So’nggi yangiliklar

22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  1 22:15"Интер" ва "Ювентус" Доннаруммани қўлга киритмоқчи  2 21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  1 21:22Кварацхелия, Ямал, Зоммер - УЕФА Чемпионлар лигасида ҳафтанинг энг яхши жамоасида  0 20:57Про лига. "Локомотив" "Арал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  0 20:44U-14 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистонга мағлуб бўлди  4 20:16Эрон Про лигаси. Машарипов, Ўрунов ва Яхшибоев захирада, Юсупов эса асосий таркибда  0 19:44Goal талқинига кўра "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  20 19:10"Футбол ТВ" ва "Спорт" топ-чемпионатлардан бирининг намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  41 18:38"Ливерпуль" "Атлетико" юлдузини сотиб олишни режалаштирмоқда  4 18:04Биринчи лига. "Дўстлик" ёшлар билан дадил одимламоқда   0 17:28Хави Анчелоттига бўлаётган танқид ҳақида: "Испанияда босим жуда катта"  8 16:51Аёллар. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё кубогида Австралияни мағлуб этди  4 16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  12 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  2

"CHelsi" yoshlar o'rtasida UEFA CHempionlar ligasining chempioni Yangiliklar

"CHelsi" yoshlar o'rtasida UEFA CHempionlar ligasining chempioni

Yoshlar o'rtasida UEFA CHempionlar ligasi final uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatishingiz mumkin.

"SHaxtyor" (U-19) - "CHelsi" (U-19) 2:3

Gollar: Braun 8, Kristensen 37 (avt. gol), Solanke 47, Kovalenko 90+2.

Bosh hakam: Sardor Gozubuyuk (Gollandiya)

"SHaxtyor": Kudrik, Kiryuxantsev, Saxutkin, Mayvienko, Xladchenko, Vachiberadze, Pixalonok, Arendaruk, Zubkov, SHtander, Boryachuk.

Zaxira: Efanov, SHevchenko, Kovalenko, Senitski, Xlaxola, Fursov, Merkushov.

"CHelsi": Kollins, Aina, Kristensen, Klark-Solter, Dasilva, Loftus-CHik, Kolket, Braun (s), Musonda, Boga, Solanke.

Zaxira: Tomson, Tomori, Palmer, Abraxam, Skott, Sammut, Sterling.



90+3. Xakam o'yinni yakunladi.


90+2. GOOOOLLLLL!!!!! KOVALENKOOOO! Bu bizning hakam emas, "SHaxtyor"ning yosh futbolchisi. Zubkovning ajoyib to'p oshirishidan so'ng, Kovalenko darvozabon bilan birga-bir chiqdi va to'pni darvozaning uzoq burchagiga yo'lladi.


90. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Hozircha hakam o'yin tugaganligi haqida xushtak chalgani yo'q.


87. "SHaxtyor" yoshlari mag'lubiyatni tan olgan ko'rinadi. Ular hujumga ham o'tmay qo'yishdi va juda sekin harakat qilishmoqda.


    Ogohlantirish. Biroz oldin maydonga tushgan Kovalenko sariq kartochkali bo'lib oldi.

85. O'zgarish ("CHelsi"). Musonda o'rniga Abraxam.


80.  Ogohlantirish. Vachiberadze raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


78. Braun o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va jamoadoshiga to'pni uzatdi, bu futbolchi esa darvozaga aniq zarba bera olmadi.


77. Kolketning zarbasi jonli devordagi futbolchiga tegdi va xavfli vaziyat bartaraf etildi.


76. Saxutkin o'z jarima maydonchasi yaqinida qoida buzdi. "CHelsi" yoshlarida xavfli standart.


      O'zgarish ("CHelsi"). Boga o'rniga Palmer.

71. O'zgarish ("SHaxtyor"). SHtander o'rniga Kovalenko.


69. Solanke Kudrik bilan birga-bir vaziyatda biroz shoshildi va uning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.


68. Loftus-CHik uzoq masofadan Kudrik darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo zarba noaniqligidan to'p xatto stadionni tark etdi.



67. Bu "CHelsi" murabbiyi Adrian Viveash. U futbolchilik paytida Angliyaning turli ligalarida to'p tepgan.


60. "CHelsi" yoshlari hujum qilishdan to'xtamayapti va ular borgan sari xavfliroq tus olmoqda.


58. Musonda chap qanotdan 3 futbolchini aldab jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni jamoadoshiga oshirishga urindi, ammo to'p o'z manziligacha etib bormadi.


55. GOOOOLLLL!!!! BRAUNNNN!!! CHap qanotdan etkazib berilgan to'pni Braun to'xtatib o'ziga to'g'irlab oldi va chap oyog'i bilan uzoq burchakka zarba berdi. QOYIL!


53. Jarima to'pi Sakutkinga etkazildi, ammo u darvozaga aniq zarba bera olmadi.


52. Zubkov jarima zarbasi ishlab oldi. To'p qarshisida Vachiberadze. Darvozagacha masofa 35-40 metr.


51. Braun xuddi Azar kabi o'ng oyog'ida darvozaning uzoq burchagiga zarba berib gol urmoqchi bo'ldi, ammo Kudrik xushyor.


49. "SHaxtyor" ikkinchi martda bo'lim boshida to'p o'tkazib yuboryapti. Bu safar ham ular muvozanatni tiklay olishadimi?


47. GOOOOLLLL!!!! JEREMI BOGANING chap qanotdan maydon markaziga havolatib etkazib bergan to'pini Solanke boshi bilan darvozaga yo'lladi. 2:1


46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.



Avtogol bo'lgan vaziyat.


Birinchi bo'lim statistikasi.

"SHaxtyor"Statistika"CHelsi"
1Gollar1
3Zarba6
1Aniq zarba1
2Seyvlar1
1Ofsayd0
3Qoidabuzarlik4



"CHelsi"da 6ta zarba va ularning bittasi aniq.

"SHaxtyor"da 3ta zarba va ularning bittasi aniq.


UEFA rasmiylari Platini va Infantino.



45. Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa ham qo'shib bermadi va tanaffus. Hozircha finalda 1:1.


44. "CHelsi"ning to'xtovsiz hujumlari davom etyapti. Bu safar o'ng qanotdan to'p jarima maydoniga etkazib berildi, Solanke to'pga tegib ketsa ham gol edi, ammo u bu vazifani eplay olmadi.


41. "CHelsi" futbolchilari ijrosidagi navbatdagi xavfli vaziyati. "Ko'klar" o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi va yana to'pga hech kim egalik qilmadi, ammo bu safar zarba berish uchun inglizlardan hech kim topilmadi.


39. ZARBAAA!!!! "CHelsi" futbolchisi o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni erlatib etkazib berdi, to'p hech kimga tegmay o'tib ketayotgan bir paytda orqaroqdan Jeremi Boga to'pga zarba berdi, ammo zarba kuchsiz chiqqani boyis gol bo'lmadi.


37. GOOOOOOLLL!!!!! Boryachuk maydon markazida boshlagan hujum Kristensenning avtogoli bilan yakunlandi. Himoyachi to'pni qaytaraman deb o'z darvozasini nishonga oldi. Hisob tenglashdi, 1:1.


35. "CHelsi" futbolchilari jarima zarbasi ishlab olishdi. Darvozagacha 35 metr masofa. Jeremi Boganing zarbasi faqat qushlarni qo'rqitishga yaradi.


Bu yigit Ayzaya Braun. U kelajakda "CHelsi"ning yulduziga aylanishi mumkin.


30. Boryachuk ("SHaxtyor") raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida zarba bermay, raqibni aldashga kirishib ketdi va gol urish uchun qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi.


29. Solanke ikki himoyachi qarshisida to'pni o'ng tarafga olib qochdi. Himoyachilarning biri yiqilib tushdi. "CHelsi" futbolchisining kuchli zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.


Braunning golini mana shunday nishonlashdi.


28. Pixalenok maydon markazida Braunni yiqitdi.


26. "CHelsi" yoshlarining muxlislari o'z jamoalarini baqiriqlar bilan qo'llab turishibdi.


Bu arenadan xatto tog'lar ham ko'rinib turadi.


23. Ukrainaliklar juda chiroyli kombinacion hujum ushtirishdi, ammo so'nggi to'z uzatish manzilsiz bo'ldi.


20. Bu turnir o'tgan mavsumda sinov musobaqasi sifatida tadbiq qilingan. SHunga o'xshash turnir Janubiy Amerikada ham bor. U erda yoshlar o'rtasida Libertadores Kubogi o'tkaziladi.


16. Ayne ("CHelsi") o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida qoida buzdi, ammo hakam xushtak chalishni xohlamadi.


Braunning goli...


14. "SHaxtyor" futbolchisi raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqdi, ammo so'nggi onda himoyachi to'pga etib keldi va ukrainaliklar burchak to'piga ega bo'lishdi.


12. "SHaxtyor"da xavfli standart. Ular o'ng qanotdan jarima to'pini amalga oshirishdi, ammo jamoadoshlariga to'pni tashlab bermoqchi bo'lgan doneckliklar azosi xatoga yo'l qo'ydi va to'p maydonni tark etdi.


11. Solanke kattalar o'rtasida UEFA CHempionlar ligasida debyut qilishga ulgurgan. U "Maribor"ga qarshi o'yinda o'z debyutini nishonlagan.


10. ZARBAAA! "Ko'klar" futbolchisining xavfli zarbasini Kudrik ushlab oldi. Bugun bu posbonga qiyin bo'lishi aniq.


Solanke jarima maydonchasining chap qanotidan markazroqda turgan Braun tomon to'pni oshirdi, gavdasi bilan himoyachiga to'pni bermagan jamoa sardori esa hisobni ochdi.

8. GOOOOOOOLLLL!!!! BRAUNNNN! 


6. "SHaxtyor" futbolchilari o'z jarima maydonchasi yonida Braunni yiqitishdi, ammo hakam xushtak chalgani yo'q.


4. Burchakdan etkazib berilgan to'pni "SHaxtyor" futbolchisi boshi bilan darvozaga to'g'irlashga urinib ko'rdi, lekin to'p darvozasi to'sini ustidan o'tib ketdi.


3. Endi to'pni burchakdan o'yinga kiritish navbati ukrainaliklarda.


2. "CHelsi" o'zining birinchi burchak to'pini ishlab oldi, ammo bu standartdan foyda chiqqani yo'q.


1. Uchrashuv boshlandi va "CHelsi" yoshlari to'pni o'yinga kiritdi.

- Ikkala jamoa futbolchilari o'yin oldi mashg'ulotida birga suratga tushishga ulgurishdi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Bu uchrashuvni tomosha qilish uchun xatto UEFA prezidenti Mishel Platini va bosh kotib Janni Infanito ham Nonga tashrif buyurgan.


- Yoshlar o'rtasidagi bu turnirning amaldagi g'olibi "Barselona" hisoblanadi.

- SHveycariyaning Non shahrida hozir quyosh porlab turibdi va final bo'lib o'tadigan stadion o'z bag'riga 7000 ga yaqin muxlisni sig'dira oladi, ammo bu arenada ishqibozlar uchun o'rindiqlar yo'q. Ular maydonning ikki cheti tepalikka o'xshatib ko'tarilgan joyda finalni tomosha qilishadi.

- Bugungi o'yinda "CHelsi" yoshlari etakchi sifatida hisoblanmoqda. "Ko'klar" hujumchisi Solanke bu turnir to'purari. Uning hisobida 11ta gol bor.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun sizlar bilan yoshlar o'rtasidagi UEFA CHempionlar ligasi final uchrashuvini kuzatib boramiz. Ayni damda finalga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tyapti. Maydonda yosh yigit va qizlar raqs tushyapti.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика