"CHelsi" sartaroshni ishdan bo'shatib yubordi (FOTO)
09 noy 2017 18:31
Yangiliklar
"CHelsi" sartaroshni ishdan bo'shatib yubordi (FOTO)
London klubi bazasi oldida Alsanavining shaxsiy sartaroshxonasi bor va u tez-tez "CHelsi" bazasida futbolchilarning sochini olib, keyinroq ular bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylar edi.
Sartarosh o'yin kunlari kirish taqiqlangan klub bazasiga kelishni boshladi. Bu harakatlar rahbariyatga yoqmadi va Alsanavi ishdan bo'shatildi.
"O'z biznesini rivojlantirish yo'lida futbolchilarning surati va imzosi tushirilgan futbolkalardan foydalanish - ortiqcha. Futbolchilarda obraz huquqi uchun shartnomalar, klubda homiylar bor va buning uchun millonlab funt to'lashadi.
Uning erkinligi juda ko'payib ketdi. U xatto o'yin kunlari ham bazaga kela boshladi. Bu haddidan oshish edi, shuning uchun sartarosh endi bizga xizmat qilmaydi" - deydi klub vakillaridan biri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar