"CHelsi" Xoland uchun ikki o'yinchisini taklif qildi. "Borussiya" bu taklifni ham rad etdi
15 iyu 2021 22:39
Yangiliklar
"CHelsi" Xoland uchun ikki o'yinchisini taklif qildi. "Borussiya" bu taklifni ham rad etdi
"CHelsi" Erling Xolandni qo'lga kiritishga astoydil urinmoqda.
Sky Sports'ning Germaniyadagi manbasining xabar berishicha, London klubi Erling Xoland uchun Temmi Abraxam va Kallum Xadson-Odoini "Borrusiya"ga taklif qilgan. Ammo, bu taklif Borrusiya tomonidan rad etildi.
Hozirda Xolandning transferi deyarli ilojsizdek ko'rinmoqda. Manbaning qo'shimcha qilishicha, Xolandning agenti Mino Rayola mijozi ishtorikodagi har qanday bitimdan 40 mln evro miqdoridagi komissiya olish niyatida.
Avvalroq, Roman Abramovich Xolandning transferi uchun 175 mln evro ajratgani xabar qilingandi.
20 yoshli Xoland o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol urishga erishdi.
Fikrlar