So’nggi yangiliklar

08:00«Ливерпуль» МЮни йирик ҳисобда мағлуб этди, «Ман Сити» эса «Челси»га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:31Ўртоқлик учрашуви. «Эл-Класико»да «Барселона» «Реал Мадрид»ни минимал ҳисобда мағлуб этди  4 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  2 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  17 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  73 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2

"CHelsi" - "Tottenxem" 2:0. "CHelsi" Angliya Ligasi Kubogi sohibi! Yangiliklar

"CHelsi" - "Tottenxem" 2:0. "CHelsi" Angliya Ligasi Kubogi sohibi!

Angliya Ligasi Kubogi finali doirasida "CHelsi" hamda "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
                                 
Angliya Ligasi Kubogi


Final

CHelsi – Tottenxem  2:0

Gollar: 1:0 – 45 Terri, 2:0 – 56, avtogol Uoker.
CHelsi – CHex, Zuma, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Villian (Kuadrado, 76), Ramires, Ivanovich, Fabregas (Oskar, 88), Azar, Diego Kosta (Drogba, 90).

Tottenxem
– Loris, Dayer, Rouz, Uoker, Vertongen, Bentaleb, Meyson (Lamela, 71), Eriksen, SHadli (Soldado, 80), Taunsend (Dembele, 62), Keyn.

Ogohlantirishlar: Dayer (31), Villian (70), Keyxill (72), Bentaleb (78), Kuadrado (85).



Ushbu g'alaba bilan "CHelsi" muxlislarini tabriklab qolamiz! Sizlar bilan birga o'yinni Aziz To'xtamurodov kuzatib bordi. Navbatdagi o'yinlarda ko'rishguncha, salomat bo'ling! Etiboringiz uchun tashakkur!

90+5. Va nihoyayayayayat! O'yin yakunlandi! "CHelsi" Liga Kubogi sohibi!


90+5. Ha aytgancha, Kosta tomonidan kiritilgan gol Uolker hisobiga avtogol sifatida yozilibdi.

90+4. "Tottenxem" hujum qilishdan charchamayapti.

90+3. Ha aytgancha, ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun to'rt daqiqa qo'shib berilgan.

90+2. O'zgarish. Kosta o'rniga Drogba maydonga tushmoqda!

90+1. Muxlislar esa "Drogba afsona" deb yozilgan bannerni ilib qo'yishgan!

90. Drogba maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

89. Keyn ajoyib o'yin namoyish etmoqda! "CHelsi" himoyachilari esa unga imkon bermayaptilar!

88. O'zgarish. Fabregas o'rniga Oskar maydonga tushdi.


87. "SHporlar" ketma-ket hujumlar uyushtirmoqdalar!

85. Kuadradoga sariq kartochka. To'pni qo'li bilan o'ynagani uchun!


85. Endi esa Soldado boshi bog'lab qo'yilgan Aspilikuetani yiqitdi.

84. Keyn tomonidan Aspilikuetaga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb topdi uchrashuv hakami.

82. Jamoalar birin-ketin hujum uyushtirmoqdalar!

80. O'zgarish. SHadli o'rniga Soldado maydonga tushdi!

79. "CHelsi" darvozasi oldida yana bir havfli vaziyat. SHadli to'p o'tib ketishini kutmagandi. Aks holda, hisob qisqarishi mumkin edi.

78. Kuadradoga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bentalebga sariq kartochka!

77. Havfli vaziyatttt! Lamela burchak zarbasidan so'ng to'pni boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ya olmadi...

76. O'zgarish. Villian o'rniga Xuan Kuadrado maydonga tushmoqda!


76. "Tottenxem" hujum qilishda davom etmoqda.

75. Aspilikueta jarima to'pi vaqtida Dayer bilan to'qnashib ketdi. Boshi yorildi shekilli. Unga Eva Karneyro tomonidan tibbiy yordam ko'rsatilmoqda :)

74. Dayer jarima zarbasi berilayotgan vaqtda o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

74. "CHelsi" darvozasi tomon jarima zarbasi. Tahminan 30 metrlardan!

73. Yana bir sariq kartochka. Gari Kexilga.

72. Kosta o'yindan tashqari holatda.

71. O'zgarish. Masonning o'rniga Lamela tushirildi.

70. Villianga sariq kartochka. U maydon markazi oldida Rousga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


68. Stadionda yomg'ir yog'moqda!

67. Jarima zarbasidan so'ng to'p "shporlar"ga nasib qildi.

66. Villianga nisbatan yana qo'pollik ishlatildi. Birinchi gol kiritilgan vaziyatdagi holat. Faqat bir oz orqaroqdan.

64. "CHelsi" esa hujum qilishda davom etmoqda. Azarning bergan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi!

62. "SHporlar" safida o'zgarish. Tounsend o'rniga Dembele maydonga tushirildi.

60. "Tottenxem"ning yana bir hujumi. Ammo, lekin, biroq... Samarasiz!

57. Fabregasning to'p oshirishidan so'ng himoyachining qarshiligiga qaramasdan Kosta tepgan to'p esa himoyachilardan biriga tegib darvoza to'ridan joy oldi. Demak, 2:0!

56. ZARBAAAA!!!! GOOOOOLLL! DIEGO KOSTAAAA!!!

54. "CHelsi" futbolchilari pressing evaziga to'pni olib qo'yishga harakat qilmoqdalar.

52. To'p nazorati "shporlar"da. Yana "ofsayd".


50. "Tottenxem"ning tezkor qarshi hujumiii! SHadliii... O'yindan tashqari holat!

49. Zarbaaaa! Fabregasning qaychi uchlubidagi bergan zarbasini Loris egallab oldi!

48. "Tottenxem" ikkinchi bo'limda tezkor va "jyostkiy" futbol taklif qilmoqda!

46. "SHporlar" ikkinchi bo'limni tezkor hujum bilan boshladilar.

Boshlandi! Davom etamiz!


Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, Jon Terri "CHelsi" safidagi 60-golini kiritibdi.

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!




TANAFFUS!


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. "Gol v razdevalku" deyilarmidi?

45. Zarbaaaaaa!!! GOOOOOOOOLLL!!! TERRRII!! Jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'p "shporlar" vakillariga tegib qaytdi. Jon Terri esa qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi! Terri tepgan to'p ham himoyachilardan biriga tegib raqib darbozasiga yo'l oldi!

44. "Tottenxem" darbozasi joylashgan burchak yaqinida Ivnovichga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Yana jarima zarbasi!

43. Villian tezkorlik bilan raqib darbozasi tomon harakat qildi. Himoyachilar esa to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

41. Yana bir kichik tanaffus. Uokerga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

38. SHadlidan yana bir reyd. Ammo bu zarba juda-juda balandga ketdi.

37. SHadli tezkorlik bilan oldinga o'tishga harakat qildi. Endi "aristokratlar" himoyachilari mahorat ko'rsatishdi!

36. Zarbaaaa! CHex o'z o'rnida!

34. "CHelsi" qarshi hujum uyushtirishga harakat qildi. Biroq, "shporlar" himoyachilari o'z o'rnida!

31. Maydon markazida Dayer Diego Kostaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Demak ogohlantirish. Erik Dayerga!

30. Zarba bartaraf etildi.

29. Kostaga nisbatan ketma-ket qo'polliklar ishlatildi. Jarima zarbasini ko'ramiz!

28. Number one o'yinni sovuqqonlik bilan kuzatmoqda.

26. Tezkor qarshi hujumga o'tish chog'ida Ivanovichga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bu safar hakam "shporlar" futbolchisini kechirdi.

24. Uolker o'ng qanotdan darbozani nishonga olishga harakat qildi. Ammo, juda noaniq zarba...

21. To'p nazorati "Tottenxem" tomonga o'tdi.

19. Villianning bergan kuchli zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Havodagi to'p uchun kurashda esa Kexill SHadliga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Yana jarima to'pi. Bu safar "shporlar" foydasiga.

18. Azarga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasini ko'ramiz! Belgiyalik futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Kichik tanaffus!

16. Mourino yon daftarchasiga nimalarnidir yozib qo'ymoqda.

15. O'yin tempi o'rtacha.

14. SHadli "CHelsi" darvozasi tomon yorib kirishga harakat qildi. Kexill esa tezda etib kelib hujumni bartaraf etdi.

12. Jamoalar hujumni chap qanotlar orqali tashkil qilishni maqsad qilganlar shekilli. Bir tomonda Azar, ikkinchi tomonda Keyn. Tezkor futbolchilar evaziga...

11. Keynning zarbasiiii! CHex o'z o'rnida!

9. Havfli zarbaaaaaaa. Eriksen! To'p CHex qo'riqlayotgan darvoza to'siniga tegib qaytdi!

8. Jarima to'pi. Keynga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Tahminan 20-22 metrlardan "shporlar" jarima zarbasini beradilar.

6. O'ng qanotdan Ivanovichning oshirib bergan to'pi havfli ko'rinish oldi. Loris esa to'pni bartaraf etdi.

5. "Tottenxem" qarshi hujumga o'tishga harakat qilmoqda.

3. To'p nazorati "CHelsi"da. Mourino shogirdlari tezkor gol kiritishni maqsad qilganlar shekilli.

2. Terri jarima maydoni ichida paydo bo'ldi. Ammo, uning boshi bilan bergan zarbasi noaniq.

1. CHap qanotda Azarga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Dastlabki jarima to'pi!


O'yinni "CHelsi" futbolchilari boshlab berishdi!

Demaaaaak, boshshshshlandi!


Kubok kimga nasib qilarkin? Tahminlar bormi?

-Stadionda Britaniya madhiyasi jarang sochmoqda.

-Jamoa azolari maydonga tushib kelishdi.

-O'yin boshlanishiga deyarli barcha narsa tayyor!

Ha aytgancha, o'yin shuningdek, aleziya.com sayti orqali jonli ravishda nomoyish etilmoqda.

Demak, o'yin oldidan statistika bilan tanishtirib o'tsak:

"CHelsi"finalgacha quyidagi jamoalar bilan to'qnash kelgan:

"Bolton" (2:1)
"SHrevsbari"(2:1)
"Derbi" (3:1)
"Liverpul" (2:1) (ikkita o'yin)

"Tottenxem"ning finalgacha bo'lgan raqiblari:

"Nottingem" (3:1)
"Brigton" (2:0)
"Nyukasl" (4:0)
"SHeffild" (3:2) (ikkita o'yin)


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun 1 mart. Bahor faslining ilk kuni. Yangilanish fasli kirib kelganligi bilan barcha-barchani qutlab qolamiz!
Aynan bugun futbol vatani hisoblanmish Angliyada mamlakat Ligasi Kubogining final uchrashuvi o'tkaziladi. Ushbu o'yinni saytimiz orqali kuzatib boring!

"CHelsi"
: CHex, Ivanovich, Zuma, Terri, Aspilikueta, Kexill, Ramires, Villian, Fabregas, Azar, Kosta.

"Tottenxem":
Loris,Uoker, Dayer,Vertongen, Rous, Bentaleb, Mason, SHadli, Eriksen, Tounsend, Keyn.

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика