"CHelsi" va "Manchester Siti" APLni tark etadi?
21 mar 14:04
Yangiliklar
"CHelsi" va "Manchester Siti" APLni tark etadi?
"SHaharliklar" 2023 yil fevral oyida ko'rsatilgan 115 ayblov bo'yicha ish olib bormoqda. Taxminlarga ko'ra, mustaqil komissiya shu yilning kuz faslida bu masalani ko'rib chiqishning yakuniy bosqichini o'tkazadi.
"CHelsi"ga nisbatan ayblovlar hali elon qilinmagan. Biroq o'tgan yil yozida Roman Abramovich davrida yo'l qo'yilgan moliyaviy qoida buzarliklar qayd etilgan. O'sha davrda agentlarga tegishi kerak bo'lgan pullar klub buxgalteriyasi ro'yxatida bo'lmagan hisob raqamlaridan o'tkazib berilgan. Malum bo'lishicha, "CHelsi"ning hozirgi egasi Todd Boeli sud ishlariga tayyor. Uy o'yinlarini "Stemford Bridj" stadionida o'tkazuvchi "aristokratlar"ning oxirgi moliyaviy hisobotlariga ko'ra, Boeli va Ko klubni xarid qilayotganida 150 million funt ehtimoliy sud masalalari bo'yicha chiqimlar uchun zaxiraga olib qo'yilgan.
Fikrlar