"CHelsi" Silvani yana bir mavsumga qoldirmoqchi
28 apr 2021 17:38
Yangiliklar
"CHelsi" Silvani yana bir mavsumga qoldirmoqchi
"CHelsi" himoyachi Tiago Silva bilan shartnomani uzaytirishni ko'rib chiqmoqda.
Futbolchining "ko'klar" bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Londonliklarda bitimni yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud va ular bu bandni faollashtirishmoqchi.
Qayd etish kerakki, braziliyalik futbolchining o'zi ham "CHelsi"da qolishni istamoqda.
36 yoshli Silva joriy mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar