan sankciyalar "CHelsi"ning transfer oynasidagi ishini cheklaydi.
Klubga transferlarni amalga oshirish va o'yinchilar bilan shartnomalarni uzaytirish taqiqlandi.
SHu bilan birga "CHelsi" barcha xodimlari, jumladan o'yinchi va murabbiylar maoshlarini to'lashi mumkin.
Ushu yozda Sesar Aspilikueta, Antonio Ryudiger va Andreas Kristensenning shartnomalari yakuniga etadi. Markos Alonso, Tiago Silva, Jorjino, Ross Barkli va Ngolo Kantening bitimlari esa 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Bugun Buyuk Britaniya Abramovichga nisbatan sankciyalar joriy etdi, jumladan uning aktivlari muzlatildi.
Fikrlar